|
Mukammal tahlil va ma’lumotlar yig‘ish
|
bet | 4/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 264,28 Kb. | | #145604 |
Bog'liq 1-mavzuMukammal tahlil va ma’lumotlar yig‘ish
Raqamli transformatsiya’ning yana bir foydasi shundaki, bu tashkilotlarga o‘zlarining eng qimmatli boyliklari bo‘lgan ma’lumotlarini tahlil qilish imkonini beradi. Analitik vositalar menejerlarga biznesda yuqori raqobatbardoshlilik imkoniyatini beradi. Qarorlar qabul qilishda yordam berish uchun mijozlar ma’lumotlarini kuzatib boradi, to‘playdi, qayta ishlaydi va tahlil qiladi.
1.1.1- rasm Ma’lumotlar tahlili jarayoni Raqobatbardoshlikni shakllantirish
Raqobatlashish qobiliyati bu kompaniyalarning bozorda mavqeini saqlab qolishi va yanada yuksalishiga yordam beradi. Ishbilarmon korxonalar o‘z muhitini doimiy ravishda raqamliga o‘zgartiradi va o‘sishda davom etadi. Tashkilotni to‘liq raqamli tizimga o‘tkazish, yuqori raqobatbardosh korxonalar bilan hamqadam bo‘lishlari, o‘z kompaniyalarini hech qachon bankrot bo‘lib qolmasligini ta’minlashlari mumkin.
21- asrga kelib dunyoda axborot texnologiyalari shunchalik rivojlandiki, ba’zi sohalarni raqamli texnologiyasiz tasavvur qilishning imkoni bo‘lmay qoldi. Texnologiya’ning bunday tezkor rivojlanishi har qanday sohaga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Quyida sanab o‘tiladigan sohalar bugungi kunda eng yuqori reytinglarni egallab turibdi:
Sun'iy intellekt (SI) va aqilli mashinalar
So‘nggi o‘n yil ichida sun'iy intellekt rivojlanishi ko‘zga tashlandi va bu bizning kundalik hayotimiz, ish faoliyatimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. SI allaqachon tasvir va ovozni tanib olish, navigatsiya dasturlari, smartfonlarning shaxsiy yordamchilari, masofadan boshqariluvchi dasturlari va boshqa ko‘plab qulayliklari bilan tanilgan.
1.1.2-rasm. Sun’iy intelekt
Dunyo bo‘yicha SI bozori2025 -yilgakelib190milliarddollarliksohagaaylanishi kutulmoqda, shu bilan2021-yildakognitiv va sun'iy intellekt tizimlariga umumiy xarajatlar 57milliarddollardanoshadi.SI texnologiyalaridan dunyo bo‘ylab keng foydalanish, ishlab chiqish, dasturlash, sinovdan o‘tkazish, qo‘llabquvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Boshqa tomondan, bugungi kunda sun'iy intellekt sohasida faoliyat yuritadigan kasb egalari yiliga125,000dollardan(mashinani sozlash bo‘yicha muhandis) 145,000dollargacha (sun'iy intellekt yig‘uvchi muhandis) o‘zgarib turadigan eng yuqori ish haqiga ega bo‘lishlari mumkin. Kompaniyalar kelajagini bashorat qiluvchi nufuzli kompaniya Forresterningta’kidlashicha,sun'iy intellekt, mashinalarni o‘rganish va avtomatlashtirish 2025 -yilga kelib AQShda yangi ish o‘rinlarining 9 foizini tashkil qiladi1.
|
| |