12- mavzu: Texnologiya darslarini tashkil etish bosqichlari Reja: Texnologiya va uni o'qitish metodikasi. Fanning ta'limdagi o'rni




Download 27.67 Kb.
bet1/10
Sana11.09.2023
Hajmi27.67 Kb.
#81103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12 mavzu Texnologiyadan STI
Amaliyot Rejasi tushuntirilgan holatda To\'liqroq (2), 3 Rahbar xulosa Nabiyev , Surayyo opa, kirish

12- mavzu: Texnologiya darslarini tashkil etish bosqichlari
Reja:
1. Texnologiya va uni o'qitish metodikasi.
2. Fanning ta'limdagi o'rni.
3. Texnologiya va uni o'qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari.
Mehnat ta’limidan sinfdan tashqari ishlar
Mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o‘quv hamda sinfdan tashqari ishlarning o‘zagi, maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlashning asosiy yo‘lidir. O‘quvchilar mehnat ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir.
Maktabning turmush bilan aloqasi kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda, sinfdan tashqari ishlarning o‘quvchilar o‘zlarining mustaqilliklari va tashabbuslarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil etilgan mehnatning go‘zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his etishlariga yordam beradigan yangi shakl va usullarlari aniqlanmoqda.
O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni davom ettirilishi to‘garak ishlari, jumladan “Mohir qo‘llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik to‘garaklari” kabi to‘garaklar keng tarqalgandir.
O‘quvchilarning mehnat faoliyatiga psixologik va amaliy tayyorlash o‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi kerak.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta’lim - tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u bolaning har tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, amalda qo‘llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan biridir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta’lim va tarbiyasi bolalarda fan texnika, sa’natning turli sohalariga qiziqishini o‘stirish masalalarini hal etishga yordam beradi.
Mehnat ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat darslarining davomi qo‘shimchasidir. O‘quv mashg‘ulotlari bilimlarga qiziqishini o‘zstiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo‘llash hamda chuqurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ishdarsda berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o‘zining o‘yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga ishning o‘zlariga ko‘proq yoqqan, o‘zlarini ko‘proq qiziqtirgan turini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo‘ladi, bu yerda ular istalgan ish bilan shug‘ullanishilari, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin.
Sinfdan tashqari ishning formalari ko‘pdir:
Ommaviy ish - kechalar, ertaliklar, konkurslar, viktorinalar, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar.
Maktablarda boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni ertaliklar, ko‘rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommaviy ish turlaridan keng foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam e’tibor beriladi. Ommaviy ishning konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir. Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o‘z fikri, bilim va ko‘nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarida talab qilinadi.
Maktabning tarbiyaviy ishlarida ommaviy ishlar katta rol oynaydi. Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik oquvchilarni har tomonlama harakat qilishga matnlarni yodlash, kostyumlar tayyorlash, jihozlash bezash ishlarini amalga oshirishga majbur qiladi. Kechalar mavzulari shunday tanlanishi kerakki, u oquvchilarda har tomonlama qizikish uyg'otsin, ularni o ylashga, ixtiro qilishga majbur etsin va faqat mavjud bilim va ko nikmalar bilan cheklanib qolmay, kecha mavzusining dasturiga muvofiq yangiliklarni ham o zlashtira borsin. Ayniqsa, kechalar ikki yondosh sinflar qoshilganda juda qiziqarli va jonli o'tadi. Kecha mavzusi asosan maqol va matallardan olinadi, ammo kecha mavzusini “Mehnat va mehnat qiluvchilarni sharaflaydigan” mehnatga aloqador bolishi ham mumkin.
Mehnatga bagishlangan kechalarni har bir o'quv choragi va yil oxirida otkazish maqsadga muvofiq bolar edi. Kecha “Maktab mehnat darslarida nimalarni o rganib oldingiz?” mavzusi asosida o tkazilishi mumkin. Kechaning maqsadi mehnat darslarida olingan konikma va malakalarni mustahkamlash, mehnatga muhabbat singdirishdir.
Turli ishlarni bajarish, asboblarni to'g'ri ishlatish, darslarda foydalaniladigan materiallar va asboblar bo yicha bilimlarni tekshirishga bag ishlangan musobaqalar sinfda va sinflararo otkazilishi mumkin. Ish turlarini, tayyorlash texnologiyasini aynan o'zini qoldirib ozgartirish kerak. Hamma topshiriqlarni bajargan oquvchilarni maxsus nishon bilan taqdirlash mumkin.
To'garak ishlarida korgazmalar, mavzuli albomlar, korgazmali qurollarni tashkil etish va bajarish muhim o'rin egallaydi.
Ko rgazmalar mavzusi xilma-xil bo lishi mumkin, masalan sinfda mehnat darslarida bajarilgan ishlar ko rgazmasi, uyda mustaqil ishlagan yoki togaraklarda ishlangan ishlar korgazmasi va shu kabilar. Korgazmani tomoshabinlar qanday idrok etishlari, korgazmani qanday tashkil etilganligi, qanday bezatilganligini, namunalarning joylashtirilishiga bog'liqdir. Ko'rgazma estetik didni tarbiyalaydi.
To„garak ishi - “Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irochoq teatri”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Quvnoq ustaxona” to‘garaklari.
Boshlang‘ich sinflardagi to‘garak ishlari o‘quvchilarida umumiy rivojlantirishni, o‘zining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo‘lsinlar.
Boshlangich sinflarda togarak ishi quyi sinf oquvchilarini umumiy rivojlantirish, ayniqsa, oqishning turmush bilan aloqasi nuqtai-nazaridan juda muhim va keraklidir. “Mohir qo'llar”, “Qogirchoq teatri”, “Yosh tabiatshunoslar” togaraklari, ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'lib, togaraklarda ug'il va qiz bolalar bir xil qiziqish bilan shugullana oladilar. Har biri oz qiziqishi, kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shugullana oladilar.
To‘garaklarni tashkil etishdan oldin o‘qituvchi maktabdagi mavjud imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To‘garak uchun albatta alohida xona kerak bolib, bu xona stol- stullar, ma’lum asbob-moslamalar to‘plami, tayyor ishlarni qo‘yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Togarak ish rejasini togarak rahbari sinf rahbarlari bilan hamkorlikda bir yilga tuziladilar. Rejada togarak qaysi ish turi bilan shugullanishi va shu ish turlari boyicha qanday amaliy ishlar amalga oshirilishi qayd etiladi. Rejadagi ishlar oddiydan murakkabga otishini ta’minlash uchun murakkablik darajasiga kora joylashtiriladi. Rejada o tkaziladigan ekskursiya ham ko rsatiladi. To garak rejasini maktab rahbari tasdiqlaydi. Togarak mashguloti haftada bir marta otkazilib, 1,5 soatdan ortiq davom etmasligi kerak.
To'garak mashguloti odatda yangi ish usullarini ko'rsatishdan boshlanib, to'garak a’zolari bu harakatni takrorlaydilar, asosiy ishga esa ular bu ish usullarini yaxshi egallab olganlaridan so'ng kirishiladi. To'garak a’zolari ishlarni bajarish jarayonija oddiy sxemalar, chizmalardan foydalanishga, materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan munosabatda bo lishga, asboblar hamda ish joyini toza va tartibli saqlashga albatta odatlantirish zarur. Togarakning har bir a’zosi “Ozing bilim oldingmi - Ortoginga ham o'rgat” degan qoidani doimo yodida saqlashi kerak.
Individual mashg„ulot - kolleksiyalar to‘plash, texnika bilan mustaqil shug‘ullanish, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish kiradi.
Boshlangich sinf oquvchilari ko'plab ijtimoiy foydali mehnatda qatnashadilar. Ular paxta terishda, sabzavot mevalarni yig ishda, ipak qurti boqishda, maktabni, maktab hovlisini, ko'cha, hiyobonlarni obodonlashtirishda qo llaridan kelgancha harakat qiladilar. Ular dala shiyponlarida kutubxonalar tashkil etadilar, havaskorlik konsertlarini beradilar, makulatura, temir-tersak toplaydilar, kichkintoylarni, nafaqaxorlarni otaliqqa oladilar. Bu tadbirlarni barchasi oquvchilar tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Biz ko‘p narsalarni o‘rganishni faqat dars vaqtida bajara olmaymiz, qilgan vaqtimizda ham ulgura olmaymiz. Shuning uchun sinfdan tashqari olib borgan ishlarimiz katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning qiziqishlariga, qobiliyatlariga qarab turli xil ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bajarilgan ishlarimizni ahamiyati haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi natijalarga olib keladi.
Mehnat topshiriqlarini sinfdan tashqari ishlarda qo‘llash o‘qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta to‘garak ishlarini doimo nazorat qilib, ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilan qurollantirib, tanlagan kasbiga qiziqtirib va o‘quv fanlari mazmunini mukammalashtirib o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish kerak.
Sinfdan tashqari ishlarni samarali ravishda amalga oshirish, boshlangich sinflarda ozlashtirgan bilim, malaka va konikma va malakalarini mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini o stiradi hamda bidiiy estetik didini oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Oz vaqtida, rejali, tartibli o tkazilgan mashg ulotlar o quvchilarning qiziqish va havaslarini oshiradi, ma’naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarga boshlang‘ich sinfdanoq kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajak avlodning barkamol bo‘lishida, jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.



Download 27.67 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 27.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12- mavzu: Texnologiya darslarini tashkil etish bosqichlari Reja: Texnologiya va uni o'qitish metodikasi. Fanning ta'limdagi o'rni

Download 27.67 Kb.