II. Chizmachilik ta`limining maqsadi va vazifalari




Download 1.7 Mb.
bet251/434
Sana15.03.2017
Hajmi1.7 Mb.
#158
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   434
II. Chizmachilik ta`limining maqsadi va vazifalari

1. O`quvchilarda chizmalarni taxt qilish qoidalarini va chizma asboblaridan o`z o`rnida foydalanish malaka va ko`nikmasini hosil qilish.

2. Bolalarda ish o`rnini to`g`ri tashkil etish, intizom va ijtimoiy mulkni asrab-avaylash kabi fazilatlarni tarbiyalash.

3. Geometrik yasashlar, sirkul va lekalo yordamida bajariladigan egri chiziqlar bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish.

4. Proyeksiyalash usullarini o`rganish, murakkab bo`lmagan detallarning to`g`ri burchakli hamda aksonometrik proyeksiyalarini bajarish ko`nikmalariga ega bo`lish.

5. Chizmalar tarkibini tahlil qilish va o`qish malakalarini hosil qilish.

6. O`quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda grafik tafakkurini rivojlantirish.

7. Chizmalarda kesim, qirqim shartliliklar va soddalashtirishlardan foydalana olishga o`rgatish.

8. Kompyuter yordamida oddiy chizmalar yasash ko`nikmalarini shakllantirish.

9. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, yig`ish chizmalari bo`yicha umumiy tushunchalar berish.

10. Qurilish va sxema chizmalarining asoslari bilan tanishtirish.

11. Ma`lumotnoma adabiyotlardan foydalana bilishga o`rgatish.

Mazkur Davlat ta`lim standarti o`quvchilarga beriladigan bilim, ko`nikma va malakalarning me`yorini belgilaydi, chizmachilik oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarishni ta`minlash va nazorat qilishni amalga oshiradi.

O`quvchilarning grafik tayyorgarlik darajasiga qo`yilgan talablar majmuasini belgilab beradi.

«Chizmachilik» kursining mazmuni ilmiy fanlar «Chizma geometriya» va «Muhandislik grafikasi» bilan aniqlanadi.

Hozirgi zaman chizmalarini tayyorlash va o`qish uchun zarur bo`lgan bilimlardan kelib chiqib, umumiy o`rta ta`lim maktablarida grafik ta`limning mazmunini aniqlashda quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

1. Umumiy o`rta ta`lim maktablari chizmachilik kursining mazmuni didaktik prinsiplardan kelib chiqib, chizmalarni o`qish va bajarish bo`yicha standartlashtirilgan (fazoviy yechimlar uchun zarur bo`lgan chizma geometriyaning klassik metodlari bularning nazariy asosidir).

2. Grafik va amaliy ishlar mazmunini chizmalarini o`qishga hamda ta`lim jarayonida loyihalash masalalaridan foydalanilgan holda xalqaro standartlarda qabul qilingan shartli va simvolik belgilar bilan muvofiqlashtirishga yo`naltirish.

3. Maktab chizmachilik ta`limi mazmuniga ajratilgan tasvirlash metodiga tegishli chizmalarni tanlashda, materiallarni texnik va amaliy mohiyati, hayotda qo`llanish ko`lami kengligi hal qiluvchi rol o`ynashini e`tiborga olish.

Bunday tasvirlash metodi chizmachilikda asosiy hisoblangan to`g`ri burchakli proyeksiyalash (kompleks chizma) va aksanometrik proyeksiyalar metodidir. Bulardan tashqari, bolalarni tasvirlarni almashtirish, texnologik, arxitektura-qurilish va sxema-chizmalarning asoslari bilan tanishtirish.

4. Chizmachilik ta`limi mazmunini tuzishda politexnik ta`lim vazifalari, turdosh predmetlar va mehnat tayyorgarligi talablarini hisobga olish.

«Politexnik ta`lim» tushunchasini quyidagicha izohlash mumkin. O`quvchilarga faqat politexnik bilim va malakalar beradigan alohida o`quv predmeti yo`q. O`quvchi maktabdagi barcha ta`lim-tarbiya vositalari, ayniqsa, grafik ta`lim orqali politexnik ma`lumotga ega bo`ladi.

Ta`limdagi politexnik prinsip o`quvchilarni o`quv va mehnat faoliyati ob`ektlarining politexnik mazmuni hamda uning o`quvchi tomonidan ochib berilishi va o`quvchilarning qabul qilish tizimlarini ifodalaydi.

5. Grafik ta`lim mazmunida bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun O`zbekistonning mustaqillik davri prinsiplaridan biri bo`lgan ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-nazariy meroslaridan faxrlanish tuyg`ularini tarkib toptirishdan iborat.



Binobarin, fan va madaniyatning mumtoz namoyondalari qoldirgan ilmiy-nazariy meros bugungi va kelgusi avlod tafakkuri doirasini kengaytirishga bevosita yordam beradi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan asosiy prinsiplardan tashqari quyidagi shart-sharoitlarga:

  • hozirgi zamon fan va texnikasi, ishlab chiqarish taraqqiyoti vazifalari bilan uzviy bog`langan asosiy yo`nalishlarni o`zida aks ettiradigan bilimlar, ko`nikmalar va malakalar tizimi;

  • o`quv materiallari rivojlangan xorijiy mamlakatlar grafik ta`lim mazmuni tajribalariga mutanosibligi;

  • o`quv predmetni o`rganish uchun tanlangan mazmunning belgilangan vaqt doirasiga singishi;

  • grafik ta`lim mazmunining hozirgi va istiqboldagi maktablar moddiy-texnika hamda didaktik vosita imkoniyatlariga mos kelishiga amal qilinishi lozim.

Grafik ta`lim hajmining majburiy minimumi umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`quvchilarga berilishi zarur bo`lgan ta`lim mazmuni minimumini ifodalaydi. Maktab grafik ta`limi me`yorlarini belgilashda o`quvchilar texnikaviy garafikaning asoslaridan standart doirasida amaliy va nazariy ko`nikmalarga ega bo`lishlari nazarda tutiladi.



Download 1.7 Mb.
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   434




Download 1.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Chizmachilik ta`limining maqsadi va vazifalari

Download 1.7 Mb.