• Uslubiy ko`rsatmalar
  • 1 laboratoriya ishi mavzu




    Download 351.25 Kb.
    bet1/8
    Sana14.12.2022
    Hajmi351.25 Kb.
    #34650
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    MB 1-topshiriq savol
    7 – Мавзу. Maqsadli bozorlarni tanlash-fayllar.org, II turlanishdagi otlar, Kurs ishi mavzu “5-sinf Informatika va axborot texnologiyalari (1), 331 Moliya muassasa, 61a88372adf93 АБАЙ ҚЎНОНБОЕВ КОНФЕРЕНЦИЯ 2-ҚСМ o\'zimniki, Abdulla Qahhor hikoyalarida til mahorati va badiiy detaldan foyd, 2, $course$ top Ïî óìîë÷àíèþ äëÿ Ekonometrika-2, ХАЛҚАРО-ҲАМКОРЛИК-ВА-ИННОВАЦИЯЛАР-ТИББИЙ-ТАЪЛИМ-ИСЛОҲОТЛАРИНИНГ-АСОСИДИР, Badalov Doniyorbek Kurs ishi, 5-Amaliy Mashg\'ulot1, 1700482976 (1), Mustaqil ishi ehtimollar nazariyasi-5, i

    1 - LABORATORIYA ISHI
    Mavzu: Ma`lumotlar bazasini loyihalash. Mohiyat aloqa diagrammasini
    qurish (ER modeli)
    Ishdan maqsad: ma`limotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa modelini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.
    Masalani qo`yilishi: ma`lumotlar bazasini lohiyalash va “Mohiyat–aloqa” modelini ishlab chiqish.
    Uslubiy ko`rsatmalar: ma`lumotlar bazasini lohiyalash quyidagi tashkil etuvchilarini o`rganishni taqazo etadi. Ob`yektlar, ob`yekt xususiyatlari, bog`lanishlar (ob`yekt munosabatlari), vaqt oralig`i va hokazolar.
    “Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi.
    Modelni quirishda “aloqa”mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi.
    “Mohiyat – aloqa” modelidagi bog`lanishlarga, ikki mohiyat o`rtasidagi har bir bog`lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar).
    Loyiha haqidagi axborot diagramma ko`rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to`rtburchak bilan, atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo`nalishsiz qirralar bilan bog`lanadi.
    “Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi. Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to`la axborotga ega bo`lish uchun uni etarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to`ldiradigan local modellar qurish kerak. Shundan so`ng lokal modellar birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo`lamiz.
    Ma`lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud:

    1. Birga – bir (1:1) munosabat. A va V ob`ektlar to`plami orasida 1:1 munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa.

    2. Birga – ko`p (1:n) munosabat. A va V ob`ektlar to`plamida A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bittadan ko`p bo`lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo`ladi.

    3. Ko`pga – bir (n:1) munosabat A va V ob`ektlar to`plami orasida o`rnatilsa, unda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning ko`pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob`ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob`ektning bir nechta nusxasi mos keladi.

    4. Ko`pga – ko`p (m: n) munosabat. A va V ob`ektlar orasida shunday munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.


    Download 351.25 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 351.25 Kb.