|
1-ma’ruza kirish. Texnologik prametrlarni o’lchash usullari va asboblari o‘lchash
|
Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 19,95 Kb. | | #142667 |
Bog'liq IChJA ma\'ruza
1-MA’RUZA KIRISH. TEXNOLOGIK PRAMETRLARNI O’LCHASH USULLARI VA ASBOBLARI
O‘lchash — fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus texnik vositalar yordamida aniqlash. Ko‘p hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattalikni shunday fizik kattalik bilan takqoslanadiki, unga 1 ga teng bo‘lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o‘lchov birligi deyiladi.
O‘lchash natijasi — kattalikning o‘lchash usuli bilan, masalan, kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash yordamida topilgan qiymatidan iborat. O‘lchash natijasini tenglama ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:
(1)
bu erda, Q—o‘lchanayotgan fizik kattalik, U — o‘lchash natijasi yoki o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati, q — fizik kattalik birligi.
(1) tenglama o‘lchashning asosiy tenglamasi deyiladi. Uning o‘ng tomoni o‘lchash natijasi deb yuritiladi. O‘lchash natijasi doimo o‘lchamli kattalik bo‘lib, u o‘z nomiga e ga bo‘lgan q birlikdan hamda ayni birlikdan o‘lchanayotgan kattalikda nechta borligini anglatadigan U sondan tashkil topgan.
O‘lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita, bilvosita, birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullari yordamida topiladi. Laboratoriya amaliyotida va ilmiy tekshirishlarda birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullaridan foydalaniladi.
Bevosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan, uzunlikni chizg‘ich bilan o‘lchash va hokazo bevosita o‘lchashdan iborat. Bevosita o‘lchash tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
bu erda, Qbev — o‘lchanayotga n kattalnkning uning uchun qabul qilingan o‘lchov birliklaridagi qiymati; S—raqamli hisoblash qurilmasi shkalasi bo‘linmalarining yoki bir marta ko‘rsatishining o‘lchanayotgan kattalik birliklaridagi qiymati; n — shkala bo‘linmalarining hisobida indikatorli qurilma bo‘yicha olingan sanoq.
Bilvosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchash natijasi o‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum munosabat yordamida bog‘langan kattaliklarni bevosita o‘lchashga asoslangan bo‘ladi. Bilvosita o‘lchash tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
bu erda, Qbil. — o‘lchanayotgan kattalikning izlangan qiymati; Q1,Q2,…,Qnbev — bevosita o‘lchanadigan kattaliklarning son qiymatlari.
Birlashtirib o‘lchash bir necha bir nomli kattaliklarni bir vaqtda o‘lchashdan iboratki, unda izlangan kattaliklarning qiymatlari bevosita o‘lchashda hosil qilingan tenglamalar tizimidan topiladi. Bir vaqtda ikki yoki bir necha nomli turli kattaliklarni, ularning orasidagi funksional munosabatlarni topish uchun olib borilgan o‘lchashlar birgalikda o‘lchash deyiladi.
O‘lchashlarda bevosita baholash, differensial, o‘lchov bilan taqqoslash va nol
(kompensasion) usullar keng tarqalgan.
Bevosita baholash usuli o‘lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o‘lchash
asbobining hisoblash qurilmasi bo‘yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan,
bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr
bilan o‘lchash va hokazo. Bu usulda o‘lchash aniqligi uncha katta bo‘lmasa ham,
o‘lchash jarayonining tezligi uni amalda qo‘llanishda tengi yuq usulga aylantiradi.
Differensial usul o‘lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning ayirmasini o‘lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiq
o‘tkazuvchanligiga taqqoslash yo‘li bilan issiq o‘tkazuvchanlik bo‘yicha o‘lchash.
G‘oyatda aniq o‘lchashlarda o‘lchov bilan taqqoslash usuli qo‘llanadi. Bunda
o‘lchanayotgan kattalik o‘lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan takqoslanadi.
Masalan, o‘zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element
EYUK iga teng bo‘lgan taqqoslash kompensatorida o‘lchash yoki massani pishangli
tarozlarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‘lchash. Bu usul ta’sir etuvchi
kattaliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.
Nol (kompensasion) usul o‘lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo‘lgan
kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma’lum kattalikni
o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan
ko‘priklar va boshqalar nol usulga asoslangan asboblarga misol bo‘la oladi. Nol usul
o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi.
MASOFAVIY ISHLAYDIGAN SATHNI O’LCHASH QURILMALARI BILAN TANISHISH
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan to‘ldirilish balandligiga aytiladi.
Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka etganda ishlay boshlaydi, ular signalizasiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi.
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. SHkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi.
O‘lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o‘lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ko‘rsatish oynasi; qalqovichli; gidrostatik; elektrik (sig‘imli, aktiv qarashliklarning o‘zgarishiga muvofiq va induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radioto‘lqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar.
|
| |