• 3.Turizmda yordamchi hisoblash amallarini o’zlashtirish 4.Yangi turizm amaliyoti tushunchasi
  • 11-Mavzu: Turizmni bаrqаrоr rivоjlаnishining tаmоyillаri




    Download 43.98 Kb.
    bet1/6
    Sana26.05.2023
    Hajmi43.98 Kb.
    #65144
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    11-mavzu
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TURIZMDA EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL, 111111111111111111

    11-Mavzu: Turizmni bаrqаrоr rivоjlаnishining tаmоyillаri
    Rеjа:
    1.Milliy innovatsion tizimni shakllantirishda turizm xizmatlar bozorining o’rni
    2.Turizmni barqaror rivojlanishining tamoyillari
    3.Turizmda yordamchi hisoblash amallarini o’zlashtirish
    4.Yangi turizm amaliyoti tushunchasi

    1.Milliy innovatsion tizimni shakllantirishda turizm xizmatlar bozorining o’rni
    Xozirgi paytda turizm milliy iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, maqsadi insonlarning bo‘sh vaqtida dam olishi va sayohat qilishining turli xillariga hamda mavjud bo‘lgan turistik resurslardan samarali tarzda foydalanishga, tobora o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatni ta’minlovchi korxona va tarmoqlarining majmuini ifodalovchi iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘rilishi lozim.
    Turizm xizmat bozori o‘ziga xos hodisa bo‘lib, uning ta’sir doirasi turistik mahsulotni yaratuvchi va iste’molchilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bilan ifodalanadi. Har bir turistik mahsulotni yaratuvchi va iste’molchi o‘z iqtisodiy maqsadiga ega hamda bu maqsadlar har doim ham o‘zaro muvofiq kelmasligi mumkin, ammo muvofiq kelganda, turistik mahsulotning sotish jarayoni sodir bo‘ladi. Turistik mahsulotni sotish va harid qilish harakati maqsad va foydaning mos kelishini taqozo etadi. Shu sababli, bozor ishlab chiqarish va iste’molning o‘zaro munosabatini muvofiqlashtiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
    Turizm xizmat bozori – xo‘jalik yurituvchi subyekt (turoperator, turagent) yaratgan mahsulotni harid qilish imkoniyatiga va ehtiyojiga ega bo‘lgan iste’molchilar faolligini yuzaga keltiruvchi makondir.
    Turizm xizmat bozori – turizm mahsulotlarini sotuvchi va haridorlar uchrashadigan hudud bo‘lishdan tashqari, ushbu subyektlar maqsadlarini muvofiqlashtiruvchi vosita, turistik mahsulot tarqalishini ta’minlovchi, ushbu mahsulotni yaratuvchi va xarid qiluvchilar iqtisodiy munosabatlari faollashadigan maydondir. Turizm xizmat bozorini keng ma’noda turistik mahsulotni (turlarnialohida turizm xizmatlarini yoki turistlar uchun tovarlarni) sotish va xarid qilish amallari yuzaga keladigan hudud, deb qarash mumkin. Biroq, bu amallar yagona bir hudud doirasida (masalan, biror bir mehmonxonada) bajarilishi shart emas. Turistik mahsulotni sotish uchun sotuvchi va haridorning bevosita uchrashishi shart ham emas, bu amal axborot texnologiyalari, teleks, faks, telefon vositasi orqali bajarilishi mumkin.
    Xullas, turizm xizmat bozorini turistik mahsulotni yaratuvchi va uning haridorlari (ya’ni turist, turagent, turoperator) o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltiradigan hudud sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir.

    Download 43.98 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 43.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Mavzu: Turizmni bаrqаrоr rivоjlаnishining tаmоyillаri

    Download 43.98 Kb.