• Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar
  • 13-laboratoriya ishi mavzu: Piltalash mashinasining asosiy mexanizmlari. Laboratoriya ishining maqsadi




    Download 247,55 Kb.
    Sana29.01.2024
    Hajmi247,55 Kb.
    #147875
    Bog'liq
    Yigiruv Lab-19
    1-laboratoriya, LABORATORIYA IShI 4, 7-маъруза, 1-Mavzu. Korxona loyihalash fanining o’qitishdan maqsad va vazifalari., 1-MAVZU, 123, 1-амалий машгулот., Mustaqil ish betlik, мақола ишм 1 янгиси, Ozimizga maqola, макола 2.doc янгиси, 3- амалий машгулот., naftalin, 6-amaliy mashg\'ulot, 7-Mavzu TBT

    13-LABORATORIYA ISHI
    Mavzu: Piltalash mashinasining asosiy mexanizmlari.
    Laboratoriya ishining maqsadi:
    Piltalash mashinasining tuzilishi va ishlashini o’rganish, turli firma mashinalarining texnologik parametrlari bilan tanishish.
    Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: HSR-1000 piltalash mashinasi, piltalash mashinalarining animatsion modellari va texnik tavsiflari, kompyuter, proektor.

    Asosiy ma`lumotlar


    Piltalash mashinasini o’rganishda, asosiy ishchi organlarning vazifalari, ularga qo’yilgan talablar va mashinaning texnologik parametrlari tahlil qilinadi.
    O’qituvchi mashinani yurgazadi, talabalar uning ishlashini kuzatib, qo’shish va cho’ziсhning amalga oshirilishi, pilta shakllanishi, hamda tazga taxlanishi bilan tanishadi.

    75-rasm. HSR-1000 piltalash mashinasi
    1-tazlar; 2-pilta; 3-ta`minlovchi valik; 4-yuklovchi valik; 5-ta`minlash qurilmasi; 6-uzatuvchi valiklar; 7-yuklovchi valik; 8-zichlagich; 9-rostlagichning ta`minlash juftligi; 10-cho’ziсh asbobi; 11-zichlagich; 12-chiqaruvchi valiklar; 13-pilta taxlagichning ustki tarelkasi; 14-piltalangan piltali taz.
    Piltalash mashinasi ishchi organlariga harakat uzatilishini o’rganishda talabalar mashinani yurgaziсh va to’xtatish, shaylash parametrlarini korrektirovka qilish vazifalarini kompyuter dasturlari asosida boshqarishning afzalliklari bilan tanishadi. Mashinaning almashinuvchi elementlarini aniqlashadi.

    76-rasm. HSR-1000 piltalash mashinasining kinematik sxemasi
    Piltalash mashinasining ta`minlash qurilmasini o’rganishda uning konstruktsiyasi, ta`minlovchi mahsulot pakovkasi va tezligiga bog’liqligiga e`tibor qaratiladi, Shuningdek o’rganilayotgan ta`minlash usulning xizmat ko’rsatish uchun qulayligi tahlil qilinadi.


    1-stoyka;


    2-tasmali uzatma;
    3-ta`minlovchi valiklar;
    4- yuklovchi valiklar;
    5-taz;
    6-pilta;
    7- pilta yo’naltirgich



    77-rasm. HSR-1000 piltalash mashinasining ta`minlash qurilmasi
    Talabalar ta`minlash qurilmasiga o’rnatilgan pilta uzilishini sezuvchi datchiklarning ishlash printsiplari bilan tanishadi. Fotorelelarning ta`sir doirasi (sektori), mashina to’xtatilishining tipik holatlari, ta`minlanuvchi piltalar harakatini nazorat qilish imkoniyatlari tahlil etiladi.









    78-rasm. Piltalar harakati va uzilishi nazorati
    1-ta`minlash piltalari; 2-yo’naltiruvchilar; 3,4- fotorele; 5- nur uzatuvchi;
    6-nur qabul qiluvchi;

    a)

    b)

    79-rasm. Mashina to’xtatilishining tipik holatlari
    1- uzilgan pilta; 2,3-fotorelelar a) taz - ta`minlovchi valiklar zonasida piltaning uzilish holati; b) ta`minlovchi - yo’naltiruvchi valiklar zonasida piltaning uzilish holati
    Chiziqiy zichlikni avtomatik rostlagichlarni o’rganishda pilta uzatuvchi mexanizm va o’lchovchi zichlagichning ishlash printsipiga e`tibor qaratiladi.


    2.51-rasm. Pilta uzatish mexanizmi
    1-o’lchovchi zichlagich;
    2-uzatuvchi valiklar.


    80-rasm. Avtorostlagich sxemasi

    Talabalar ta`minlanuvchi mahsulot chiziqiy zichligidagi o’zgarishlarni qayd etish, ta`minlovchi silindrlar servomotori va chiqaruvchi silindr asosiy dvigateliga signal uzatish va uni qabul qilish, ta`minlanuvchi mahsulot chiziqiy zichligidagi o’zgarishlar asosida silindrlar tezligining ortishi va kamayishi hamda kichik va katta tezliklarda mashinaning ishlashi bilan tanishishadi.
    Cho’ziсh asbobini o’rganishda uning asosiy organlari (riflyali silindrlar, elastik valiklar, yuklash tizimi, yuklovchi sterjen, silindrlar stoykasi salazkasi) va ularga qo’yilgan talablar tahlil etiladi. Talabalar cho’ziсh asbobining parametrlari (umumiy va xususiy cho’ziсh miqdori, razvodka, silindr va valiklar aylanishlar soni) va ularni o’zgartirish imkoniyatlari bilan tanishishadi.
    Elastik valiklarni yuklash tizimida siqilgan havoni ishlatilishiga alohida e`tibor qaratilib, Ushbu tizimning afzalliklari tahlil etiladi.


    81-rasm. «43» cho’ziсh asbobining sxemasi
    1- silindrlar stoykasi salazkasi;
    2-riflyali silindrlar; 3- yuklovchi sterjen;
    4 –elastik valiklar


    82-rasm. Pnevmoyuklash tizimi
    1-yuklovchi shtok; 2- pnevmoporshen;
    3- siqilgan havo trubkasi

    Download 247,55 Kb.




    Download 247,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-laboratoriya ishi mavzu: Piltalash mashinasining asosiy mexanizmlari. Laboratoriya ishining maqsadi

    Download 247,55 Kb.