• Toshkent - 2023
  • Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




    Download 62.9 Kb.
    bet1/10
    Sana08.11.2023
    Hajmi62.9 Kb.
    #95745
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    3-kurs amaliyot hisoboti Sanjar


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    “ Kiberxavfsizlik va kriminalistika ” kafedrasi

    Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha hisobot


    5330500 - “Axborot xavfsizligi (sohalar bo’yicha)” yo’nalishi

    Bajardi: 716-20 AXe guruh talabasi Mamajanov.S.SH
    Amaliyot rahbari: Radjabova M.Sh.


    Toshkent - 2023


    Reja:
    Kirish:
    I. Axborot xavfsizligi:
    1.1. Axborat xavfsizligi dolzarbligi va muassasalarda axborot xavfsizligi
    1.2. Muassasalarda xavfsizlik bo’yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar
    1.3. Maxfiylik qoidalariga rioya qilish va zaxiralash va tiklash
    II. Ma'lumotlarni maxfiy saqlash:
    2.1. Tarmoqda xavfsiz fayl saqlash va fayl almashish
    2.2. Shaxsga doir ma’lumotlar maxfiyligi

    1. Xulosa:

    2. Foydalanilgan adabiyotlar



    I. Kirish.
    Ushbu hisobot 2023-yilning iyun-avgust oylarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Yangiqo‘rg‘on axborot texnologyalari texnikumida kelgusida korxonada 6 haftalik amaliyot davomidagi ishimni bayon qiladi. Amaliyotning umumiy maqsadi axborot xavfsizligi bo‘yicha kibr xujumlar va texnik xavfsizliklar uchun ularni amalda qo‘llash va korxonada targ'ib qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish edi. Mening vazifam texnik nosozliklar va kiberxavfsiz tashqi zararli viruslarga qarshi dasturlar bilan tanishib ularni o‘rganib maktab platformasiga targ‘ib qilish va o‘rganish noutbok va komputerlarini zayifliklarini topib ularni xal qilish viruslardan himoyalash va texnik ( kabillar , tabiiy zararlar va b.sh) xavfsizligini o‘rganib chiqish va ularni xal qilish.
    Mening amaliyot hisobotimda amaliyot davomida men o‘rgangan axborot xavfsizligi va tashkil etuvchilari, axborotni muhofaza qilish, himoyalangan axborotga tahdidlar, axborotlarni muhofaza qilishga kompleks yondashuv va uni amalga oshirish chora-tadbirlari; axborotni muhofaza qilishning asosiy obyektlari, O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar, axborot himoyasi sohasida xalqaro standartlar, ma’lumotlarni ruxsatsiz olishning obyektlari, usullari va vositalari, himoyaning texnik vositalari, ma’lumotlar chiqib ketish texnik kanallari tasnifi, ma’lumotlarni tutib olish, kriptografiya va kriptotahlil, shifrlar va ularning xossalari, shifrlovchi dasturlar, elektron raqamli imzo, ma’lumotlarni himoyalashning apparat-dasturiy vositalari, axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi, uni amalga oshiruvchi qonun, normativ hujjatlar, yetakchi chet el mamlakatlarida axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlariga oid ma’lumotlar keltirilgan .
    Ushbu ma’lumotlar bilan tanishish orqali men axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha o‘z nazariy bilimlarimni shakllantirib, uning tashkil etuvchilari imkoniyatlari haqida batafsil tushunchalarga ega bo‘ldim . Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisob- lanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksalib, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or maktablarda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi. Bugungi kunda axborotlashgan jamiyat jadal suratlar bilan shakllanib, axborotlar dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Global kompyuter tarmog‘i jahon davlatlarining ijtimoiy-iqti- sodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilishni maktablar texnikumlardayoq o‘rgatilib borilish kerak har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo‘lishi kerak . O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar qabul qilindi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda.
    Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda hozirgi bugungi kunda axborot xavfsizligini maktab va texnikumlardanoq o‘rgatib tushintirib shakillantirib kelish zarur va shart.
    Amaliyot davomida men texnikumlarga axborot xavfsizligi qanchalik muhimligini bilib oldim.


    Download 62.9 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 62.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

    Download 62.9 Kb.