1-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligi va ahamiyati




Download 21.3 Kb.
bet1/5
Sana05.02.2024
Hajmi21.3 Kb.
#151595
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligiva ahamiyati-fayllar.org
gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, tipik masala, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]

6-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligiva ahamiyati




1-mavzu. Auditning mohiyati, 
zarurligi va ahamiyati
1.Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi.
2.Auditning predmeti, obyekti va usullari tavsifi
3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida
auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro
bog’liq jihatlari.
4.Audit va Davlat moliyaviy nazorati departamenti farqi



1.Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi


Audit – bu mustaqil malakali
mutaxassislar tomonidan
korxonaning moliyaviy hisob va
u bilan bog’liq moliyaviy
axborotlarini me’yoriy
hujjatlarga muvofiqlik darajasi
to’g’risida xulosa chiqarish
maqsadida tadqiq etilishidir.



Auditor
Auditor – auditor


malaka sertifikatiga
ega bo’lgan jismoniy
shaxsdir.
Agar auditor
auditorlik
tashkilotining shtatida
turgan bo’lsa yoki
auditorlik tashkiloti u
bilan fuqarolik-
huquqiy tusdagi
shartnoma tuzgan
bo’lsa, u auditorlik
tekshiruvi o’tkazishga
jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik
tekshiruvini sifatsiz
o’tkazganligi, tijorat
sirini oshkor etganligi
hamda boshqa hatti-
harakat-lari oqibatida
auditorlik tashkilotiga
zarar etkazganligi
uchun qonun
hujjatlariga muvofiq
auditorlik tashkiloti
oldida javobgar
bo’ladi.



Auditor yordamchisi


• Auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega
bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida,
auditorning
ekspert
xulosasida
hamda
auditorlik
tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy
hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda
auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida
ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
• Auditorlik
tekshiruvini
amalga
oshirishda
olingan
ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning
yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
• Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor
malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga
qo’shiladi.



Audit tarixi



Ayrim manbalarga ko’ra buxgalter-auditor
kasbi XVII asrning o’rtalarida Yevropaning
aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorlar,
kreditorlar va soliq xizmati xodimlari
o’rtasidagi munozarali masalalarni hal qilib
berish zarurati tufayli shakllana boshlagan.
O’sha paytlarda mustaqil faoliyat ko’rsatib,
korxonaning
ishlab
chiqarish
moliya
faoliyati to’g’risida aniq xulosa beradigan
mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan.

Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili
Fransiyada, 1937 yili esa AQShda majburiy
audit to’g’risidagi qonun qabul qilingan.
Hozirgi
paytda
bozor
iqtisodiyoti
rivojlangan
mamlakatlarda
o’zining
tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega
bo’lgan
audit
institutlari
faoliyat
ko’rsatmoqda.



Auditorlik faoliyatining rivojlanishi



Auditorlik kasbi turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanib kelingan. Masalan, Amerikada (Public
Accountant) jamoatchi-buxgalter, Fransiyada (“Diplôme d'Expertise Comptable” (DEC) ) buxgalter ekspert
yoki schyotlar bo’yicha komissar, Germaniyada xo’jalik nazoratchisi, yoki kitoblar (Das Buch)
nazoratchisi, qator anglo-saksoniya mamlakatlarida kompaniyaning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladigan
taftishchi kabilar.

Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki bo’ldi. Bu
davrda aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ko’pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada
hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini
qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji
yuzaga kelgan.

Audit XIX asr o’rtalarida Shotlandiyada ham vujudga kela boshlagan. Ingliz temiryo’lchilari, sug’urta va
boshqa investorlar Shimoliy Amerikaga yo’l olishganida ular bilan birga yirik ingliz sarmoyador
(kreditor)larining manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil taftishchi-auditorlar ham birga borganlar.

1844 yilda Angliyada aksiyadorlik kompaniyalarining buxgalteriya schyotlarini, aksiyadorlarga beriladigan
hisobotlarni yiliga kamida bir marta mustaqil buxgalterlar tekshiruvidan majburiy o’tkazilishini talab
qiladigan qonunlar chiqarilgan.

Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar, aksiyadorlar, kreditorlar
auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar.

Auditorlar haqida ularni aksiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda «Kompaniyalar
to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o’zlarining
moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi.



Auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o’tdi:


1.Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob
registrlari va hujjatlar tekshirildi.
2.Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda
muomala (operatsiya)larni nazorat qilish
sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.
3.Tavakkalchilikka asoslangan audit - sistemani
nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul
qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.






Download 21.3 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 21.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligi va ahamiyati

Download 21.3 Kb.