1. Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]




Download 98.73 Kb.
bet2/3
Sana31.10.2023
Hajmi98.73 Kb.
#91488
1   2   3
Bog'liq
05-1391 18.03.2022
003 jahon tarixi SOVET DAVLATINING PARCHALANISHI VA SOVET RESPUBLIKALARIDA, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi - Vikipediya, Ishlab chiqarishni tashkil etish - Vikipediya, gmurman, Doc3, Sinf rahbar papkasi hujjatlari, file (1), 8AMALIY-ISH, Answer key, 5682, 3-Mavzu, O\'zbek tilining imlo qoidalari-fayllar.org, F.O\'roqov qo\'llanma, 4-kun Modal verbs test
avtomatik o‘lchash — avtomatik rejimda ifloslantiruvchi moddalar zichligini uzluksiz ravishda o‘lchab borish;
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi — atrof tabiiy muhitning holati va ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi axborotni geografik ma’lumotlar hamda zarur obyektlar haqida ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni grafik vizuallashtirish orqali GAT-texnologiyalar asosida to‘plash, tahlil qilish va saqlashning elektron tizimi;
atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manba — ifloslantiruvchi moddalarni maxsus barpo qilingan qurilmalar orqali chiqaradigan manba (quvurlar, gaz yo‘naltiruvchilar, ventilatsiya shaxtalari);
atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringi — atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining bir qismi hisoblangan monitoring;
tashlamalarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdori (TChM) — atmosfera havosi uchun belgilangan, yo‘l qo‘yiladigan cheklangan kvotadan oshmaydigan yer ustidagi konsentratsiyalarni shakllantiruvchi, vaqt birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori.
3-bob. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalardan namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalarni o‘rnatish
3. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalardan namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalarni o‘rnatish (bundan buyon matnda avtomatik stansiyalar deb yuritiladi) quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
ishlab chiqarish obyektlarini dastlabki tekshiruvidan o‘tkazish;
loyihalash ishlari uchun texnik topshiriq ishlab chiqish;
o‘lchash qurilmalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
o‘lchash qurilmalarini o‘rnatish va ulash;
qurilmalarni ishga tushirish va ulardan foydalanish bo‘yicha dastlabki sinovlarni o‘tkazish;
o‘lchash qurilmalarini foydalanishga topshirish.
5. Avtomatik nazorat tizimida tegishli ma’lumotlarni Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga (bundan buyon matnda monitoring tizimi deb yuritiladi) bevosita uzatish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bo‘lishi nazarda tutiladi.
4. Avtomatik nazorat tizimlarini joriy etish bo‘yicha ishlar foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
4-bob. Avtomatik nazorat tizimlariga qo‘yiladigan umumiy talablar
6. Avtomatik nazorat tizimlari zamonaviy rusumdagi texnologiyalarga uyg‘un bo‘lishi kerak.
7. Namunaviy avtomatik nazorat tizimi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
gaz analitik kanallari (ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi, kislorod miqdori, karbonat angidrid miqdori, suv bug‘ining miqdorini o‘lchash uchun), (qattiq) zarrachalar tarkibini o‘lchash kanali, gaz oqimi parametrlarini o‘lchash kanallarini o‘z ichiga oluvchi (harorat, bosim, tezlik/volyumetrik oqim tezligi, suv bug‘ining tarkibini o‘lchash uchun) o‘lchash vositalari (o‘lchash kanallari) majmui;
ma’lumotlarni aniqlash, qayta ishlash, saqlash va uzatishning texnik vositalarini o‘z ichiga olgan avtonom ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot va tizim operatorining avtomatlashtirilgan ish joyi.
Gaz analitik kanali yagona o‘lchov kamerali bo‘lishi kerak va bunda kamera orqali navbat bilan etalon (nol) gaz xamda tahlil qilinuvchi namuna (gaz) o‘tishi kerak.
Avtomatik nazorat tizimlari to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar mazkur davlat standartining 1-ilovasida belgilangan.
8. O‘lchash kanallari o‘lchash natijalarini avtomatik nazorat tizimiga uzatadi.
Avtomatik nazorat tizimi o‘lchash natijalarini o‘zgartiradi, qayta ishlaydi va saqlaydi. Shuningdek, u belgilangan vaqt oralig‘ida o‘rtacha hisoblangan va ifloslantiruvchi moddalarning massaviy konsentratsiyalari va tashlamalari ko‘rsatkichlarini, tizimning holati va ish paytida yuzaga keladigan nuqsonlar haqidagi ma’lumotni tizim operatorining avtomatlashtirilgan ish joyiga va serverga yuboradi.
Gaz analitik o‘lchash kanali tarkibiga namuna olish tizimi va gaz analitik o‘lchash asboblari kiradi.
9. Avtomatik nazorat tizimlari atrof-muhitning ifloslanish darajasi va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatishi uchun monitoring tizimiga ulanishi mumkin.
10. Avtomatik nazorat tizimlarining texnik xususiyatlari mazkur davlat standartining 2-ilovasi talablariga to‘liq javob berishi kerak.
11. Avtomatik nazorat tizimlarining monitoring tizimiga ulanish imkoniyati va uyg‘unligini aniqlash uchun avval uning kuzatish usullari va texnik vositalarini monitoring tizimiga muvofiq ekanligi o‘rganib chiqilishi lozim.
12. O‘lchashlar jarayonida ma’lumotlarning sifatli bo‘lishini ta’minlash uchun quyidagi metrologik (texnik) xizmat ko‘rsatish talab qilinadi:
qiyoslash;
dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish;
graduirovkalash, agar foydalanish hujjati bilan ruxsat etilgan bo‘lsa;
gaz analizatorini sozlash;
gaz analizatoriga texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek o‘lchash ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar;
namuna olish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish;
o‘lchov kamerasining ichki qismini etalon (nol) gaz yordamida avtomatik uzluksiz ravishda davriy tozalash;
namuna va etalon (nol) gazlarning yo‘nalishini (klapanli uch tomonlama) avtomatik boshqarish;
namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha stansiyalarda amalga oshirilgan barcha xatti-harakatlar, shu jumladan gaz analizatorlari graduirovkasi va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatishni qayd etib borish;
uzluksiz o‘lchashlarni uslubiy ta’minlash.
13. Avtomatik nazorat tizimlari o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha talablariga javob berishi va ifloslantiruvchi moddalarning tashlama ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali real vaqt rejimida uzatilishini ta’minlashi kerak.
5-bob. Avtomatik nazorat tizimlariga qo‘yiladigan texnik talablar
1. §. Avtomatik nazorat tizimining texnik xususiyatlari va uni o‘rnatish
14. Avtomatik nazorat tizimlari tashlamalar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi, ifloslantiruvchi gazlarning volyumetrik oqim tezligi hamda haroratini asbob-qurilmalar yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalar haqida uzluksiz ravishda monitoringini ta’minlashi kerak.
15. Namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik nazorat tizimlari quyidagi talablar bo‘yicha joylashtirilishi kerak:
istalgan vaqtda (xavfsizlik qoidalariga muvofiq) va normal ob-havo sharoitida jihozlarni kuzatishni ta’minlash;
gaz analitik qurilmalarini o‘rnatish joyi yong‘in xavfsizligi va boshqa xavfsizlik choralari talablarini hisobga olgan holda tanlanishi;
o‘lchash vositalarini o‘rnatish joylarida ishlash sharoitlari (harorat, namlik va atrof-muhitning changligi, tebranish, shovqin va elektromagnit nurlanish va boshqalar) ularni ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar talablariga muvofiq bo‘lishi;
agar gaz analitik qurilmasining amaldagi ish sharoitlari belgilangan talablardan farq qilsa, qurilmalar maxsus himoya korpuslari (kabinalariga), maxsus xonalarga o‘rnatilishi yoki uning talablarga muvofiq ishlashini ta’minlaydigan boshqa himoya vositalaridan foydalanish lozim;
gaz analitik tizimlari yoki namuna olmaydigan turdagi qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalar o‘rnatilishi belgilangan tutun mo‘risini nazorat qilish kesimi uchun tutun gazlar oqimining oxirgi to‘lqinlanishidan kamida 14 ekvivalent diametrli Dekv. masofa tanlanadi (Dekv. — mo‘rining tutun chiqish joyi diametri, m) (burilish, bo‘linish devori va boshqalar).
16. Namuna olish naychalari bilan gaz olishning analitik tizimlaridan foydalanilganda, nazorat qilish joyi tutun gazlar oqimining so‘nggi to‘lqinlanishidan kamida 8 Dekv. masofada tanlanadi. Hisob yoki eksperimental yo‘l bilan mazkur nazorat qilish joyida kerakli umumiy nisbiy o‘lchashda xatolikka yo‘l qo‘yilganligi isbotlansa, nazorat qilish joyiga kichikroq masofa olinishi ham mumkin.
17. Namuna olish nuqtasi gaz oqimlari aralashgan joyda (quvurlar, gaz kanallari, ventilatsiya shaxtalari), ifloslantiruvchi doimiy manba kesimining markazida joylashgan bo‘lishi kerak.
18. Tutun gazlarini zararli (ifloslantiruvchi) moddalardan tozalash uchun maxsus moslamalar bilan jihozlangan statsionar manbalarda, tutun gazlari mazkur qurilmalardan so‘ng joylashgan gaz oqimida kuzatiladi.
2-§. Texnik xizmat ko‘rsatish va metrologik nazorat qilish
19. Avtomatik nazorat tizimlarining qurilmalari va uskunalariga nisbatan profilaktik xizmat ko‘rsatish tegishli talablar asosida amalga oshirilishi va saqlanishi lozim.
20. Texnik xizmat ko‘rsatish va qiyoslash oldindan belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Gaz analizatorlariga xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan yo‘riqnomalarga binoan amalga oshiriladi.
21. Avtomatik nazorat tizimi ishlab turgan holatida ham o‘lchash va namuna olishning texnik imkoniyatlari ta’minlanishi zarur. To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash natijalari bo‘yicha tashlamalar hajmi yoki massasini hisoblash uchun sertifikatlashtirilgan dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilishi lozim.
3-§. Avtomatik nazorat tizimi ishini tashkil etish tartibi
22. Avtomatik nazorat tizimida ma’lumotlarni himoya qilish uchun jihozlar loyihasi, plomba, dasturiy ta’minot va apparat qulflari yordamida keng qamrovli xavfsizlik ta’minlanishi kerak.
23. Real vaqt rejimida tashlamalar belgilangan me’yordan oshsa, avtomatik nazorat tizimining o‘lchash vositalari monitoring tizimiga tegishli xabarnomalarni yuborishi lozim.
24. Avtomatik nazorat tizimining avtomatik o‘lchash vositalarida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning ma’lum bir statsionar manbasi uchun belgilangan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari ko‘rsatkichining kamida 2,5 baravar yuqori o‘lchash chegarasi ta’minlanishi kerak.
25. O‘lchashlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha talablariga muvofiq avtomatik nazorat tizimining avtomatik o‘lchash vositalari xatoligi ularning turi bo‘yicha aniqlanadi.
26. Avtomatik nazorat tizimi majmuiga kiritilgan qurilmalar o‘lchash chastotasini har daqiqada kamida bir marta ta’minlashi va imkon bo‘lgan minimal xatolikka (gazli ifloslantiruvchi moddalar uchun 20 foizdan, qattiq moddalar uchun 25 foizdan, yoqilg‘i yoki ifloslantiruvchi gazlar oqimi tezligini aniqlash uchun 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan) ega bo‘lishi kerak.
27. Avtomatik nazorat tizimidan foydalanish davomida diskret (uzluksiz bo‘lmagan) va uzluksiz kuzatuvlar ma’lumotlarining taqqoslanishi parallel kuzatuvlar usuli bilan amalga oshiriladi.
28. Turli xil gaz analizatorlari yordamida o‘tkazilgan diskret va uzluksiz kuzatuvlar ma’lumotlarining taqqoslanishi to‘g‘risida miqdoriy xulosalar chiqarishning asosiy usuli parallel kuzatishlar o‘tkazish hisoblanadi. Usul ketma-ket kuzatuvlarning yaqinligini yoki sezilarli farqlarning sabablarini aniqlashga imkon beradi.
29. Atrof-muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori va o‘rtacha bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘rnatilgan avtomatik nazorat tizimining avtomatik o‘lchash vositalari:
har 20 yoki 30 daqiqa (bir martalik) uchun o‘rtacha hisoblangan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining o‘lchash natijalari, shuningdek ularning o‘rtacha kunlik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik konsentratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘lchash va qayd etishning texnik vositalariga o‘tkazilishini ta’minlashi;
atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarda o‘tkazilgan o‘lchash natijalari hisobini ekologik normalarga muvofiq yuritilishini ta’minlashi;
elektr ta’minoti tizimidagi nosozliklar, favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalar ro‘y berganda, texnologik jarayonda ishdan chiqish holatlarida tizimning avtonom ish qobiliyati hamda ma’lumotlar yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlashi;
avtomatik o‘lchash ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va uzatishda ishlatiladigan dasturlar ruxsatsiz foydalanishdan himoyalangan bo‘lishi lozim.
30. Avtomatik nazorat tizimlari ular o‘rnatiladigan joyning mahalliy sharoitlarini hisobga olingan holda qo‘llanilishi kerak.
31. Ekspluatatsiya sinovi jarayonida avtomatik nazorat tizimi belgilangan parametrlarni doimiy ravishda o‘lchab borishi va tashlamalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayd etishi lozim.
Mazkur davr mobaynida rejadan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sozlash ishlarini, shu jumladan optik sozlash ishlarini hamda kalibrovkalashni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi (bu alohida texnik topshiriqlarda ko‘rsatilishi lozim).
32. Avtomatik nazorat tizimining uskunalari ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmasiga binoan to‘g‘ri ishlashni ta’minlaydigan tarzda soz holatda saqlanishi kerak.
33. Avtomatik nazorat tizimi uskunalarida buzilishlar ro‘y bersa va noto‘g‘ri natijalarni ko‘rsatsa uni zudlik bilan to‘xtatish, almashtirish yoki ta’mirlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish lozim.
34. Avtomatik nazorat tizimi uskunalariga malakali (tajribali) xodimlar xizmat ko‘rsatishi kerak. Xodimlar uskunalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni, texnik xizmat ko‘rsatish talablari bilan doimiy ravishda tanishib borish imkoniyati nazarda tutilishi kerak.
35. Avtomatik nazorat tizimining uskunalari raqamlangan yoki kodlangan bo‘lishi zarur.
36. Avtomatik nazorat tizimidan foydalanish bo‘yicha maxsus yo‘riqnomada (jurnalda) quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
avtomatik nazorat tizimi uskunalarining nomi, ishlab chiqaruvchisi, modeli, turi va seriya raqami;
xarid qilish va foydalanishga topshirish sanasi;
o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi sertifikat;
o‘rnatish joyi;
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha sana va natijalari;
uskunaning to‘xtatilishi haqidagi ma’lumotlar (sabablar, ishdan chiqqan vaqti va h.k.lar).
37. Namuna olish moslamalari quyidagi talablarga javob berishi zarur:
ifloslantiruvchi gazlardan namuna olishda kondensatsiyalanadigan bug‘larni bartaraf qilish maqsadida shudring nuqtasi harorati 15 — 20 °S dan yuqori bo‘lgan isitiladigan namuna olish moslamalaridan foydalanish kerak;
tabiiy gazni yondirish mahsulotlarini tahlil qilishda isitilmaydigan namuna olish moslamalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi, bunda namuna olish moslamalarini kondensatni yig‘ish uskunalar tomoniga 3º gacha bo‘lgan og‘ishini nazorat qilish lozim;
signallarning kechikishini oldini olish maqsadida namuna olish moslamalarining uzunligi optimal darajada bo‘lishi kerak;
namuna olish moslamasining zond bilan tutashgan qismi tozalanib turishi, shuningdek uni tekshirish, ta’mirlash yoki almashtirish uchun gaz mo‘risidan olib turish imkonini berishi kerak.
Namuna olish moslamasining texnik xususiyatlari mazkur davlat standartining 2-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq belgilanadi.
6-bob. Ma’lumot tarkibi va undan foydalanish
38. Avtomatik nazorat tizimining dasturiy ta’minoti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ifloslantiruvchi moddalarning joriy konsentratsiyasi, mg/m3 va g/s;
normal sharoitda o‘rtacha hisobda 20 yoki 30 daqiqa, shu jumladan ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha kunlik konsentratsiyasi, mg/m3;
tashlanma gazlarning hajmdagi sarfi, m3/s;
yoqilg‘i sarfi (agar yoqilg‘i sarfini o‘lchaydigan hisoblagich bo‘lsa);
tashlanma gazning bosimi, kPa;
tashlanma gazning harorati, °S da;
tashlanma gazlardagi kislorod miqdori, foizda (zaruriyat bo‘lganda);
tashlanma gazlarning namligi, foizda (zaruriyat bo‘lganda);
joriy vaqt ko‘rsatkichi (soat, daqiqa, soniya).
39. Avtomatik nazorat tizimi avtomatik ravishda quyidagilarni hisoblashni ta’minlashi kerak:
barcha nazoratdagi parametrlar bo‘yicha yalpi tashlamalar;
ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi (zarur holatlarda);
ifloslantirilgan atrof-muhit uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdori (zarur holatlarda);
nazorat qilinayotgan manbadan tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning, shu jumladan 20 daqiqa davomidagi ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha miqdorini tashlamalarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdorlari bilan taqqoslash, g/s (mg/m3), t/g.
40. Tashlamalarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdorlari oshib ketadigan holatlarda ovozli xabar berilishi tavsiya qilinadi.
41. Chiqish jadvallarining tavsiya etilgan shakllari va doimiy o‘lchash natijalarini taqdim etish shakli mazkur davlat standartining 3-ilovasida keltirib o‘tilgan.
7-bob. Monitoring tizimiga ifloslantiruvchi moddalar ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayd etish va uzatishning texnik vositalariga qo‘yiladigan talablar
42. Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalar ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqtda qayd etib borilishi lozim. Uzatishning texnik vositalari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
statsionar manbalardagi ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalar ko‘rsatkichlarini o‘lchash va qayd etishning avtomatik vositalari, dasturiy ta’minoti va texnik qurilmalari;
monitoring tizimi uchun dasturiy vositalar.
43. Axborotni yozib olish va uzatish texnik vositalari quyidagilarni ta’minlashi lozim:
avtomatik o‘lchash vositalaridan olingan ma’lumotlarni qabul qilish;
har 20 yoki 30 daqiqa (bir martalik) uchun o‘rtacha hisoblangan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining o‘lchash natijalari, shuningdek ularning o‘rtacha kunlik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik konsentratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish;
axborot qabul qilish va uzatilishida uning ishonchliligi va to‘liqligini atayin buzib ko‘rsatilishining oldini olish;
uzatilgan ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazilgan to‘xtash vaqti va sanasi, shuningdek avtomatik nazorat tizimining to‘xtagan va qayta ishga tushirilgan vaqti bilan saqlash;
monitoring tizimidagi ishlab chiqarish obyektlari va har bir ifloslantiruvchi moddalarning tashlama manbalarini identifikatsiya va avtorizatsiya qilish.
44. Mazkur davlat standartining 42-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan dasturiy ta’minot quyidagilarni amalga oshiradi:
har 20 yoki 30 daqiqa (bir martalik) uchun o‘rtacha ifloslantiruvchi moddalar tashlamasini o‘lchash natijalari, shuningdek avtomatik o‘lchash vositalaridan olingan o‘rtacha kunlik, o‘rtacha oylik va o‘rtacha yillik konsentratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring tizimiga yetkazish;
avtomatik o‘lchash vositalarining to‘xtashi, shuningdek ularni to‘xtatishdan so‘ng qayta ishga tushirishning vaqti va sanasini ro‘yxatdan o‘tkazish;
xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun belgilangan tashlamalar yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdoridan besh baravar ortiq bo‘lgan taqdirda favqulodda xabarnoma yuborish;
barcha nazorat qilinadigan parametrlar bo‘yicha yalpi tashlamalarni hisoblash va ma’lumotlarni monitoring tizimiga uzatish;
ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari miqdorini avtomatik ravishda hisoblab, ma’lumotlarni monitoring tizimiga uzatish (zarur holatlarda).
45. Monitoring tizimining dasturiy ta’minoti quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
texnik vositalaridan olingan ma’lumotlarni qabul qilish va hisobini yuritish, ma’lumotlarni yozib olish va uzatish;
arxiv ma’lumotlari foydalanuvchiga kunning istalgan vaqtida taqdim etish;
avtomatik nazorat tizimi ma’lumotlar bazasidan ruxsatsiz foydalanishdan, uning elementlari va tizim faoliyatiga aralashishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. Umumiy va texnik talablarga
1-ILOVA
(ma’lumot uchun)
Avtomatik nazorat tizimlari to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar
1. Avtomatik nazorat tizimlari tashlamalar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi, ifloslantiruvchi gazlarning volyumetrik oqim tezligi hamda haroratini asbob-uskunalar yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchash orqali atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarda uzluksiz ravishda monitoringni ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi.
Atrof-muhitning holatini baholash, atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarda ifloslantiruvchi moddalarning tashlama miqdori, o‘zgarishlarning yo‘nalishi va intensivligi bo‘yicha muntazam kuzatuvlarni umumlashtirish va tahlil qilish, tashlamalarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdori, atrof tabiiy muhitning sifat holati normativlari bilan taqqoslash, atrof-muhit va aholi salomatligi hamda atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
2. Avtomatik nazorat tizimining xususiyatlari:
tizimni joylashtirishning modulli prinsipi;
avtomatik rejimda uzluksiz o‘lchash ishlarini olib borish;
haftada minimal texnik xizmat ko‘rsatish;
minimal javob vaqtida yuqori o‘lchash aniqligi;
1 tadan 32 tagacha bo‘lgan nuqtalarni tahlil qilish (ketma-ket o‘lchash);
bir vaqtning o‘zida 12 tagacha o‘lchanadigan komponentlar;
masofaviy diagnostika qilish va ma’lumotlarni uzatish;
sanoatdagi ishlab chiqarishning noqulay omillariga, yuqori namlik, tebranish, korrozion-faol atmosfera va boshqalarga nisbatan barqarorlik;
umumiy sanoat va portlashdan himoyalanishi.
3. Avtomatik nazorat tizimining gaz-analitik bo‘linmasi tirgak yoki konteynerlarda o‘rnatilishi mumkin.
Foydalanuvchining ixtiyoriga ko‘ra, ekstraktiv va ekstraktiv bo‘lmagan namuna olish tizimlarini kalibrlash standart laboratoriya usullari yoki avtomatlashtirilgan o‘lchash tizimlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
4. Avtomatik nazorat tizimining dasturiy ta’minoti tashlamalar dinamikasini masofadan nazorat qilishni, tashlamalarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdorining oshishini qayd etilishini ta’minlaydi. Tegishli qurilma (oqim o‘lchagich, harorat datchigi, bosim datchigi) ulanganida, dasturiy ta’minot kuzatilgan barcha parametrlar uchun yalpi tashlamalarni hisoblab chiqadi.
5. Avtomatik nazorat tizimini o‘rnatish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
avtomatik o‘lchash vositalari yordamida nazorat qilinadigan statsionar manbalar va tashlama ko‘rsatkichlarini aniqlash, ularni loyihalashdan oldin tekshirish, tashlamalar ko‘rsatkichlarini o‘lchash usullarini belgilash;
avtomatik nazorat tizimining loyihalanishi (avtomatik nazorat tizimini yaratish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash);
qurilmani yetkazib berish va o‘rnatish;
o‘lchashlarni bajarish uslublarini ishlab chiqish;
avtomatik nazorat tizimining ekspluatatsiya va texnik hujjatlarining mavjudligini tekshirish hamda kelib tushadigan ma’lumotlarning yaxlitligi va ishonchliligini nazorat qilish;
test sinovidan o‘tkazish;
ishga tushirish.
6. Avtomatik nazorat tizimini loyihalash uchun texnik topshiriqlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
avtomatik nazorat tizimi o‘rnatiladigan ishlab chiqarish obyektlarining va texnologik jihozlarning tavsifi;
ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi o‘lchovining ro‘yxati va ko‘lami, tanlangan ko‘lamdagi ifloslantiruvchi gazlarning (yoqilg‘ining) tezligi va iste’moli;
ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi va tashlama gaz (yoqilg‘i) sarfini o‘lchash xatoligiga qo‘yiladigan talablar;
texnik normativ hujjatlar talablariga javob beradigan tahliliy uskunalarni o‘rnatish joylari;
ta’mirlash, sozlash, tekshirish ishlarida tanaffuslarga yo‘l qo‘yadigan uzluksiz o‘lchash jarayoniga qo‘yiladigan talablar (yillik, kunlik);
uning elementlari tavsifi bilan avtomatik nazorat tizimining tuzilishi.
7. Avtomatik nazorat tizimi quyidagilar mavjud bo‘lgan hollarda foydalanishga topshiriladi:
avtomatik nazorat tizimiga qiyoslash sertifikatlari;
avtomatik nazorat tizimidan foydalanish yo‘riqnomalari;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari.
8. Avtomatik vositalar ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan aloqa modullari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ajratilgan raqamli aloqa kanallari ma’lumot uzatish uchun ishlatiladi.
9. Avtomatik nazorat tizimining ishlashi davomida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining o‘lchash ma’lumotlari va boshqa kuzatiladigan parametrlar grafik va jadval shaklida aks ettiriladi.
A. 1-rasm. Avtomatik nazorat tizimining sxemasi

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. Umumiy va texnik talablarga
2-ILOVA
(tavsiyaviy)
Avtomatik nazorat tizimlarining texnik xususiyatlari
1. Avtomatik nazorat tizimlarining texnik xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.


Download 98.73 Kb.
1   2   3




Download 98.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]

Download 98.73 Kb.