• Davlat moliyaviy nazorati organlari o’zining vakolati doirasida quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradi
  • 4. Audit va Davlat moliyaviy nazorati departamenti farqi
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi
  • Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy




    Download 21,3 Kb.
    bet5/5
    Sana05.02.2024
    Hajmi21,3 Kb.
    #151595
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligiva ahamiyati-fayllar.org

    Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy
    nazoratning quyidagi tashkiliy tizimidan foydalaniladi:
    1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi schyotlar palatasi yoki davlat bosh
    auditorlik apparati bo’lib, u bevosita parlament yoki prezidentga bo’ysunadi. Uning
    asosiy vazifasi davlat byudjetining xarajatlar qismini umum nazorat qilishdir.
    2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti
    daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
    3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan
    ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka
    bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.
    4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga
    oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat
    sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya
    masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.





    Davlat moliyaviy nazorati organlari o’zining vakolati
    doirasida quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradi:
    kompleks nazorat – aniq davr bo’yicha hamma masalalar bo’yicha nazorat
    ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
    tematik nazorat – aniq davr bo’yicha ayrim masalalar bo’yicha nazorat ob’ektlarini
    tekshirish va faoliyatini baholash;
    muqobil nazorat – uchinchi shaxs nazorati, tekshirilayotgan savol doirasida asosiy
    nazorat ob’ekti bilan bog’liq faqat o’zaro munosabatlar savollari qarab chiqiladi;
    qo’shma nazorat – davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat organlari
    bilan hamkorlikda o’tkazadigan nazorat.






    4. Audit va Davlat moliyaviy nazorati departamenti
    farqi
    Audit
    – bu mustaqil
    malakali
    mutaxassislar
    tomonidan
    korxonaning
    moliyaviy
    hisob
    va
    u
    bilan bog’liq moliyaviy
    axborotlarini
    me’yoriy
    hujjatlarga
    muvofiqlik
    darajasi to’g’risida xulosa
    chiqarish
    maqsadida
    tadqiq etilishidir.
    O’zbekiston
    Respublikasi
    moliya
    vazirligining
    Davlat
    moliyaviy nazorati departamenti
    - korxona, kompaniya, tashkilot,
    muassasalar
    moliya
    xoʻjalik
    faoliyatini,
    mansabdor
    shaxslarning xizmat faoliyatini,
    hujjatlar,
    byudjet
    muassasalarida
    byudjetdan
    ajratilgan
    mablagʻlarning
    maqsadli
    sarflanishi;
    buxgalteriya
    yozuvlarining
    toʻgʻri yuritilishini tekshirish;
    nazorat qilish omillaridan biri.


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING


    HISOB PALATASI
    O‘zbekiston
    Respublikasining Hisob
    Palatasi to‘g‘risida
    2019-yil 1-iyuldagi
    O‘RQ-546-sonli qonuni
    orqali tartibga solinadi.
    O‘zbekiston
    Respublikasining Hisob
    Palatasi tekshiruv o’tkazish
    bo’yicha yuqori turuvchi
    organ hisoblanadi.



    Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


    O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish;
    qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish;
    budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini o‘rganish hamda
    nazorat qilish;
    budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali aniqlash hamda safarbar qilish;
    budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda
    qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash;
    budjet tizimi budjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga
    muvofiqligi hamda asosliligini baholash;
    soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani
    umumlashtirish hamda o‘rganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
    O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
    o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari
    chegaralanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan yetarlicha ta’minlashiga doir takliflar ishlab chiqish;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga va chet
    davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari (bundan buyon matnda oliy darajadagi tashriflar deb yuritiladi) davomida
    imzolangan hujjatlarning hamda strategik ahamiyatga molik xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar (bundan buyon matnda strategik korxonalar deb
    yuritiladi) ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
    O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta
    zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan
    o‘tkazish.





    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
    davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi
    Vazirlar Mahkamasining
    “O’zbekiston Respublikasi
    Moliya vazirligining davlat
    moliyaviy nazorati bosh
    boshqarmasi to‘g‘risidagi
    nizomni tasdiqlash haqida”gi
    2017-yil 24-oktabrdagi 870-son
    qarori orqali tartibga solinadi.

    http://fayllar.org



    Download 21,3 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 21,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy

    Download 21,3 Kb.