19-ma’ruza: Materiallar chiqindisi hamda defekt birliklar hisobi.
Ishlab chiqarish jarayoni materiallar chiqindisini yuzaga keltiradi, qaysiki ular
ishlab chiqarish natijasi bo‘lib yoroqli material hisoblanadi. Chiqindi ham me’yorda
bo‘lishi kerak. Ko‘p chiqindi chiqishi ham ishlab chiqarishning
samaradorligiga
ta’sir ko‘rsatadi, ishlab chiqarish texnologiyasining eskirganligidan dalolat beradi.
Material chiqindisi sifatida tan olinishi uchun ikkita tavsifga ega bo‘lishi
kerak:
Birinchidan, chiqindi materiallar biznesning normal operatsion jarayonida
foydalanib bo‘lmasligi.
Ikkinchidan, chiqindi materiallar bozor qiymatiga ega bo‘lishi kerak.
Chiqindi materiallar bilan qaytarilgan materiallarni farqlay bilish kerak.
Qaytarilgan materiallar bu foydalanilmagan xom-ashyo va materiallar bo‘lib, ularni
kelgusi ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladi. Chiqindi materiallar esa ishlab
chiqarish jarayonidan o‘tgan hamda uni kelgusi normal ishlab chiqarish
jarayonlarida xom-ashyo sifatida foydalanib bo‘lmaydigan, lekin iqtisodiy qiymatga
ega bo‘lgan mablag‘dir.
Chiqindilarni hisobga olishda uchta yondashuv mavjud:
1.Chiqindi material ajralib chiqqan maxsus
mahsulotning tannarxini
kamaytirishga olib borish;
2.Umumiy mahsulot tannarxining kamayishiga olib borish;
3.Chiqindi materiallarni sotilishini boshqa daromadlarga olib borish.
Chiqindi material ajralib chiqqan maxsus mahsulotning tannarxini
kamaytirishga olib borish. Ushbu yondashuvning bosh konsepti chiqindi
materiallarni aniq maxsus mahsulotning tannarxiga yoki
ishlab chiqarish faoliyati
tannarxiga olib borishga tayanadi. Bunda chiqindi materiallarni sotishdan tushgan
tushum to‘g‘ridan to‘g‘ri maxsus ishlar yoki jarayon markaziga olib boriladi.
Masalan, chiqindi materiallarni sotishdan tushgan tushum 2500 p.b. tashkil
etsa quyidagicha provodka beriladi:
Pul mablag‘lari (yoki olinadigan schetlar)...............2500 p.b.
Ishlab chiqarish jarayoni nazorati...........................2500 p.b.
Asos: JO-67584 ishni bajarish natijasida olingan chiqindi materiallar summasi
yozuvi uchun
Agarda dastavval chiqindi materiallar chiqindi zaxiralar schetiga kirim qilinib
so‘ngra uning chiqarilishi amalga oshirilsa quyidagi yozuvlar bilan amalga
oshiriladi:
Chiqindi materiallar omborga kirim qilinganda:
Chiqindi materiallar zaxirasi................................2.500 p.b.
Ishlab chiqarish jarayoni nazorati...........................2.500 p.b.
Asos: JO-67584 ishni bajarish natijasida olingan chiqindi materiallar kirimi
summasi yozuvi uchun
Chiqindi materiallar sotilishi natijasida pul kelib tushganda yoki keyinchalik
to‘lash sharti bilan sotilganda:
Pul mablag‘lari (yoki olinadigan schetlar).................2.500 p.b.
Chiqindi materiallar zaxirasi................................2.500 p.b.
Asos: Chiqindi materiallar sotuvi yozuvi uchun
Umumiy mahsulot tannarxining kamayishiga olib borish.
Ayrim hollada
chiqindi materiallar qiymatini maxsus mahsulotlarga yoki jarayon markazlariga olib
borish iqtisodiy mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda chiqindi materiallarni
sotishdan olingan daromadlar maqsulot tannarxini ustama ishlab chiqarish
xarajatlari schetiga olib borish orqali kamaytirish amalga oshiriladi.
Chiqindi materiallar zaxiralar schetiga olinmasdan
hisobdan chiqarilganda
to‘g‘ridan to‘g‘ri pul mablag‘lari scheti bilan ustama ishlab chiqarish xarajatlari
schetlari korrespondensiyalashadi.
Pul mablag‘lari (yoki olinadigan )scheti.......................2500
Ustama ishlab chiqarish xarajatlari scheti.....................2500
Asos: Chiqindi materiallarni sotishni maxsus mahsulotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri
bo‘lmagan holda identifikatsiyalash yozuvi
Agar zaxiralar scheti orqali o‘tkazilsa quyidagi ikkita yozuv amalga
oshiriladi:
Chiqindi materiallar schetiga kirim qilinganda:
Chiqindi materiallar scheti.................................2500
Ustama ishlab chiqarish xarajatlari scheti..............2500
Asos: Chiqindi materiallar kirim qilingan summaga
Chiqindi materiallarga pul kelib tushganda yoki keyinchalik to‘lash
sharti
bilan chiqindi materiallar sotilganda:
Pul mablag‘lari (yoki olinadigan schetlar)...........2500
Chiqindi materiallar scheti...............................2500
Asos: Chiqindi materiallar uchun pul kelib tushganda
Chiqindi materiallarni sotilishini boshqa daromadlarga olib borish. Ushbu
yondashuvda chiqindi materiallarni sotishdan olingan daromadlar mahsulot
tannarxini kamaytirishga olib borilmasdan boshqa daromad sifatida e’tirof etiladi. U
holda pul mablag‘lari scheti yoki olinadigan schetlar debetlanib boshqa daromadlar
scheti kreditlanadi. Ushbu jarayonni quyidagi yozuv orqali amalga oshirish mumkin:
Pul mablag‘lari (yoki olinadigan schetlar) 2500
Chiqindi materiallar sotilishi 2500
Asos: Chiqindi materiallar sotilishi yozuvi uchun
Chiqindi materiallarni sotishdan olingan daromad boshqa daromadlarga agar
uning miqdori katta bo‘lmagan hollarda olib boriladi.
Kompaniyalar mahsulotlar sifatini standartlarga muvofiqligini ta’minlash
maqsadida sifat nazoratini o‘rnatadilar. Sifat nazoratini o‘rnatishdan
maqsad
kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning standartlarga muvofiqligini
nazorat qilishdan iborat. Ishlab chiqarish jarayonida defekt birliklar yuzaga keladi.
Defekt birliklar bu sifat standart talablariga to‘liq yoki qisman javob beradigan
tovarlar hisoblanadi. Defekt birliklar yuzaga kelishiga asosiy sabablar me’yoriy
defekt chiqish miqdori (to‘g‘irlab bo‘lmaydigan) hamda
ishlab chiqarishni tashkil
qilish, texnika va texnologiyalarning holati va ishchilarning sovuqqonlik bilan
munosabati (to‘g‘irlasa bo‘ladigan) va boshqa holatlar hisoblanadi.
Standart talablariga javob bermaydigan birliklarning buxgalteriya hisobini
quyidagi misolda ko‘rib o‘tamiz:
1-misol. №8240 ish bo‘yicha defekt mahsulotlarga oid quyidagi ma’lumotlar
berilgan:
Ko‘rsatkichlar
Miqdor
Ishlab chiqarilgan birlik, birlikda
100
Defekt birlik, birlikda
10
Normal sotish bahosi, summada
50 p.b.
Mahsulot tannarxi:
To‘g‘ridan to‘g‘ri materiallar, summada
900 p.b.
To‘g‘ridan to‘g‘ri mehnat haqi, summada
600 p.b.
Ustama ishlab chiqarish xarajatlari, summada
1200 p.b.
Jami mahsulot tannarxi
2700 p.b.
Defekt birliklar normal
narxdan past narxga sotilishi, qayta ishlanishi yoki
normal mahsulot kabi sotilishi mumkin. Ularning tasarruf qilinishi ko‘p jihatdan
iqtisodiy holatga bog‘liq bo‘ladi. Defekt birliklarni iqtisodiy jihatdan qayta ishlash
mumkin bo‘lmagan holatlarda buxgalteriya hisobida
aks ettirish tartibi bilan
boshqaruv hisobi nuqtayi nazaridan tanishib chiqaylik.