• Umumiy tushunchalar va nazariy asoslar
  • 14-mavzu. Nurlanish piromеtrlari




    Download 102.87 Kb.
    bet1/3
    Sana03.05.2023
    Hajmi102.87 Kb.
    #56182
      1   2   3
    Bog'liq
    14-mavzu. Nurlanish pirometrlari
    Allanov11, Karimqulov Sirojiddin, Мева сабзавотларни уй шароитида саклаш ва консервалаш, Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, DARS JARAYONLARINING BOSHLANISH TARTIRBI, Tojiboyeva Maxsus. fan. o\'qitish. met., , 6-mavzu akt, 453, A.Navoiy bayonnoma, 22-ma\'ruza. Modda miqdorini va sarfini o’lchash, Iroda kurs ishi ppt, 5-mavzu. Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi, 26 -ma\'ruza. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Gazoanalizatorlar
    14-mavzu. NURLANISH PIROMЕTRLARI.

    Reja:



    1. Umumiy tushunchalarva nazariy asoslar.

    2. Optik pirometrlar.

    3. Rangli pirometrlar.

    4. Radiatsion pirometrlar.

    5. Elektr, pnevmatik va normalovchi o’zgartkichlar.



    Tayanch iboralar: Pirometrlar, masofaga uzatish sistemalari, rangli pirometrlar, nokontakt o’lchash usuli, optik pirometrlaor, radiatsion pirometrlar, o’zgartkichlar, elektr o’zgartkichlar, pnevmatik o’zgartkichlar, normalovchi o’zgartkichlar, absolyut qora jism, Vin tenglamasi, Plank tenglamasi, Stefan-Boltsman tenglamasi.


    Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 7.


      1. Umumiy tushunchalar va nazariy asoslar

    Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizitilgan jismning issiqlik ta‘sirida nurlanishidan foydalanishga asoslangan. Haroratni boshqa usulari bilan o’lchashga asoslangan asboblarga nisbatan nurlanish pirometrlari quyidagi afzalliklarga ega:

        1. haroratni o’lchash nokontakt usulga asoslangan, shuning uchun asbobning o’zgartirgich unsurini o’lchanayotgan muhitga kiritishning hojati yo’q, demak buning natijasida hosil bo’ladigan harorat maydonidagi tebranish ham bo’lmaydi;

        2. harorat o’lchashning yuqori chegarasi nazariy jihatdan cheksiz;

    v) alanga va katta tezlikdagi gaz sig’imining baland haroratini o’lchash imkoniyati bor.
    Qizigan jismning issiqlik energiyasi turli uzunlikdagi to’lqinlar shaklida nurlanadi. Deyarli pastroq (masalan, 5000 С gacha) haroratlarda jism infraqizil nurlarni chiqaradi, harorat oshgan sari jism rangi to’q qizildan turli to’lqin uzunlikdagi oq rangga o’tadi, qizigan jismning harorati oshishi va rangi o’zgarishi bilan birga monoxromatik nurlanishning intensivligi ham tez oshadi, shu bilan birga jamlangan nurlanish ham kattalashib boradi. Qizigan jismlarning bu ikki xossasi haroratni o’lchashga imkon beradi. Shularga ko’ra pirometrlar ravshanlik (optik), rangli va radiatsion pirometrlarga bo’linadi.
    Plank tenglamasiga muvofiq mutloq qora jismning monoxromatik nurlanish intensivligi to’lqin uzunligi va haroratga bog’liq.


    Еоλ1λ-5С2/λТ-1)-1 (10.1)


    bu еrda Еоλ – λ uzunlikdagi to’lqin uchun mutloq qora jismning nurlanish intensivligi; С1 С2 – qiymatlari qabul qilingan birlik tizimiga bog’liq nurlanish doimiylari; T- jismning mutloq harorati (К); Е – natural logarifmlar asosi;

    λ –0,66 mkm bo’lganda λ*Т<0,002 m* grad, ya‘ni harorat 3000 K dan past bo’lsa, Plank tenglamasi o’rniga Vin tenglamasini yozish mumkin:




    Еоλ1λ-5еС2/λТ (10.2)

    Vin tenglamasi Plank tenglamasining ayrim variantidir. Plank va Vin tenglamalari optik pirometrlar yasalishining nazariy asosi mutloq qora jismning jamlangan nurlanishi Stefan-Boltsman tenglamasidan aniqlanadi:


    Т 4



    Е0 С0 100
    (10.3)

     


    bu еrda С0-mutloq qora jismning nurlanish doimiysi; T-nurlanuvchi sirtning K da berilgan mutloq harorati.
    Monoxromatik nurlanish intensivligi va integral nurlanish jismning fizikaviy xossalariga bog’liq bo’lgan uchun pirometrlar shkalasi mutloq qora jism nurlanishi bo’yicha darajalanadi. Demak, o’lchanayotgan (ravshanlik yoki radiatsion)

    haroratning haqiqiy harorat bilan muayyan nisbatda bo’lishi tabiiy. Haqiqiy haroratning qiymatini optik pirometr orqali topilgan tuyulma harorat qiymatidan hisoblab topish mumkin:




    Download 102.87 Kb.
      1   2   3




    Download 102.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-mavzu. Nurlanish piromеtrlari

    Download 102.87 Kb.