• Bajariladigan topshiriqlar
  • Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti




    Download 33,98 Kb.
    bet2/4
    Sana22.02.2024
    Hajmi33,98 Kb.
    #160773
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-ish

    Kaf. mudiri PhD. Xoliqov A.I


    1-amaliy ish
    Ishlab chiqarishdagi ishlovchilarga yo‘riqnoma berish, baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish.


    Ishdan maqsad: Talabalarga yo‘l korxonalarida ishlovchilarga yo‘riqnoma berish, baxtsiz hodisalarni hisobga olish va tekshirish bo‘yicha maxsus shakllarni to‘ldirishni o‘rgatish


    Bajariladigan topshiriqlar:

    1. Yo‘l korxonalarida ishlovchilarga beriladigan yo‘riqnoma bilan tanishish;

    2. Baxtsiz hodisani hisobga olish varaqasini to‘ldirishni o‘rganish;

    3. Baxtsiz hodisani tekshirish bo‘yicha maxsus shaklni to‘ldirish.



    Qurilish korxonalarida ishlovchilarga beriladigan yo‘riqnoma
    Yo‘l qurilish ishlariga ishchini 18 yoshga to‘lgan taqdirda hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tgandagina ishga qo‘yiladi va u texnika xavfsizligi bilan tanishtiriladi. Mabodo ishchiga bilmaydigan ish buyurilsa, u yo‘l ustasidan ishchi qo‘shimcha instruktaj olishi zarur.
    Texnika xavfsizligi bo‘yicha ishchilar quyidagi savollar bilan tanishishi lozim:

    • korxona hamda boshqarmada olib boriladigan ishlar to‘g‘risida;

    • qoidaga asosan korxonaning ishchi mehnat intizomi to‘g‘risida;

    • qurilish maydonida, sexlarda va boshqa joylarda bajariladigan ishlar to‘g‘risida;

    • talabga asosan mashina va mehanizmlarga e’tibor bilan qarash;

    • ishga kiruvchilar shaxsiy gigienaga e’tibor berishlari majburiy;

    • elektr xavfsizligiga e’tibor berish asosiy qoidasi;

    • qoidaga asosan yong‘inga qarshi tadbirlar;

    • ishga borish va kelishda hamda yurgan yo‘lida asosiy xavfsizliklar chorasini ko‘rish;

    • himoyalanuvchi xususiy mablag‘ va saqlovchi asboblar, anjomlar.

    Ishchini ish joyida instruktajida quyidagi savollar savollar bilan tanishtirish:

    • ishchini ish joyida ishlab chiqarish va ish bajarishida sanitariya qoidalariga va texnika xavfsizligiga rioya etishi;

    • bir ishni bajarishida ishlab chiqarish travmatizm sababchisi ish joyida asosiy xavfsizligi;

    • ish joyini saqlashda, ishni to‘g‘ri tashkil qilish asosiy talabdir;

    • qoidaga va tavsiyanomaga asosan aloqa va signalizatsiya turlari hamda to‘siqlarni saqlovchi moslamalarni yuritish faoliyati;

    • xodisa ro‘y berganda qoidaga asosan birinchi tibbiy yordam;

    • yukni siqib tushiruvchi mexanizmlar va turli transportni xavfsizlik qoidalariga asosan ishlatish;

    • texnika xavfsizligiga rioya qilmagan va chora ko‘rmagan javobgardir.

    Qurilish maydoni chegarasi ichida quyidagi qoidalarga asosan ish olib boriladi:

    • ish jarayonida yuk ko‘taruvchi kran boshqaruvchilari xarakatdagi transport haydovchilariga bergan signallariga javoban ish olib borishlari lozim;

    • yuk ko‘tarilib turgan ostidan o‘tish, turish mumkin emas;

    • faqat ko‘rsatkichli belgilar borligi asosida alohida joydan o‘tishi kerak;

    • to‘siq bilan o‘ralgan xavfli joyga kirish mumkin emas;

    • qaerdadir yuqorida ish olib borilayotgan bo‘lsa, u holda xavfsiz joydan chetlab o‘tish kerak;

    • yelektr svarka bilan payvandlash ishlari olib borilayotganda qarash mumkin emas;

    • alohida mutahassislik bo‘yicha o‘qimagan, ruxsatnomasi bo‘lmagan ishchilar mehanizmlarda ishlashi mumkin emas;

    • ishlab chiqarishda mabodo baxtsiz hodisa ro‘y bersa zo‘dlik bilan tez tibbiy yordamga xabar qilish, hamda bir yo‘la yo‘l ustasi yoki bosh muhandisga xodisa bo‘yicha xabar berish kerak;

    • kimdir instruksiyani buzsa va boshqa ishchi yoki atrofdagilarga xavf tug‘dirish holatini sezib qolsangiz ishtiroksiz qolmang, ishchi yoki ustani darxol ogohlantirsh qoidasiga rioya qilinishini taminlash kerak;

    • issiq a/b.ni 8 metrgacha belkurak bilan qo‘lda ko‘tarib tashish mumkin, lekin uloqtirib tashish taqiqlanadi;

    • yer ostidan chiqqan qurilma qudug‘i ish olib borilayotgan joyda ish jarayoni vaqtida quduq qopqog‘i mustahkam yopiq bo‘lishi kerak;

    • asfaltbeton qoplamasini katok bilan zichlayotganda katok valetsini moylovchi moslama joylashishi kerak, qo‘lda moylash taqiqlanadi.

    Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan
    tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida” nizomga asoslanadi.
    Mazkur Nizom:

    • ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;

    • ish beruvchilarga;

    • pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy kontraktlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;

    • tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;

    • agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga;

    • qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;

    • korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi.

    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.Ish beruvchi tekshirish tugaganidan so‘ng 3 sutkadan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi N-1 shaklidagi dalolatnomani berishi kerak. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olishni, shuningdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik organi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, davlat mehnat texnika nazoratchisi, O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi va «O‘zenergonazorat» agentliklari organlari nazoratdagi tegishli ob’ektlarda nazorat qiladi.Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs N-1 shaklidagi dalolatnoma mazmunidan norozi bo‘lsa, jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga murojaat qiladi.Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o‘rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi. Ish beruvchi bu talablarni bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki boshqa vakillik organi, shuningdek jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs davlat mehnat texnika nazoratchisiga murojaat qiladi. N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzilmaganligi yoki noto‘g‘ri tuzilganligi aniqlangan hollarda davlat mehnat texnika nazoratchisi ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan tuzishni talab qilish huquqiga egadir. Ish beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi xulosasini bajarishga majburdir.Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnika nazoratchisi o‘rtasidagi anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi.



    «TASDIQLAYMAN»




    N-1 shakli

    Ish beruvchi





    Bir nusxadan yuboriladi:






    ____________________________
    (imzo, imzo yoyilmasi)

    jabrlanuvchiga (o‘lgan bo‘lsa oilasiga);




    20_____ yil ______________________

    mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga;




    korxona muhri




    bosh davlat mehnat texnika nazoratchisiga




























    Download 33,98 Kb.
    1   2   3   4




    Download 33,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti

    Download 33,98 Kb.