1. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari




Download 264,28 Kb.
bet1/7
Sana25.01.2024
Hajmi264,28 Kb.
#145604
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

.1. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining

predmeti va vazifalari


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993-yilda ilk bor «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va shu asosda barcha sohalarda, shu jumladan oliy ta’limda ham kompyuterlashtirish jarayonlariga keng yo‘l ochildi va imkoniyatlar yaratildi.
Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligini o‘stirish, mahsulot sifatini yaxshilash, bozorda mavjud bo‘lgan turli xil talablarni qondirish va tezkor e’tiborga olish, ilmfanning ishlab chiqarish tarmoqlarini, ayniqsa, elektronika, hisoblash texnikasi, telekommunikatsiya vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish muammolarini keltirib chiqaradi.
Shu kabi muammolar yechimining topilishi axborotlashtirish jarayonlarini tezlashtirishga sharoit yaratib, uning ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, bozor munosabatlari iqtisodiyotining o‘ta muhim mezoni bo‘lgan raqobatchilikning ta’sirini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan-texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
«Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» fanining predmeti kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotda qo‘llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi bilimlar hisoblanadi.
Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi:

  1. Axborotni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish.

  2. Uni qayta ishlash, joyiga uzatish.

  3. Ma’lumotlarni kodlashtirish.

  4. Ma’lumotlarni saqlash va izlash.

  5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.

  6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.

  7. Qaror qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish.

Zamonaviy axborot texnologiyalari tizimi Respublikamizda tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda turli kommunikatsiya vositalaridan foydalanib kelinmoqda. Kommunikatsiya vositalarini rivojlantirish borasida qator qarorlar qabul qilingan.
O‘z mohiyatiga ko‘ra raqamlashtirish axborotni jismoniy formatdan raqamli formatga o‘tkazish jarayonida - raqamli bo‘lmagan narsani keyinchalik kompyuter tizimlari tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘lgan raqamli ko‘rinishga aylantirish jarayonidir. Bu jarayonlar ish faoliyatida avtomatlashtirishning birinchi qadami hisoblanadi.
Raqamlashtirish iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki kompaniyalar raqamli formatda ma’lumotlarga tayanadi - aks holda ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish mumkin emas.
Raqamlashtirishga misollar:

  • Qog‘ozga yozuvlarni yozishdan Excel jadvalida yozishga o‘tish;

  • Qog‘ozli hujjatni skanerlash va keyin uni PDF formatidagi raqamli hujjat sifatida kompyuterning qattiq diskida saqlash;

  • Qog‘ozga asoslangan kalendar jadvalidan elektron jadvaliga o‘tish.


Download 264,28 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 264,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari

Download 264,28 Kb.