|
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi
|
bet | 1/9 | Sana | 03.09.2024 | Hajmi | 44,71 Kb. | | #270205 |
Bog'liq “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH Abdusalamov Otabek
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Respublika bo‘yicha yong‘inlar sodir bo‘lishi va ularda ko‘riladigan zararlar to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taxlili.
Bajardi:Abdusalamov O
Tekshirdi: Abdullayeva.S.M
Toshkent 2023
Reja:
1.Yong‘inning oldini olish tizimi 2.Yong‘inga xavfli zonalar
3.Neft va qattiq yoqilg‘i omborlarida yong‘in xavfsizligi
4.Yong‘inga qarshi himoya tizimi
Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar.
Yong‘in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
Obyektning yong‘in xavfliligi deganda, uning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi. Obyektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yorlar va talablar asosida оbyektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli faktorlarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, оbyektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi. Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘у berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam konsentratsiyada bo‘lishi, qurilish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar hamda zararli moddalar va b. Yuqorida keltirilgan omillarning xavf1ilik darajasi birinchi navbatda yong‘inning davomiylik vaqtiga bog‘liq bo‘ladi va u qu- yidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Tc=N/υ bu yerda, N – yonuvchi moddalar miqdori, kg/m3; V – moddalarning yonish tezligi, kg/m3 soat. Agar binoda turli xil qattiq va suyuq materiallar hamda moddalar mavjud bo‘lsa, yong‘inning davomiylik vaqtini quyidagicha aniqlash mumkin:
Te = Sr (g1 + g2 +...+ gm ), 6So n1 n2 nm bu yerda, g1, g2 ... gm – turli xil yonuvchi mahsulotlarning miqdori, kg/m2; Sx – binoning yuzasi, m2. So – binodagi derazalarning yuzasi, m2; 6 – bino yuzasining bino derazalari yuzasiga nisbati, Sx/So =4...10; n1,п2,...nm – modda va materiallarning yonish tezligini hisobga olish koeffitsiyenti, kg/m2soat. Ushbu koeffitsiyent benzin uchun - 15; rezina, orgsteklo uchun - 35; avtomobil shinasi uchun - 40; yog‘och materiallar uchun- 65 ga teng deb qabul qilinadi. Мa’lumki, yong‘inni o‘chirishga nisbatan uning oldini olish ham oson, ham foydalidir. Shu sababli, har bir mutaxassis, har bir xodim ishlab chiqarishdagi yong‘in sabablarini bilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilishi va yong‘inning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bog‘liq holda оbyektning yong‘in xavfsizligi – yong‘inning oldini olish tizimi, yong‘inga qarshi himoya tizimi, yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi.
|
| |