• Maktab direktori : O`. Suyunov Maktab psixologi : N . Abdurazzoqova
  • " Bizni mehr birlashtiradi " shiori ostida 1 11 -sinf o`quvchilari bilan psixologik treninglar o`tkazildi




    Download 0.71 Mb.
    Sana28.02.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #164181
    Bog'liq
    JIZZAX VILOYATI ZARBDOR TUMAN XTBga QARASHLI 11
    Jalģasbaev Dawran, jasorat-semali-leksemalar-semantik-struktur-genetik-xususiyatlari, МАЖМУА “O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI”, НАДЛЕЖАЩИЕ ПРАВИЛА ПРОИЗВОДСТВА И КОНТРОЛЯ КАЧЕСТВА ЛЕКАРСТВЕННЫХ СРЕДСТВ, Begis Joldasbaev, 12, rag\'bat bildirgi, 1savollar, 4-labaratoriya.Saribaev Azamat, Заключени2, II chorak. 9-sinf Informatika umumtalim CHSB-2 (1), Umumiy o\', Tasdiqlayman, Doc5

    JIZZAX VILOYATI ZARBDOR TUMAN XTBga QARASHLI 11 – UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING 25 – NOYABR VA 6 – DEKABR 2022 – YILDA O`TKAZILGAN “ ZORAVONLIKKA QARSHI 16 KUN “ AKSIYASI DOIRASIDA QILINGAN ISHLAR TO`G`RISIDA
    H I S O B O T I
    O`zbekiston Respublika tashxis markazining 2022 – yil 21 – noyabr 01/10 – 01 – 398 sonli xatiga asosan maktabdagi 1 – 11 – sinf o`quvchilar`I o`rtasida “ Biz zo`rovonlikka qarshimiz “ shiori ostida aksiya tashkillashtirildi. “ZO`ROVONLIKKA QARSHI 16 KUN “ kompaniyasini o`tkazish belgilanganligi munosabati bilan 25 – noyabr 6 – dekabr kunlari “ ZO`ROVONLIKKA QARSHI 16 KUN “ aksiyasi chora – tadbiri tuzilib , XTB tomonidan tavsiya etilgan reja asosida 1 – 11 – sinf o`quvchilari , ota – onalar , pedagoglar va xodimlar o`rtasida turli tadbirlar , treninglar va yig`ilishlar , tushuntirish ishlari , davra suhbatlari , ma`ruzalar tashkil etildi .

    Maktabimizda “ Sog`lom oilada – sog`lom bola “ , “ oila men uchun …” , “ oilada farzandlik burchi va ota – onalik ma`suliyati “ , “ tabiat – onam “ , “Hayvonlar mening do`stim “ , “ Biz zo`rovonlikka qarshimiz “ , “ Meni Kechir “ ,


    “ Bizni mehr birlashtiradi “ shiori ostida 1 – 11 –sinf o`quvchilari bilan psixologik treninglar o`tkazildi .



    Aksiyaning 1 –kuni 8 – 11 – sinf o`quvchilari bilan hamkorlikda “Zo`rovonlikka qarshi 16 kun “ , “ Biz zo`rovonlikka qarshimiz “ shiorlarini ilib chiqdik . Aksiyaning 2 – kuni “ Men sendan uzr so`rayman “ stendi hamda “ Ishonch qutisi “ ni tashkillashtirdik . Aksiyaning 3 – kuni o`qituvchilar jamoasi bilan navbatdan tashqari pedagogik kengash o`tkazildi . “ Men va mening oilam “ mavzusida davra suhbati tashkil etildi , o`quvchilarning oila va oilaviy munosabatlaridagi uzr haqida mustaqil fikrlari o`rganildi , muammoli vaziyatlardan qanday chiqib ketish va muammolarning to`g`ri yechimini topishga motivatsiyalar hosil qilindi . Treningning asosiy maqsadi o`quvchilarni dars jarayonlarida fikrlarini taz namoyon qila olishligi , xarakatchan , uddaburon bo`lishi , o`z – o`ziga bo`lgan ishonchni uyg`otish va yuqori baho berishlik , doimo yaxshilikka , hayotga intilib yashashga undaydi , jamoada ahillik , boshqalarga ijobiy motivatsiya bera olish hissini rivojlantirishga xizmat qiladi . “ Men va mening oilam “ mavzusida 8 – 11 – sinflar o`rtasida rasmlar tanlovi bo`lib o`tdi , o`quvchilar o`z rasmlarida ichki kechinmalarida kechinmalarini yoritib berdilar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar . Aksiyaning 5 – kuni 1 – 2 - sinf o`quvchilariga “ Ertak terapiya “ tashkillashtirilib zo`rovonlikka qarshi , odamlarga , hayvonlarga , tabiatga mehr muhabbat uyg`otuvchi ertak aytib berildi bolalar bundan o`zlariga yaxshi xulosa chiqarib oldilar . 3 – 7 – sinf o`quvchilari bilan esa “ Biz zo`rovonlikka qarshimiz “ shiori ostida “ Tabiat bizning onamiz “ mavzusida rasmlar tanlovi bo`lib o`tdi . Aksiyaning 7 – kuni 1 – 11 – sinflar tarbiyaviy soat darslarida sinf rahbarlari “ Biz zo`rovonlikka qarsimiz “ shiori ostida aksiya , chelenj , trening mashg`ulotlari o`tdilar . Aksiyaning 9 – kuni 11 – sinf o`quvchilarining ota – onalar yig`ilishi bo`lib o`tdi ,


    tashrif buyurgan mehmonlar maktab faesida “ Biz zorobonlikka qarshimiz “ aksiyasida ishtirok etib o`z fikr – mulohazalarini yozib qoldirdilar hamda ota – onalardan so`rovnoma olindi . Yig`ilishda ota – onalarga tarqatmalar tarqatildi hamda ularga farzandlariga nisbatan do`stona munosabatda bo`lishga undadik . Yig`ilishdan o`zlariga yarasha xulosa chiqardilar . 5 – 9 – sinf o`quvchilari ishtirokida ham so`rovnoma olindi , 10 – 11 – sinf o`quvchilariga zo`rovonlikka qarshi , mehr tuyg`usi aks etgan videorolik namoyish etildi . Aksiyaning 12 – kuni 5 – 11 –sinf o`quvchilari o`rtasida “ Meni kechir “ aksiyasini tashkil qilindi , bunda o`quvchilar stenddagi konvertga o`zlarining ichki kechinmalarini anonim tarzda solib qo`ydilar. 8 – 9 – sinflar o`rtasida esa “ Biz zo`rovonlikka qarshimiz “ shiori o`stida insholar tanlovi bo`lib o`tdi. Insho mavzulari juda keng qamrovda olingan bo`lib o`quvchilar fikr mulohazalarini keng bayon etganlar . Aksiyaning 14 – kuni 5 – 7 – sinflarga zo`rovonlikka qarshi , mehr tuyg`usi aks etgan videorolik namoyish etildi. Aksiyaning 15 – kunida 9 – sinf o`quvchilari tomonidan “ Bizning maktab zo`rovonlikka qarshi “ mavzusida ma`naviy va ma`rifiy tadbir bo`lib otdi . Bizning maktabda aksiya yil mobaynida davom etadi . Biz yoshlar doimo “ Zo`rovonlikka qarshimiz “ deb baralla aytamiz . Hafta davomida yuqoridagi ishlarga qo`shimcha ravishda yoshlarga berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishga undash va ularni har tomonlama qo`llab – quvvatlash ishlari amalga oshirildi .



    Maktab direktori : O`. Suyunov
    Maktab psixologi : N . Abdurazzoqova
    Download 0.71 Mb.




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    " Bizni mehr birlashtiradi " shiori ostida 1 11 -sinf o`quvchilari bilan psixologik treninglar o`tkazildi

    Download 0.71 Mb.