• Fanni o„rganish usullari.
  • 1-mavzu: Fanning mazmuni, predmeti va vazifalari (2 soat)




    Download 56.25 Kb.
    bet1/3
    Sana25.04.2024
    Hajmi56.25 Kb.
    #207101
      1   2   3
    Bog'liq
    тема 1 узб
    DGDGDGD, 12354, 3, 1-amaliy topshiriq egov, 3-amaliy topshiriq egov, НАМУНА кафолат хати, Azizbek ITI, Reja Xaara bazislarida spektral analiz-fayllar.org, “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI, 5, Oddiy shaklga kirish, model

    1-mavzu: Fanning mazmuni, predmeti va vazifalari (2 soat)


    Reja:
    1. “Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida.


    2. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog„liqligi.
    3. Fanni o„rganish usullari.


      1. Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida

    Soliq munosabatlari davlatning bajaradigan vazifa va faoliyati amaliy jarayonining ibtidosini tashkil etadi. Chunki, har qanday ustqurtma muayyan iqtisodiy bazisdan oziqlanadi. O‗z navbatida, bazisning fundamental asosini yaratuvchi omillar, ayni paytda uning qismatini ham belgilaydi. Mazkur ta‘kiddan kelib chiqib, ana shu bazisning oqilona asosini shakllantiruvchi soliq hamda uning tizimini jamiyat tarixi taraqqiyotida tutgan rolini ko‗zdan kechiradigan bo‗lsak, o‗ziga xos dastak ekanligini ilg‗ash qiyin emas.
    Chunki, har qanday jamiyat o‗zining xususiyati va tabiatiga ko‗ra, bu jarayonga hamohangdir. G‗oyat ma‘suliyatli, o‗z navbatida o‗ta yuqori darajadagi ehtiyojni o‗zida ifodalagan soliqlarning o‗ziga xos rivojlanishi natijasida ularning jamiyat taraqqiyotida yangi qirralari, imkoniyatlari ortib bordi.
    ―Soliq nazariyasi‖ fani soliqlarning nazariy jihatlarini, xususiyatlarini o‗rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning predmetiga to‗xtalishdan oldin ―Soliq‖ kategoriyasiga qisqacha to‗xtalib o‗tadigan bo‗lsak, ―Soliq‖ kategoriyasi - bu muhim iqtisodiy jarayon bo‗lib, uning paydo bo‗lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining mavjudligi bilan chambarchas bog‗liqdir. Soliqlar har bir davlat faoliyatini moddiy jihatlarini ta‘minlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.
    Amaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli, ushbu kategoriya har bir davlat tomonidan o‗ziga xos tarzda foydalaniladi.
    Davlat asta sekin rivojlanib borishi bilan, uning funktsiyalari ham muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan qo‗yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, soliq tizimi tobora murakkab va ko‗p qirrali bo‗lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tarixi shuni ko‗rsatadiki, davlat ma‘muriy boshqaruv bilan shug‗ullangan hollarda, uning ehtiyojlari ma‘lum darajada saqlanib qoladi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo‗lsa, uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari ko‗payadi. Bunday holatda, soliqlarning shakllari pang baranglashib boradi.
    Har qanday fan o‗zining predmetiga ega, ya‘ni izlanish ob‘ektiga ega bo‗ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‗lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‗rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmi xarakteristikasi bo‗lsa, Soliq nazariyasi fanining predmeti soliq munosabatlarini (harakatini) o‗rganishdir. Demak, Soliq nazariyasi fanining predmeti - bu soliq to‗lovchilarning majburiy to‗lovlar bo‗yicha davlat byudjeti bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonining o‗ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarining nazariy jihatlarini o‗rganishdan iborat. Ushbu keltirilgan ta‘rifdan ko‗rishimiz mumkinki, fan o‗z predmetini o‗rganishda turli usullarning o‗zaro aloqasining nazariy jihatlarini o‗rganar ekan. Jumladan, soliq to‗lovchilar va uni o‗zlashtiruvchi, davlat byudjeti, majburiy to‗lovlar, moliyaviy munosabatlar kabi elementlarning o‗zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonlarining nazariy jihatlari, qirralari keng ko‗lamda o‗rganiladi.
    Fanning mohiyati shu o‗rtadagi moliyaviy munosabatni ya‘ni soliq to‗lovchi bilan davlat o‗rtasidagi munosabatni chuqur o‗rganish, soliq munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e‘tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda, tomonlar adolatlik tamoyiliga amal qilish zarur. Tushunarliroq qilib aytilsa, byudjetga soliqlarni olishda soliq to‗lovchilar bo‗yniga ortiqcha og‗irlik osmaslik, ularni o‗z ishlab chiqarishdan manfaatdorligini so‗ndirib qo‗ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez-tez o‗zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e‘tibor berish ko‗zda
    tutiladi. Bu erda tomonlarning do‗stona munosabatda bo‗lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‗lishini o‗rgatadi.
    Fanning predmetini chuqur o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo‗ravonlik munosabati bo‗lguday bo‗lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‗z daromadlari, boshqa soliq ob‘ektlarini har xil yo‗llar bilan yashiradi. Bunday hollarda, har qanday huquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin. Daromadlarni soliq sub‘ektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi.
    Demak, Soliq nazariyasi fanini chuqur o‗rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.

      1. Download 56.25 Kb.
      1   2   3




    Download 56.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Fanning mazmuni, predmeti va vazifalari (2 soat)

    Download 56.25 Kb.