3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”i va “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi” har tomonlama barkamol shaxsning shakllanishini
ta’minlovchi
uzluksiz
ta’lim
tizimining
asosiy
huquqiy
hujjatidir.
Mamalakatimizning har tomonlama rivojlanishi, ko‘p jihatdan oliy va o‘rta maxsus
bilim yurtlari еtishtirib beradigan mutaxassislarning
bilimi va saviyasi bilan
chambarchas bog‘liq, chunki bu kadrlar yosh avlodni o‘qitishdan tortib to turli
texnologik jarayonlarni boshqarishgacha bo‘lgan murakkab va ma’suliyatli
vazifalarni bajaradilar.
Shu jumladan, doktorantlarimiz bugungi kunda fanning
barcha sohalaridan xabardor bo‘lishlari zarur. 01.04.05 –
Optika ixtisosligi
bo‘yicha tayanch doktoanturaga kirish xohishi bo‘lgan talabgorlardan
bakalavriatning 60530900 – Fizika hamda magistraturaning 5A140202 −
fizika
ta’lim yo’nalishi bosqichida o‘qitilgan maxsus fanlar dasturlariga kiritilgan
mavzular bo‘yicha quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi
va savollarga javob
bera olish talab qilinadi.
Ixtisoslik fanlari bo‘yicha
Fanning nazariy mashg‘ulotlarini mazmuni quyidagilardan iborat:
Elektromagnit to‘lqinlar
Optika fanining rivojlanish tarixi va boshqa bo‘limlar bilan bog‘liqligi.
Optikaga
oid
umumiy
ma’lumotlar. Maksvel tenglamalari. Maksvell
tenglamalarining integral ko‘rinishi. Maksvell tenglamalarining
differensial
ko‘rinishi. Elektromagnit to‘lqinlarning umumiy ko‘rinishi. Yassi elektromagnit
to‘lqin
tenglamasi, elektromagnit to‘lqin shkalasi. Yorug‘lik hodisalarining
elektromagnit tabiati
. Elektromagnit to‘lqinning superpozitsiyasi (maksimum,
minimum shartlari).