1. Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]




Download 98.73 Kb.
bet1/3
Sana31.10.2023
Hajmi98.73 Kb.
#91488
  1   2   3
Bog'liq
05-1391 18.03.2022
003 jahon tarixi SOVET DAVLATINING PARCHALANISHI VA SOVET RESPUBLIKALARIDA, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi - Vikipediya, Ishlab chiqarishni tashkil etish - Vikipediya, gmurman, Doc3, Sinf rahbar papkasi hujjatlari, file (1), 8AMALIY-ISH, Answer key, 5682, 3-Mavzu, O\'zbek tilining imlo qoidalari-fayllar.org, F.O\'roqov qo\'llanma, 4-kun Modal verbs test



[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini me’yorlash. Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatishning normativlari va standartlari]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining
buyrug‘i
O‘z DSt 3605:2022 “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. Umumiy va texnik talablar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida
(O‘z DSt 3605:2022)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 26-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 79]
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. O‘z DSt 3605:2022 “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. Umumiy va texnik talablar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Bosh direktor D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-mart,
05-1391-son
Kelishildi:
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari U. XALILOV
2022-yil 25-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 18-martdagi 05-1391-sonli buyrug‘iga
ILOVA
O‘z DSt 3605:2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTI
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. Umumiy va texnik talablar
Mazkur davlat standarti atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni va ifloslantiruvchi moddalar ko‘rsatkichlari hisobini uzluksiz ravishda instrumental nazorat qilib borishga mo‘ljallangan avtomatik nazorat tizimlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Mazkur davlat standarti xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tutash bo‘lgan aholi punktlarida o‘rnatilgan ifloslantiruvchi moddalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan statsionar kuzatish punktlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur davlat standartida quyidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
O‘z DSt 8.009:2004 — O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. O‘lchash vositalari xilini tasdiqlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
O‘z DSt 8.011:2004 — O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi.
2-bob. Atama va ta’riflar
2. Mazkur davlat standartida quyidagi atamalar va ularning ta’riflari qo‘llanilgan:

Download 98.73 Kb.
  1   2   3




Download 98.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]

Download 98.73 Kb.