• 1.1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari.
  • 1-Mavzu: mehnat muhofazasi fanining maqsadi va talablari. Mehnat muhofaza qilishining huquqi asoslari va nizomlari




    Download 21.93 Kb.
    bet1/4
    Sana12.09.2022
    Hajmi21.93 Kb.
    #25815
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1 Мавзу
    13, muhandislik, Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017, TALIM FAOLIYATI O’RASIDA JISMONIY MASHQ DAQIQASI YOKI HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISHNI REJALASHTIRISH TEHNALOGIYALARI, BMI titul, 1. Sanoq sistemasi haqida tushuncha Pozitsion va nopozitsion san-fayllar.org, 3-4 2020 KENGURU, Korroziya test , 1-2-лаборатория иши, II. XV-XVII asrlar adabiyot-fayllar.org, 27, Topshiriq 5, Aniq fanlar ochiq dars, faxriyyorliq

    1-Mavzu: MEHNAT MUHOFAZASI FANINING MAQSADI VA TALABLARI. MEHNAT MUHOFAZA QILISHINING HUQUQI ASOSLARI VA NIZOMLARI.


    Reja:
    1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari.
    2. Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil yetish.
    3. Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida.

    1.1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari.


    Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’lig’ini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo’lidagi muhim omil bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’lgan manbalarni yo’qotish, ish inson faoliyati uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.
    Sanoat korxonalarida normal sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish, og’ir qo’l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va aqliy mehnat rolini oshirish, sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini butunlay tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida mehnat qilish yashash vositasigina bo’lib qolmasdan, hayot talabi bo’lishiga erishiladi.
    Inson mehnatini muhofaza qilishni yaxshilash — davlatimiz amalga oshirayotgan asosiy va muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.
    Mehnat muhofazasi-satsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o’z ichiga qamrab olgan, insonning ish jarayonidagi mehnat qobilyatini, sog’ligi va havfsizligini ta’minlash uchun yunaltirilgan qonunlar majmuasidir.
    Fan asosan to’rt qismdan iborat:

    1. Mehnatni muxofaza qilish qonuniyatlari.

    2. Sanoat korxonalarida mehnat gigenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.

    3. Xavfsizlik texnikasi.

    4. Yong’inga qarshi kurash asoslari.

    Bu fanning metodologik asosi -mehnat sharoitini texnologik jarayoni, ajralib chiqadigan zaharli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo’ladigan havfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir.
    Talablari: (har bir xodim bilishi va uddalashi kerak).

    • Ishlab chiqarish jarayonlarini xaflilik darajasini baxolay olish.

    • Zarur o’lchash ishlarini bajara olish.

    • Xavfsizlikni ta’minlashda mustaqil qaror qabul qila olish.

    • Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalar ishlay olish.

    • Baxtsiz xodisalar sababini aniqlash, o’rganish.

    • Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsata olish.

    Download 21.93 Kb.
      1   2   3   4




    Download 21.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: mehnat muhofazasi fanining maqsadi va talablari. Mehnat muhofaza qilishining huquqi asoslari va nizomlari

    Download 21.93 Kb.