|
1-sinflarda og'zaki va yozma hisoblashlar reja: Kirish
|
bet | 1/6 | Sana | 24.02.2024 | Hajmi | 31.38 Kb. | | #161726 |
Bog'liq 1-sinflarda og\'zaki va yozma hisoblashlar reja Kirish Amaliy mashg’ulot №3 Operatsion tizimlarda xavfsizlik komponenta, operatsion tizim mustaqil ishlar sirtqi, 14, 19-DMTT yig`ilish ma`lumotnomasi, 1-nazariy , Абрамян М Э 1000 Задач по программированию Ч I 2004, joni atr
1-SINFLARDA OG'ZAKI VA YOZMA HISOBLASHLAR
REJA:
Kirish.
Og‘zaki va yozma hisoblash
Og‘zaki va yozma hisoblashga doir didaktik (o‘yinlar) topshiriqlarning ahamiyati va turlari
Boshlang`ich sinflarda og`zaki va yozma hisoblash usullarining ahamiyati
Boshlang`ich matematika kursida og`zaki hisoblashga o`rgatishning o`rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim - tarbiya va kadriar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi Farmoni va "Kadrlar tayyorlash millay dasturi"da matematika o'qitishning sifatini oshirish bilan birga o'quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini, matematik savodxonligini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o'hirish masalalari berilgan. Boshlang'ich matematika kursining asosiy natural son va nol, butun musbat sonlar ustida to`rt arifmetik amal hamda ularning asosiy xossalari haqidagi aniq tasavvurlar va bu bilimlarga asoslangan og'zaki va yozma hisoblash usullarini ongli puxta o'zlashtirishni tashkil etish, shuningdek jadval hollaridagi hisoblash malakalarini avtomatizm darajasida yetkazilishini tashkil etadi.
Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ular imkoniyat darajasiga ko'ra o'quvchilarning son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni yuqori darajada o'zlashtirishiga yordam bera borib, arifmetik bilimlar tizimiga qo'shiladi.
Dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o'zlashtirishini ko'zda tutadi. Bu esa darsda o'quvchilar o'zashtirishi lozim bo'lgan tushuncha va qoidalar amaliyotga xizmat qilishini, hayotiy ehtiyojlar natijasida vujudga kelganligini o'quvchilarga yetkazib berish imkonini beradi hamda fan va amaliyot orasidagi aloqalarni to'g'ri tushunishga asos yaratadi. Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek matematika o'quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, ularning o'z fikrlarini aniq to'g'ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi. O'qituvchining vazifasi - bolalarga matematikani o'qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdan iborat.
|
| |