1-2-Amaliy mashg’ulot mavzu: ptv vissim dasturiy kompleks bo‘limlari interfeysi bilan tanishish. Yo‘l harakatining xususiyatlarini o‘rganish. Yo‘l harakati bo‘yicha ma’lumotlarni ptv vissim dasturiga kiritishni o‘rganish. Kerakli jixozlar




Download 1,14 Mb.
bet1/3
Sana13.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#117800
  1   2   3
Bog'liq
1-2-amaliy mashg’ulot
Masala БҲ-520 (3), Qilichev Ibrohim Fayzullayevich, 17

1-2-Amaliy mashg’ulot
MAVZU: PTV Vissim dasturiy kompleks bo‘limlari interfeysi bilan tanishish. Yo‘l harakatining xususiyatlarini o‘rganish. Yo‘l harakati bo‘yicha ma’lumotlarni PTV Vissim dasturiga kiritishni o‘rganish.


Kerakli jixozlar:

Kirish
PTV Vissim dasturi Germaniyaning Karlsruhe shahrida joylashgan “PTV Planung Transport Verkehr AG” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mikroskopik multimodal transport oqimi simulyatori dasturiy paketidir. Ushbu dastur nomi nemis tilidan olingan bulib ("Verkehr In Städten - SIMulationsmodell"), “shahar transporti - simulyatsiya modeli” degan ma’noni anglatadi. PTV Vissim dasturi 1992 yilda birinchi marotaba keng ommaga taqdim etigan va bugungi kunda jahon bozorining transport oqimlarini modellashtirish soxasida etakchi o‘rinlarni eggalaydi. PTV Vissim dasturi PTV Vision Traffic Suite dasturiy paketlarning bir qismi hisoblanib, ularga bundan tashqari PTV Visum (transport oqimini taxlil qilish va bashoratlash) va PTV Vistro (svetoforlarni optimallashtirish va transport ta'sirini o‘rganish) dasturlarini o'z ichiga oladi.
PTV VISSIM dasturi transport oqimini mikro darajada modellashtiradi. Ya’ni, immitatsiya jarayonida belgilangan xar bir yo‘l-transport tarmog‘i bo‘lagida oldindan belgilangan harakatlanish tavsifi(transport vositasini haydash uslubi, tezlanish, tezlik, polosalarni o‘zgartirish va xkz.) hisobga olinadi. Ushbu dastur orqali nafaqat axoli yashash punktlarining ichida, balki tashqarisida ham transport va piyodalar harakatini mikromodellashtirish mumkin. Shu bilan birgalikda, shaxsiy transport, jamoat transporti va temir yo‘l transportining harakatlanishini ham modellashtirish mumkin.
Quyida keltirilgan masalalarni xal qilishda ushbu dasturdan foydalanish mumkin:

Eng yaqin transport tugunlarini inobatga olgan holda doirasimon chorrahalarining o‘tkazish qobiliyatini tahlil qilish;

  • Shahar ko‘chalarida o‘rnatilgan svetoforlar uchun “Yashil to‘lqinni” baholash.

  • Tramvaylar va avtobuslar harakatini hisobga olgan holda, murakkab bekatlarning o‘tkazish qobilyatini va oqimni tartibga solishni taxlil qilish;

  • Har xil darajadigi transport oqimini modellashtirish.

  • Shahar ko‘chalari va avtomobil yo‘llarida piyodalar harakatini modellashtirish;

  • Transport va piyodalar oqimini o‘zaro ta’sirini o‘rganish va birgalikda modellashtirish.



Download 1,14 Mb.
  1   2   3




Download 1,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-2-Amaliy mashg’ulot mavzu: ptv vissim dasturiy kompleks bo‘limlari interfeysi bilan tanishish. Yo‘l harakatining xususiyatlarini o‘rganish. Yo‘l harakati bo‘yicha ma’lumotlarni ptv vissim dasturiga kiritishni o‘rganish. Kerakli jixozlar

Download 1,14 Mb.