• 2. Reaktiv quvvat va uni to‘ldirish. 3. To‘la quvvat.
  • 1. Aktiv quvvat va uning ahamiyati. Reaktiv quvvat va uni to‘ldirish




    Download 6.37 Kb.
    Sana12.01.2024
    Hajmi6.37 Kb.
    #136199
    Bog'liq
    1. Aktiv quvvat va uning ahamiyati. Reaktiv quvvat va uni to‘ldi-fayllar.org
    74ab99ad-9f6c-4b97-8a95-41f46378db9c, I bob Boshlang`ich sinflarda rivoyat va hadislarni o`quvchilarg, Buxoro davlat universiteti, Doniyor Suvonov Telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni tasniflash, Arrizo 6 Pro price UZ - 15 06 2023 Web, Shohrux ARXEOLOGIYA, Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari. M, Gnoseologiya bilish nazariyasi. Axborotlashuvning falsafiy asos, Sim ken pol tex, 1-O.N. Topshiriqlari, Tema12, 6-Labaratoriya jumisi (2), 1670911787, 4-mavzu. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minotini va ta’lim muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish, xZnNXeM6KwCUFFZCvpVC9A58IYN90oied0U3Dxzr

    1. Aktiv quvvat va uning ahamiyati. Reaktiv quvvat va uni to‘ldirish

    Aktiv, reaktiv va to‘la quvvat.haqida tushuncha o’zgaruvchan tok zanjirining quvvat koyefitsenti, va unioshirish usullari
    Reja:
    1. Aktiv quvvat va uning ahamiyati.
    2. Reaktiv quvvat va uni to‘ldirish.
    3. To‘la quvvat.
    1. Aktiv quvvat va uning ahamiyati.

    Elektr energetikasida aktiv quvvat «maxsulot» bo‘lib hisoblanadi. Biz aktiv quvvatdan foydalanamiz, uni sotamiz, uni ishlab chiqamiz, uni masofoga o‘zatamiz.


    Ta’rif: Elektr zanjiridagi tebranuvchan jarayonlarda R aktiv quvvat deb, to‘liq tebranish davridagi quvvatning o‘rtacha qiymatiga aytiladi :
    (1)
    bu yerda: P = U( i oniy quvvat.
    Agarda zanjirning U va i kattaliklari vaqtning sinusoidal funksiyalari ekanini hisobga olinsa:
    U =Um ( sin ( t; i = Im( sin( t –() (2)
    u holda, quyidagiga ega bo‘lamiz:
    (3)
    quyidagini hisobga olib:
    cos (2(t - () dt = 0 (4)
    Sinusoidal jarayonlardagi aktiv quvvatni topish ifodasiga ega bo‘lamiz:
    P = U( I ( cos ( (5)
    (3.8.5) tenglik bir fazali zanjir uchundir. Uch fazali zanjir uchun:
    P = (U(I(cos ( (6)
    Aktiv quvvatning qiymati va uning iste’mol qilish shakli cos ( ko‘paytuvchining qiymatiga bog‘liq. Bu haqda batafsilroq keyingi ma’ruzalarda to‘htaladi. sos( qancha katta bo‘lsa, iste’molchiga keltirilayotgan elektr energiyasining bajarayotgan foydali ish hajmi ham shuncha katta bo‘ladi. Tarmoqdagi isroflarni bartaraf etib bo‘lmaydi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning yana bir xususiyati shundan iboratki, uni saqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun quyidagi tezis o‘rinlidir; elektr energiyasini ishlab chiqarmasdan iste’mol qilib bo‘lmaydi va aksincha: iste’mol qilmasdan ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kursatilgan jarayonlar vaqt bo‘yicha bir vaqtning o‘zida sodir etiladi. (Elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi yorug‘lik tezligiga teng va S=3(108 m/sek. ni tashkil etadi). Iste’molchilarda doimo aktiv quvvatning vattlarda, qilovattlarda ulchanadigan qiymati kursatiladi.
    2. Reaktiv quvvat va uni to‘ldirish.

    Amaliyotda ko‘rib chiqish uchun reaktiv quvvat deb ataluvchi Q=UI(sin( (uch fazali zanjir uchun: Q = (UI(sin() kattalik ham kiritiladi. Reaktiv quvvat tushunchasini kiritishning ishlab chiqarishdagi zarurati nimada? Amaliyotda qo‘llaniladigan energiyani hisoblagichlar (schyotchik) kursatadigan energiya miqdori muayyan vaqt oralig‘ida iste’molchiga yetkazib berilgan energiya miqdorini anglatadi. Ushbu energiyani quyidagi shaklda yozish mumkin:


    (7)
    Bu holatda R ning sezilarli o‘zgarishi faqatgina ko‘p sondagi T davrlar ichida va tabiiyki, ning kattaligi T ga nisbatan ko‘plab marta katta bo‘lganidagina sodir etilishi mumkinligi ko‘rinadi. Ammo bu turdagi hisoblagich (schyotchikning) kursatishiga qarab, energiya iste’molchisi cos( ning qaysi qiymatida ishlayotganligini aniqlab bo‘lmaydi. Bu maqsad uchun iste’molchining ulanish nuqtalariga qo‘shimcha, reaktiv quvvat integralining o‘sha vaqt oralig‘idagi qiymatini kursatuvchi hisoblagich (schyotchik) ni ham o‘rnatishga to‘g‘ri keladi:
    (8)
    Yuqorida bayon etilgandan ko‘rinib turibdiki, reaktiv energiyani hisoblagichning kursatishlari qancha katta bo‘lsa (oddiy hisoblagich kursatishlariga nisbatan taqqoslanganida), iste’molchi o‘rtacha cos( qiymati ham ko‘rib chiqilayotgan vaqt oralig‘i uchun shuncha kichik bo‘ladi.
    Aktiv quvvat kattaligini oddiy vattmetr yordamida o‘lchash mumkin, reaktiv quvvat kattaligini esa – faqatgina shu maqsad uchun maxsus ishlangan elektr o‘lchov asbobi yordamida aniqlash mumkin. P va Q ni bila turib, sin( va cos( larni har bir energiya iste’molchisi uchun (o‘lchash paytidagi kattaliklarini) aniqlash mumkin.
    To‘la quvvat.

    S =U(I kattalik to‘la quvvat deb ataladi. Bu faqatgina cos( =1 bo‘lgan sharoitdagina o‘rinli bo‘ladi, yoki boshqacha aytganda eng katta aktiv quvvat maksimal qiymatga erishilgan paytda quyida to‘liq quvvatni aniqlash formulalari keltirilgan:

    S = U( I = I2 Z = U2(U (9)
    S = (10)
    S = P/cos( = Q/sin( (11)
    bu yerda Z - to‘liq qarshilik, U – to‘liq o‘tkazuvchanlik.
    Uch fazali zanjirni hisoblashda formulalarning o‘ng qismi oldiga quyiladi. Ushbu koeffitsiyent to‘g‘risida ETNA ning “Ko‘p fazali zanjirlar” qismida batafsil to‘htaladi.
    Odatda amaliyotda faqatgina transformatorlar uchungina to‘liq quvvat kursatiladi. Boshqa iste’molchilar uchun esa aktiv quvvat kursatiladi. Kuch transformatori o‘zgartiruvchi bo‘lib uning mis va po‘lat qismlarida isroflar bo‘lishi tabiiy hol. Kuch transformatori uchun 70% va undan yuqori yuklanishlar eng maqbul (optimal) hisoblanadi.
    Zamonaviy elektr energetikasida 1kVt iste’mol qilinadigan quvvat deyarli 7-8kVt quvvatdan transformatsiyalanadi (yoki ko‘p marta kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar orqali o‘tadi). Bunda transformator orqali shuningdek, elektr tarmog‘ida hosil bo‘luvchi reaktiv quvvatlar transformatorlarning induktiv cho‘lg‘amlarining o‘zlarida, elektr o‘zatish liniyalarida va hokazo) ham transformatsiyalanadi. Shuning uchun transformatorlarning to‘liq S quvvati (3.8.10) formula bilan aniqlanadi.

    Adabiyotlar

    1. Idelchik V.I. Elektricheskiye sistemi i seti. - M. Energoatomizdat, 1989, 592 s.

    2. Elektricheskiye sistemi. Elektricheskiye seti: Uchebnoye posobiye dlya vuzov/Pod red. A.V.Venikova i V.A.Stroyeva. – M.: Visshaya shkola. 1998. – 512 s.


    3. Blok V.M. Elektricheskiye seti i sistemi. - M.: Visshaya shkola, 1986, 430 s.
    4. G‘oyibov T.SH. Elektr tarmoqlari va tizimlari. Misol va masalalar to‘plami. G‘ Toshkent.: ToshDTU, 2006.
    5. Elektricheskiye seti i sistemi/ Pod red. G.I.Denisenko. - Kiyev, Visha shkola, 1986. – 452 s.
    6. Fazilov X.F., Nasirov T.X. Ustanovivshiyesya rejimi elektroenergeticheskix sistem i ix optimizatsiya. – T.: Moliya, 1999.
    http://fayllar.org
    Download 6.37 Kb.




    Download 6.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Aktiv quvvat va uning ahamiyati. Reaktiv quvvat va uni to‘ldirish

    Download 6.37 Kb.