• Bоsishgаchа, bоsish vа bоsishdаn kеyingi mаtbаа uskunаlаrigа tехnik хizmаt ko’rsаtish usullаri vа turlаri.
  • Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish
  • 1-ma’ruza «matbaa uskunalariga ni texnik xizmat ko’rsatish» faniga kirish reja: Fanning mazmuni




    Download 42.5 Kb.
    Sana13.11.2022
    Hajmi42.5 Kb.
    #30158
    Bog'liq
    1-ma’ruza «matbaa uskunalariga ni texnik xizmat ko’rsatish» fani
    traktor va avtomobillar, 3-tezis

    1-MA’RUZA


    «MATBAA USKUNALARIGA NI TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH» FANIGA KIRISH


    REJA:


    Fanning mazmuni
    «Mаtbаа uskunаlаrigа tехnik хizmаt ko’rsаtish» fanining prеdmеt va vazifalari.
    Аsоsiy tushunchаlаr vа tаvsiflаr.
    Bоsishgаchа, bоsish vа bоsishdаn kеyingi mаtbаа uskunаlаrigа tехnik хizmаt ko’rsаtish usullаri vа turlаri.

    Matbaa uskunalarini ishlab chiqarish yangi texnologiyalar, materiallar va ularni tayyorlash usullarining yaratilishi bilan birga takomillashib bormoqda. Qo‘lda bajariladigan ishlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora kamaymoqda, ishlarning kata qismini bajarishda uskuna, agregat va tizimlardan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarishda matbaa uskunalarining to‘xtab qolishi mahsulot ishlab chiqarish hajmining pasayishiga, buyurtmachilar ishonchining yo‘qotilishiga, me’yorida ishlamaslik tufayli sarflanuvchi materiallarning isrof bo‘lishi va ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi natijada kata xarajatlarga olib keladi. Ularni hisoblash murakkab emas, xarajatlarning qiymati vaziyatning murakkbligiga bog‘liq bo‘ladi.


    Barcha matbaachilik korxonalarida texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari mavjud, chunki uskunalarning ishlashdan to‘xtab qolishi har doim sodir bo‘lishi mumkin va ularni o‘z vaqtida bartaraf qilish talab qilinadi. Korxonada uskunalar qancha ko‘p bo‘lsa, nosozlik tufayli yo‘qotishlar shuncha ko‘p bo‘ladi, xavfsizlikning qanchalik yuqori darajasiga amal qilinsa, bunday xizmat ko‘rsatish amaliyoti shuncha foydali bo‘ladi. Uskunalarga muntazam va to‘g‘ri tashkil qilingan texnik xizmat ko‘rsatish matbaa uskunalarining xizmat muddatini uzaytiradi, tegishli ishlarning aniq rejalashtirilgan grafigiga o‘z vaqtida amal qilish esa muvaffaqiyatli texnik xizmat ko‘rsatishning echimi hisoblanadi.
    Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish magistratura mutaxassisligi uchun «Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish» fani asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi. Matbaachilik sanoatining zamonaviy holati, bosma mahsulot ishlab chiqarish nomenklaturasi va hajmiga qo‘yiladigan talablar, ularning sifatiga qo‘yiladigan talablarning doimiy o‘sib borishi, mehnatni tashkil qilishning takomillashuvi va boshqa omillar zamonaviy yuqori unumdorlikka ega uskunalardan foydalanish sifatini oshirish, texnologik va texnik xizmat ko‘rsatish va barcha turdagi ta’mirlashlarni amalga oshirishga bo‘lgan e’tiborni doimiy kuchaytirib borish zaruratini taqozo qiladi. Mazkur fan fizika, kimyo, muxandislik fanlarining turli bilim sohalariga asoslanadi, matbaa ishlab chiqarish texnologiyasi va matbaa uskunasozligi, ergonomika, matbaa uskunalarini loyihalash asoslari bilan uzviy bog‘liq.
    Fanni o‘rganish jarayoni quyidagi kompetensiyalarning shakllanishiga yo‘naltirilgan:
    a) kasbiy (KK) ishlab chiqarish-texnologik faoliyat;
    - mahsulotlar va ularni tayyorlash jarayonlarining texnologikligini ta’minlay oladi, mahsulotlarni tayyorlashda tartiblarga amal qilinishini nazorat qila oladi (KK-1);
    - texnologik uskunalarni joylashtirgan holda ish joylarining texnik jihozlanishini ta’minlashga qodir, ishga tushirilayotgan uskunalarni o‘zlashtira oladi (KK-2);
    - yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga tayyorlanish vaqtida texnologik jarayonlarni maromiga etkazish va o‘zlashtirish ishlarida ishtirok etishga, mahsulotning yangi namunalari, chiqariladigan mahsulotlarning bo‘g‘in va detallarini sinash va foydalanishga topshirishda montaj qilish va sozlash sifatini tekshirishga qodir (KK-3);
    - texnologik uskunalarning texnik holatini va qoldiq resursini tekshira oladi, uskunalarning profiaktik ko‘zdan kechirilishi va joriy ta’mirlanishini tashkil qila oladi (KK-4);
    - ishlab chiqarish jarohatlari va kasbiy kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirarni amalga oshira oladi, bajarilayotgan ishlarning ekologik xavfsizligiga amal qilinishini nazorat qila oladi (KK-5);
    - foydalaniladigan materiallar va tayyor mahsulotlarning fizik-mexanik xossalari va texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha standart sinov uslublarini qo‘llay oladi (KK-7);
    - insonlarning hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlaydigan va ularni avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlardan himoyalashni ta’minlaydigan kam chiqindili, energiya tejamkor va ekologik toza uskunasozlik texnologiyalarini ishlab chiqish uchun zamonaviy uslublarni qo‘llay oladi, uskunasozlikda xomashyo, energetik va boshqa resurs turlaridan oqilona foydalanish usullarini qo‘llab oladi (KK-8);
    b) tashkiliy-boshqaruv faoliyat;
    - alohida xodimlarning faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshira oladi, qo‘l ostidagilarga yordam ko‘rsata oladi (KK-10);
    - texnik hujjatlarni (ish grafiklari, yo‘riqnomalar, smetalar, rejalar, material va uskunalarga arizalar va h.k.) tuza oladi va belgilangan shakllar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlay oladi, korxonada sifat menejmenti tizimini yaratish uchun hujjatlarni tayyorlay oladi (KK-11);
    - uskuna va ehtiyot qismlar uchun arizalar tuza oladi, uskunalarni ta’mirlash uchun texnik hujjatlarni tayyorlay oladi (KK-16);
    - ilmiy-texnik axborotlarni, tegishli tayyorgarlik profili bo‘yicha mahalliy va xorijiy tajribani tizimli ravishda o‘rganishga qodir (KK-17);
    v) loyihaviy-konstruktorlik faoliyat:
    - ishchi loyihaviy va texnik hujjatlarni ishlab chiqa oladi, ishlab chiqilayotgan loyiha va texnik hujjatlarning standartlar, texnikaviy shartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirgan holda tugallangan loyihaviy-konstruktorlik ishlarini rasmiylashtira oladi (KK-23).
    Fanni o‘rganish natijasida magistr:
    - matbaa uskunalarining o‘lchamli va texnologik sozlanishini amalga oshirish tamoyillarini;
    - qayta sozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uslubiyati, qoidalari va sharoitlarini;
    - sozlash va tartibga solish ishlarini amalga oshirishda mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va talablarini;
    - foydalanilayotgan uskunalarda nosozliklarni izlash uslublarini va ularni bartaraf qilish usullarini bilishi kerak;
    - sozlash va tartibga solish ishlari uchun tegishli moslama va asboblardan foydalana olishi;
    - sozlash va tartibga solish ishlarini amalga oshirishda ishlov berilayotgan mahsulotlarning zaruriy aniqligi va sifatini ta’minlay olishi;
    - materiallar va yarimmahsulotlarning yakuniy mahsulot sifatini ta’minlaydigan texnik talablarga muvofiqligini baholay olishi;
    - xizmat ko‘rsatilayotgan uskunalarning holatini tashxisliy olishi va me’yorida ishlashdan chekinish sabablarini aniqlay olishi kerak.
    «Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish» o’quv uslubiy majmuasi mаtbаа mutaxassisligi bo’yicha tahsil olayotgan magistrlar uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, u zаmоnаviy bоsmа uskunаlаrining turlаri, qurilmаlаri, qo’llаnilish sоhаlаri, tехnоlоgiyasi vа tехnik tаvsiflаri hаqidа to’liqrоq mа’lumоt оlishni хоhlоvchilаr uchun hаm fоydаli bo’lishi mumkin.
    «Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish» o’quv uslubiy majmuasini muаllif fоydаlаnuvchi (o’quvchi) mаtbаа аsоslаridаn tushunchаsi bоr, bоsish uskunаlаrining prinsiplаridаn хаbаrdоr dеgаn fikrdаn kеlib chiqib tuzgаn.


    Nazorat savollari:
    1. «Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish» fanining maqsad va vazifalarin nimalardan ibоrat?
    2. «Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish» fani qaysi fanlar bilan uzviy bоg’liq?
    3. «Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish» fanni o‘rganish davоmida talabalar qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar?
    4. «Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish» fanining vazifalari nimalardan ibоrat?
    5. «Matbaa uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish» fani qanday printsip bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi?
    Download 42.5 Kb.




    Download 42.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza «matbaa uskunalariga ni texnik xizmat ko’rsatish» faniga kirish reja: Fanning mazmuni

    Download 42.5 Kb.