• Nazariy qism
  • 12-Laboratoriya ishi




    Download 126.9 Kb.
    bet1/4
    Sana28.03.2024
    Hajmi126.9 Kb.
    #179639
      1   2   3   4
    Bog'liq
    dinshinoslik 22, Iskandarov Q, 1655294334, Bosid 1, 6-LABORATORIYA ISHI (2), JEG5RUBbPbNgfcC9rMgOoPl7n9aOIdh3B1JVJm7q, 14-15-amaliy ish saidali, 14-15-amaliy ish (2), 1683197542, qos-f05, kommutatsiya-va-marshrutizatsiya, saiFsIn9nlAHbK1g3zAVwz2vphI0wcVyI9QHs5wd, 1-amaliy mashg\'ulot

    12-Laboratoriya ishi


    FTP xizmatini sozlash va uning ishlash prinsipini o‘rganish


    Ishdan maqsad: FTP xizmatini sozlash va uning ishlash prinsipi bo„yicha amaliy ko„nikmalar hosil qilish.


    Nazariy qism


    Fayl uzatish protokoli (FTP) bu faylni bir xostdan boshqasiga nusxalash (ko„chirish) uchun TCP/IP tomonidan ta‟minlanadigan standart mexanizm hisoblanadi. Fayllarni bir tizimdan boshqasiga ko„chirib o„tkazish oddiy va sodda ko„rinadigan bo„lsada, birinchi navbatda ba‟zi muammolarni hal qilish kerak. Masalan, ikkita tizim turli xil fayl nomlari tizimidan foydalanishi mumkin. Ikki tizimda matn va ma‟lumotlarni taqdim etishning turli xil usullari bo„lishi mumkin. Ikki tizim turli xil katalog tuzilmalariga ega bo„lishi mumkin. Ushbu muammolarning barchasi FTP tomonidan juda sodda va ishonchli yechim bilan hal qilindi. FTP mijoz-server arxitekturasida qurilgan va mijoz va server o„rtasida buyruqlar va ma‟lumotlarni uzatish uchun turli tarmoq ulanishlaridan foydalanadi. Bir ulanish ma‟lumot uzatish jarayoni uchun ishlatiladi, ikkinchisi boshqaruv ma‟lumotlari uchun (buyruqlar va javoblar). Buyruqlarni ajratish va ma‟lumotlarni uzatish FTP ni yanada samaraliroq qiladi.
    FTP TCP xizmatlaridan foydalanadi. FTP ikkita belgilangan TCP portlaridan foydalanadi: 21-port bu boshqaruv jarayoni uchun va 20-port ma‟lumot uzatish jarayoni uchun ishlatiladi. Unga ikkita TCP ulanishi kerak.
    12.1- rasmda FTP ning asosiy modeli ko„rsatilgan. FTP mijoz uchta kompo- nentdan iborat: foydalanuvchi interfeysi, boshqaruv jarayoni va ma‟lumotlarni uzatish jarayoni. FTP server ikkita komponentdan iborat: boshqaruv jarayoni va ma‟lumotlarni uzatish jarayoni. Boshqarish aloqalari boshqaruv jarayonlari o„rtasida amalga oshiriladi. Ma‟lumot uzatish aloqalari ma‟lumotlar uzatish jarayonlari o„rtasida amalga oshiriladi.

    Boshqarish aloqasi butun interfaol FTP seansi davomida ulanishda qoladi. Ma‟lumotlar ulanishi ochiladi va keyin har bir uzatilgan fayl uchun yopiladi. Har safar fayllarni uzatishni o„z ichiga olgan buyruqlar ishlatilganda ochiladi va fayl uzatilganda yopiladi. Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi FTP seansini boshlaganda, boshqaruv ulanishi (jarayoni) ochiladi. Boshqarish aloqasi ochiq bo„lsa ham, agar bir necha fayllar uzatilsa ma‟lumotlar ulanishi bir necha marta ochilishi va yopilishi mumkin.

    Foydalanuvchi
    12.1- rasm. FTP protokoli ishlashi
    Kompaniya tarmog„i administratori sifatida sizga tarmog„ingizda FTP xizmatini joriy qilish vazifasi qo„yildi. FTP serveri sifatida belgilangan marshrutizatorda FTP xizmatini amalga oshirishingiz kerak. Marshrutizator mijozlarga FTP ilovasi bilan TCP seansini muvaffaqiyatli o„rnatish va fayllarni ko„chirish imkonini berishi kerak.

    Download 126.9 Kb.
      1   2   3   4




    Download 126.9 Kb.