• Kompleks birikmalar.
  • 15-mavzu: Koordinatsion birikmalar haqida umumiy ma’lumot. Koordinatsion birikmalarning izomeriyalari reja




    Download 24.95 Kb.
    bet1/4
    Sana26.01.2024
    Hajmi24.95 Kb.
    #146315
      1   2   3   4
    Bog'liq
    28801 Малакавий амалиёт дастури (1-курс), 1-Amaliy mashg\'ulot, Altamira g, Korrupsiya, Stability of perovskite solar cells issues and, 3- ma’ruza, 4 mavzu, 2 mavzu., Rangtasvir 2-kurs 2022 , Rangtasvir 2-kurs 2023, 14, 11, 16782, Donorlik ro\'yxat

    15-mavzu: Koordinatsion birikmalar haqida umumiy ma’lumot. Koordinatsion birikmalarning izomeriyalari
    REJA:

    1. Kompleks birikmalar.

    2. Koordinatsion birikmalarni olish.

    3. Verner nazariyasi.

    4. Koordinatsion birikma hosil qiluvchilalar va liganlar.

    5. Koordinatsion birikma xillari.

    6. Koordinatsion birikmalar sinflari.

    Kompleks birikmalar. Kompleks birikma hatto eritmalarda ham mustaqilligini saqlab qolishga intiladi, ionlarga ham dissotsilanadi. Markaziy ionining musbat zaryadi uni qurshab turgan ligandlar manfiy zaryadlari yig‘indisidan ortiq bо‘lsa, bunday kompleks — kation komplyeks , markaziy ionning zaryadi uni qurshab turgan ligandlar zaryadlarining yig‘indisidan kichik bо‘lsa, anion komplyeks , markaziy ionning zaryadi bilan ligandlar zaryadlarining yig‘indisi orasidagi ayirma nolga teng bо‘lsa, nyeytral komplyeks deb ataladi. Kompleks birikmalar tabiatda kо‘p tarqalgan.
    Masalan, о‘simliklarning yashil qismida bо‘ladigan va fotosintezni amalga oshiradigan modda — xlorofill magniyning koordinatsion birikmasidir, tirik hujayralarni kislorod bilan ta’minlab turuvchi modda — qon gemoglobini temirning koordinatsion birikmasidir. Juda kо‘p minerallar, alyumosilikatlar koordinatsion birikmalardan iborat. Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun birikishalmashinish, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalaridan foydalaniladi. Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun birikish, almashinish, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalaridan foydalaniladi. Hosil qilingan koordinatsion birikmani reaksion aralashmadan ajratib olish ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun:
    1) erituvchini bug‘latib konsentrlangan reaksion aralashma hosil qilib, uni muz va tuz aralashmasi bilan sovutib yoki unga shu moddaning kichik kristallarini tashlab, koordinatsion birikmanikristallga о‘tkazishdan;
    2) reaksion aralashmaga koordinatsion birikmani eritmaydigan, lekin koordinatsion birikmaning hosil bо‘lishida ishtirok etgan erituvchi bilan yaxshi aralashadigan boshqa biror erituvchidan oz – oz qо‘sha borib chо‘ktirishdan ekstraksiya usulidan foydalaniladi. Ba’zi kompleks birikma juda tez hosil bо‘ladi.
    Masalan, CuSO4 eritmasiga NH4OH eritmasi qо‘shilishi bilanoq tо‘q kо‘k tusli kompleks [Cu (NH3)4] SO4 hosil bо‘ladi. Reaksion aralashmaga etil spirt qushib, bu koordinatsion birikmani kristall holida ajratib olish mumkin.
    Bu birikmada Cu2+ markaziy ion, NH3 molekulalari esa liganddir. Lekin ba’zan koordinatsion birikma hosil qilish uchun tajribani uzoq vaqt ma’lum sharoitda olib borishga tо‘g‘ri keladi. Ba’zan, bir koordinatsion birikma hosil qilish uchun avval shu elementning boshqa koordinatsion birikmasini olib, sо‘ngra u bilan tegishli reaksiyalarni о‘tkazish natijasida mо‘ljallangan birikma hosil qilinadi.
    Masalan, K3 [Rh (C2O4)3 ] tarkibli koordinatsion birikma olish uchun K2 [RnCl6] ning suvdagi eritmasini K2C2O4 eritmasi bilan 1000C da 2 soat qizdirishga tо‘g‘ri keladi.

    Download 24.95 Kb.
      1   2   3   4




    Download 24.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-mavzu: Koordinatsion birikmalar haqida umumiy ma’lumot. Koordinatsion birikmalarning izomeriyalari reja

    Download 24.95 Kb.