• Amaliy mashg‘ulotning nazariy qismi
  • 2- amaliy mashg‘ulot radiatsiyaviy avariyalar okibatini xisoblash mashg‘ulotning maqsadi




    Download 102.11 Kb.
    Sana08.11.2023
    Hajmi102.11 Kb.
    #95913
    Bog'liq
    4 амалий
    Bajardi Xasanov Asadbek Toshkent 2022 Graf tayanch daraxtini qu, Документ Microsoft Word (2), MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR FANIDAN TEST SAVOLLAR, Matuzov N, O’quv materiallari 1-mavzu, Rektifikatsiya Suyuqlik aralashmalarini tashkil etuvchi komponen-fayllar.org

    2- AMALIY MASHG‘ULOT
    RADIATSIYAVIY AVARIYALAR OKIBATINI XISOBLASH

    Mashg‘ulotning maqsadi: Radiatsion xavfli obyektlarda sodir bо‘lgan avariyalar oqibatida ma’lum bir hududlarda joylashgan aholi punktlari, iqtisodyot tarmoqlarida radiatsion ifloslanish zonalarini aniqlash oqibatlarini baholash.
    Amaliy mashg‘ulotning nazariy qismi
    Radiatsion vaziyatni baholash yadro qurolidan foydalanish oqibatlarini (AES avariyaviy xolatini) bashorat qilish natijalari va radiatsion razvedka ma’lumotlariga kо‘ra amalga oshiriladi.
    Radiatsion vaziyatni bashorat qilish, radiatsion ifloslanish zonalarining hajmini oldindan aniqlash va xaritada ushbu zonalarning eng yuqori ehtimoliy holatini aks ettirishdan iborat.
    Bashorat qilingan ifloslanish zonalarini xaratiga tushurishda xaritada portlash (avariya) markazi aylana chizilib doira yaqinida: yadro portlaganda - quvvat (ming tonna) va portlash turi (N - yer, V - havo, P - yer osti, VP - suv osti portlash), portlash vaqti va sanasi (soat, daqiqa va sana, oy); AESdagi avariyada - suratda yadro reaktori turi va uning quvvati, maxrajda esa - avariya vaqti va sanasi tushuntirish uchun yozib qо‘yiladi. Portlash (avariya) markazidan о‘rtacha shamol yо‘nalishi bо‘yicha taxmin qilingan iflaslanish zonasi bо‘yicha о‘q tortiladi, radveka ma’lumotlari asosida yoki oldindan tayyorlangan jadval asosida har bir ifloslanish kо‘rsatkich zonasining uzunligi va maksimal kengligi aniqlanadi va xaritada ellips shaklda chiziladi.
    Yadro portlashi uchun: ifloslanish zonasi, A- zona chegarasi kо‘k rangda, B- zonasi chegarasi yashil, V- zona chegarasi jigar, G- zona chegarasi qora rangda belgilanadi. (7.1- rasm)


    7.1 rasm Yadro portlashida taxmin qilinadigan ifloslanish zonalari chizmasi

    Atom elektr stansiyasidagi avariya hodisa uchun: aylana va tushuntirish yozuvi qora rangda va A -zona chegarasi kо‘k rangda, M- zona chegarasi qizil, B -zona chegarasi yashil, C- zona chegarasi jigar, D - zona chegarasi qora rangda belilanadi. (7.2- rasm)

    7.2 rasm Atom elektr stansiyasidagi avariyada taxmin qilingan
    ifloslanish zonalarini qо‘llash

    Dastlabki hisob-kitoblarni aniqlashtirish uchun dozimetrik о‘lchovlar о‘tkaziladi. Gamma nurlanishidan tashqari ifloslantiruvchi izotop tarkibi aniqlanadi. Barcha ma’lumotlar radiatsiya razvedkasi va kuzatish jurnalida qayd etiladi.


    7.1- jadval
    Radiatsiya razvedkasi va kuzatish jurnali

    № p/p

    Portlash vaqti va kuni

    Ulchov joyi ( sex, maydon)

    Ulchagan vaqt ( soat, min)

    Radiatsiya miqdori, R/ch

    Radiatsiya miqdori portlashdan keyin 1 soat utganch R/ch

    1.

    21.05. 14.00

    № 1
    № 2
    № 3

    16.00
    16.02
    16.07

    20
    16
    25

    46
    37
    57

    Izoh Grafiklarda chizilgan nurlanish sathlari radioaktiv ifloslanish zonalari chegaralarini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin.

    AESda sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan radiatsion vaziyatni bashorat qilish. obyektni loyihalash bosqichida amalga oshiriladi, Loyiha doirasidagi avariyalar loyiha avariyalari deb ataladi. Hisob-kitoblar shuni kо‘rsatadiki, AESlarda loyiha avariyalarida obyektdan 5 km uzoqlikdagi masofada joylashgan aholi punktida tashqi va ichki ta’sir qilish doza miqdori ruxsat etilgan dozasi chegarasidan past bо‘lishi kerak. (tashqi ta’sir 0,1 Zv).Agar bu kо‘rsatkich kо‘p bо‘lsa loyihadan tashqari deb ataladigan avariya sodir bо‘ladi.


    Maksimal avariyadagi ichki va tashqi nurlanish dozalari AESdan 3 km gacha eng xavfli bо‘lgan gamma nuridan nurlanishidir. 1 km masofada 12 Gr, 10 km masofada 1 Gr,100 km masofada 7 •10-3 Gr va undan uzoq masofalarda, radionuklid bulutlari parchalanishi va yerga tushishi natijasida gamma nuri dozasi miqdori oshadi 3 km masofada -0,1 Gr, 4 kmda -1 Gr, 6 kmda- 10 Gr, 10 kmda- 14Gr (maksimal), 40 kmda- 10 Gr, 100 km masofada 2,5 Gr.
    7.2-jadval
    Yadro reaktorlardagi avariyalarda radiatsiya xavfi

    Avariya turi




    Ifloslanish faolligi Bk

    Faollik ulishi

    Reaktor turi

    RBG

    Yod

    DJI

    Loyihaviy avariya

    VVER

    1,2 · 1017

    0,99

    0,001

    -

    RBMK

    6,3 · 1015

    0,99

    0,003

    -

    Loyihadan tashqari avariya

    VVER

    4,4 · 1019

    0,39

    0,53

    0,08

    RBMK

    4,9 · 1019

    0,73

    0,12

    0,16

    Izoh: RBG - radioaktiv (inert) gazlar, DJI- uzoq umr kо‘radigan izotoplardir..
    .
    Radiatsion vaziyatni baholashda foydalaniladigan asosiy dastlabki tushuncha "radiatsiya darajasi" tushunchasidir. Radioaktiv ifloslangan hududdagi nurlanish darajasi bu radionuklidlar aralashmasi yer yuzidan 1 m balandlikdagi havoni ionlashtiruvchi ta’siridir. Vaziyatni baholash uchun maqbul bо‘lgan aniqlik bilan radiatsiya darajasi sо‘rilgan dozaning tezligiga tenglashtiriladi.
    Fizikada aniqroq hisoblash uchun "kerma" tushunchasi ishlatiladi va kerma-doimiy deb ataladigan miqdor kiritilgan. Kerma tushunchasi sо‘rilgan doz tushunchasiga juda yaqin. Hudud bitta radionuklid manbalari bilan bir tekis ifloslanishi bilan, R radiusli ifloslangan doira markazidan h balandlikda kerma kuchini hisoblash mumkin.
    yoki Pt t n = Poton (7.1)
    bunda, Rt – portlash sodir bо‘lganidan keyin t vaqtda nurlanish darajasi; Ro – to vaqtgacha bо‘lgan radiatsiya darajasi; n - radionuklidlar parchalanish tezligini tavsiflovchi koeffitsent.
    Radiatsion ifloslangan zonada uzoq vaqt yashaydigan aholi uchun ichki nurlanish ta’siri katta rol о‘ynaydi. Shuning uchun xavflilik darajasini tavsiflovchi asosiy parametr sifatida ular radiatsiya darajasidan emas, balki radionuklidlar aktivligidan foydalaniladi.
    Aktivlik (R) - ma’lum bir vaqtda ma’lum bir energiya holatidagi har qanday miqdordagi radionuklid radioaktivligini о‘lchaydigan о‘lchov
    (7.2)
    dN-berilgan energiya ta’sirida о‘z-о‘zidan paydo bо‘ladigan yadro о‘zgarishlarining kutilayotgan soni; dt - vaqt oralig‘i.
    Xususan, hududning ifloslanish darajasi Bq/m2, Ki/m2, Ki/km2 va boshqalarda ifodalangan yuza aktivligi bilan tavsiflanadi, shuning uchun aktivligi birligini doza.quvvat birligiga aylantirish zarur bо‘ladi.
    7.1- formuladagi n- koeffitsentning qiymati radiatsion xavfli inshootda sodir bо‘lgan avariyada chiqadigan radionuklidlar tarkibiga bog‘liq. Bu esa - reaktor turiga, avariyaga qadar ishlash vaqtiga, ajralib chiqish xususiyatiga va boshqa omillarga bog‘liq bо‘ladi, shuning uchun n koeffitsentning qiymati oldindan ma’lum emas, ammo uni radiatsiya buluti yerga yomg‘ir bо‘lib tushgandan keyin radiatsiya nazorati ma’lumotlaridan aniqlash mumkin. (7.1)ifodadan quyidagi aniqlanadi.
    (7.3)
    bunda, RI/RII- bir xil nuqtada olingan birinchi va ikkinchi о‘lchovlardagi radiatsiya darajalarining nisbati, tII/tI- bu voqea sodir bо‘lgan paytdan boshlab hisoblangan ikkinchi va birinchi о‘lchovlar vaqtining nisbati.
    Voqea sodir bо‘lgan ma’lum vaqtdagi ikkita о‘lchov uchun n- koeffitsentning qiymatini (7.3) formuladan foydalanib hisoblash yо‘li bilan topish mumkin.
    Avariya noma’lum bо‘lgan vaqtida n- ni aniqlash- avariya paytida bir nechta turdagi radionuklid chiqishlari sodir bо‘lishi mumkin. (masalan, Chernobil AESidagi avariya paytida, bir necha kun oralig‘ida 20 dan ortiq radionuklid chiqqan), Hisoblash vaqtida biron vaqt orlig‘ida alohida radionuklid chiqishini yoki о‘rtachasini olish mumkin emas. Barcha radionuklid chiqishinining umumiy ta’sirini hisobga olish uchun bir nechta о‘lchovlar о‘tkazilishi kerak va ularning natijalariga kо‘ra о‘rtacha (umumiy) nurlanish darajasidagi parchalanish egri chizig‘ining parametrlari orqali aniqlanadi. Bunday vaziyatda quyidagi formuladan foydalaniladi.
    (7.4)
    bunda, I, II, III kо‘rsatkichlari mos ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi о‘lchovlarga tegishli. n-ni aniqlagandan sо‘ng, keyingi hisob-kitoblar uchun zarur bо‘lgan avariya vaqtini aniqlash mumkin bо‘ladi – vaqt hisoblashdan oldin shartli avariya markazidan, bir nechta radionuklid chiqishi olinadi.
    О‘tgan vaqtini aniqlash uchun avariyaning shartli vaqti va birinchi о‘lchov о‘rtasidagi vaqt oralig‘ini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.
    (7.5)
    bunda, t - о‘lchovlar orasidagi interval. Keyingi hisob-kitoblarga qulaylik yaratish uchun hisob-kitoblarning dastlabki bosqichida aniqlangan uchinchi qiymatdan foydalanish - R1 hisobi boshlangandan keyin bir soatga teng vaqt davomida nurlanish darajasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir,
    (7.6)
    Talabalar amaliy mashg‘ulotni о‘zlashtirish uchun masalalar
    1-misol: Radiatsion xavfli obyektlarda avariyadan keyin vaziyatni baholash uchun 11-00, 11-30 va 12-00 da о‘lchangada nurlanish darajasi 1,5 Gr/soat, 1,35 Gr/soat, va 1,24 Gr/soat bо‘lganligi aniqlangan.
    Yechish: n- koeffitsent va avariyaning shartli vaqtini aniqlash lozim,
    1) t о‘lchovlar oralig‘i doimiy va 30 daqiqaga teng, ya’ni n- ni hisoblash uchun (7.4) formuladan foydalanishimiz mumkin:
    = 0,45
    2) Birinchi о‘lchov bilan avariyaning shartli vaqti о‘rtasidagi vaqt oralig‘i (7.5) formula bо‘yicha aniqlanadi:

    Shuning uchun, bu holda hisoblash vaqti 1100 - 2 = 900 soat bо‘ladi.
    Voqea sodir bо‘lganidan keyin bir soat keyin radiatsiya darajasi, ya’ni. soat 1000 da = 1,5 20,45 = 2,05 Gr/ch teng bо‘ladi:
    2-misol: Agar n = 0,6 bо‘lsa va 35 soatdan keyin о‘lchangan daraja 0,03 Gr/saot bо‘lsa, avariya sodir bо‘lganidan 1 soat keyin nurlanish darajasini aniqlang
    Yechish: (7.6) formuladan foydalanib,
    = (35/1)0,6 =0,25 Gr/ch.
    Xaritada ifloslanish zonalarini tuzish va vaziyatni baholashda qulaylik bо‘lishi uchun nurlanish darajasini ma’lum bir vaqtda aniqlash (Masalan 1 soat о‘tgach, 2, 3 va hokazo soatlar) va quyidagi formula bilan ifodalash maqsadga muvofiq.
    (7.7)
    3-misol. Agar 10 soatda 0,40 Gr/soatga teng bо‘lsa va n = 0,7 ga teng bо‘lsa, avariya sodir bо‘lganidan 100 soat о‘tgancha radiatsiya darajasini aniqlang,
    Yechish: (7.7 ) formuladan foydalanib
    P100 = (10•100)0,7/ P10 =0,08 Gr/ch.
    Ifloslangan joyda qolgan paytida olingan nurlanish dozalarini aniqlash.
    Belgilangan meyorlarga muvofiq radiatsiya darajasi sо‘rilgan dozaga teng doza deb qobul qiladi. va quyidagi formula bilan ifodadanadi.
    (7.8)
    4-misol. Avariya sodir bо‘lganidan keyin 3 soat utgach radiatsiya darajasi 0,035 Gr/soatni tashkil qiladi, koeffitsent n=0,3. Agar qutqaruvchilar 5 soatdan keyin ish boshlashsa va avariyadan 10 soat о‘tgach tugatishsa, nurlanish dozasini aniqlang.
    Birinchidan, voqea sodir bо‘lganidan keyin 5 va 10 soat о‘tgach radiatsiya darajasini aniqlaymiz:
    R5 = 0,035 · (3/5)0,3 = 0,0296 ~ 0,03 Gr/ch
    R10 = 0,035 · (3/10)0,3 = 0,0243 ~ 0,025 Gr/ch
    (7.8) formula asosida D =(0,025 · 10 - 0,03 · 5)/(1-0,3) = 0,143 Gr
    5-misol. 12.30, 13.00 va 13.30 da о‘lchangan radiatsiya darajasi mos ravishda 0,20 Gr/s, 0,18 Gr/s va 0,165 Gr/s ni tashkil qiladi. Kosl = 100 bilan radiatsiyaga qarshi boshpana bо‘lgan odamlar avariyadan keyin 70 soatdan 100 soatgacha bо‘lgan vaqt davomida olishlari mumkin bо‘lgan nurlanish dozasini aniqlang:
    (7.4) formula bо‘yicha n- koeffitsentni aniqlang:
    = 0,5
    (7.5) formula orqali avariya vaqtini aniqlaymiz:

    (7.7) formula orqali R70 i R100 aniqlaymiz
    R70 = 0,20 (2/70)0,5=0,0343 Gr/ch
    R100 = 0,20 (2/100)0,5 = 0,0286 Gr/ch
    (7.8) formula orqali doza miqdlorini aniqlaymiz
    D = (0,0286 · 100 - 0,0343 · 70) = 0,399/50 = 0,00798 Gr
    Radioaktiv ifloslanish zonasida bо‘lgan odamlar uchun ruxsat etilgan vaqtni aniqlash quyidagi formula bilan aniqlanadi.
    (7.9)
    bunda, gde Rvx - radiatsii miqdori tvx vaqtda.
    Ifloslanish zonasida bо‘lgan vaqti
    6-misol. Voqea sodir bо‘lganidan keyin 1 soat davomida ish joyidagi radiatsiya darajasi R1 = 0,0645 Gr/soat. Quyidagi shartlar bо‘yicha ruxsat etilgan ish vaqtini aniqlang:
    - n koeffitsent,= 0,5
    - doza susayish koeffitsenti Kosl = 1,
    - avariyadan 10 soat о‘tgach ish boshlanishi,
    - belgilangan nurlanish dozasi 0,10 Gr.
    Voqea sodir bо‘lganidan keyin 10 soat davomida n= 0,5 darajasida radiatsiya darajasi, ya’ni. ishni boshlash vaqtida:
    R10 = 0,0645 (1/10)0,5 = 0,02 Gr.
    (7.9) formulaga asosan: tvix =10 ((0,5 · 10)/(0,02 · 10)+1)0,5 = 15,6 ch.
    Ish muddati: T = tvix - tvx = 15,6 - 10 = 5,6 ch.
    Radiatsion vaziyatni hisoblash muammolarini hal qilishda radiatsiya darajasi odatda portlashdan keyin 1 soat davomida beriladi. Bunday holda, ikkita variantdan foydalaniladi: portlash vaqti ma’lum bо‘lganda va noma’lum bо‘lganda.
    Portlash vaqti ma’lum bо‘lganida, radiatsiya darajasi (Pt) qsyidagi formulada orqali aniqlanadi.
    Pt= to/Kt (7.10)
    bunda, to=1 soat.ahamiyatli koeffitsi­yent, Kt- portlashdan keyin har xil vaqtlar (t) uchun nurlanish darajasini qayta hisoblash koeffitsi­yenti,

    7.3.jadval



    t, ch

    Kt

    t, ch

    Kt

    t, ch

    Kt

    0,5
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8

    2,3
    1
    0,435
    0,267
    0,189
    0,145
    0,116
    0,097
    0,082

    9
    10
    11
    12
    13
    14
    15
    16
    17

    0,072
    0,063
    0,056
    0,051
    0.046
    0,042
    0,039
    0,036
    0,033

    18
    20
    22
    24
    26
    28
    32
    36
    48

    0,031
    0,027
    0,024
    0,022
    0,020
    0,018
    0,015
    0,013
    0,01

    Yadro portlashidan keyingi radiatsion vaziyatni aniqdash vazifalar


    7- misol. soat 11: 20m da obyekt hududida radiatsiya darajasi 5,3 R/ soatni tashkil etdi. Agar yadroviy zarba 8 soat 20 daqiqada berilgan bо‘lsa, portlashdan keyin 1 soat davomida radiatsiya darajasini aniqlang.
    Yechish 1. Radiatsiya darajasini о‘lchash vaqti va yadroviy portlash vaqti о‘rtasidagi farqni aniqlang. Bu 3 soatga teng.
    2. 7.3-jadvalga muvofiq. portlashdan 3 soat о‘tgach radiatsiya darajasini qayta hisoblash uchun 1 koeffitsent Kz = 0.267.
    3. (7.1)- formulasi bilan yadro portlashidan keyin 1 soat davomida nurlanish darajasini aniqlaymiz Rt = t0 / Kz = 5.Z/0.267 = 19.8 R/soat,
    Razvedka bilan aniqlanmagan portlash vaqtini radiatsiya darajasi pasayish tezligi (7.1) formula asosida aniqlash mumkin. Buning uchun obyekt hududidagi bir nuqtada nurlanish darajasi ikki marta о‘lchanadi va о‘lchov ma’lumotlarga asoslanib, oldindan tuzilgan jadval asosida portlash vaqti aniqlanadi.
    8-misol. Razvedka aloqasi joylashgan hududda nurlanish darajasi 10 soat 30 min R1 = 50 R/soat, 11 soat 30 min R2 = 30 R/ soat da о‘lchandi. Portlash vaqtini aniqlang.
    Yechish: 1. О‘lchovlar oralig‘i 1 soat.
    2. Jadval bо‘yicha R2/R1 = 30/50 == 0.6 va 60 minut vaqt oralig‘idagi nurlanish darajalarining nisbati uchun. biz portlash paytidan ikkinchi о‘lchovgacha bо‘lgan vaqtni topamiz. Bu 3 soatga teng, shuning uchun portlash soat 08: 30da sodir bо‘lgan.
    9- misol. Ishchilar portlashdan 2 soat о‘tgach, bir qavatli sanoat binosida joylashgan himoya inshootidan sexga yetib kelishdi. Portlashdan 1 soat о‘tgach, obyekt hududidagi radiatsiya darajasi R1 = 200 R/soatni tashkil etdi. Agar ish 4 soat davom etsa, sexda ishchilar oladigan nurlanish dozasini aniqlang.
    Yechish 1. Rt = to//Kt formulasi bо‘yicha va 1jadval., biz portlashdan keyin 2 va 6 soatdan keyin radiatsiya darajasini aniqlaymiz.
    P2 = t1 x K2 = 200 x 0.435 = 87 R/soat; P6 = 200 x 0.116 = 23.6 R/soat.
    10- misol. Razvedka guruhi radiatsion ifloslangan maydonini kesib о‘tishi kerak. Ma’lumki, marshrutdagi portlashdan keyin 1 soat davomida radiatsiya darajasi: № 1 nuqtada - 40 R/soat, № 2 - 90 R/soat, № 3 - 160 R/soat, № 4 - 100 R/soat., № 5-50 R/soat. Masofa- 15 km, avtomobildagi xarakat (Kosl=2) tezligi 30 km /soat., ifloslangan maydonini kesib о‘tishi vaqtida nurlanish doza 6 R oshmasligi lozim. Ifloslangan maydonini kesib о‘tishini boshlash uchun ruxsat etigan vaqtni aniqlang.
    Yechish: 1. Radiatsiyaning о‘rtacha darajasini aniqlang
    2. G = 0,5 soat davomida (15/30) ifloslangan maydon bо‘ylab harakatlanish davomiyligi bilan razvedka guruhi xodimlari nurlanishning ta’sir dozasini oladi. D = Rsr-T/Kosl = 88x 0.5/2 = 22R.
    3. Radiatsiya darajasini qayta hisoblash koeffitsenti portlashdan keyin vaqt о‘tishi bilan radiatsiya darajasining о‘zgarishi, nurlanishning ta’sir qilish dozasi о‘zgarishiga mutanosibdir. Shuning uchun razvedka guruhi xodimlari Kt = 6/22 = 0,27 bо‘lganda 6R nurlanish ta’sir dozasini olishadi.
    Kt=0,27 koeffitseti (7.1-jadval) portlashdan keyin о‘tgan vaqtga tо‘g‘ri keladi - 3 soat . Shunday qilib, razvedka guruhi xodimlari portlashdan keyin 3 soat о‘tganda keyin 0,5 soat kesib о‘tishlari kerak. Binobarin, portlashdan keyin 2 soat 45 minutdan 3 soat 15 minutgacha bо‘lgan davrda ifloslanish zonasini tо‘liq kesib о‘tadi.

    Talabalar mustaqil bajarish uchun vazifalar:


    1).amaliy mashg‘ulot nomi, maqsadi va nazariy qismini о‘rganib, uni konspekt qilish;
    2).talabar mustaqil yechishiuchun masalalar;
    1-misol: Radiatsion xavfli obyektlarda avariyadan keyin vaziyatni baholash uchun 12-00, 12-30 va 13-00 da о‘lchangada nurlanish darajasi 2 Gr/soat, 4 Gr/soat, va 6 Gr/soat bо‘lganligi aniqlangan.
    2-misol: Agar n = 0,9 bо‘lsa va 40 soatdan keyin о‘lchangan daraja 0,05 Gr/saot bо‘lsa, avariya sodir bо‘lganidan 1 soat keyin nurlanish darajasini aniqlang
    3-misol. Agar 10 soatda 0,60 Gr/soatga teng bо‘lsa va n = 0,9 ga teng bо‘lsa, avariya sodir bо‘lganidan 90 soat о‘tgancha radiatsiya darajasini aniqlang,
    4-misol. Avariya sodir bо‘lganidan keyin 5 soat utgach radiatsiya darajasi 0,015 Gr/soatni tashkil qiladi, koeffitsent n = 0,9. Agar qutqaruvchilar 3 soatdan keyin ish boshlashsa va avariyadan 8 soat о‘tgach ishni tugatishsa, unda nurlanish dozasini aniqlang.
    5-misol. 12.30, 13.00 va 13.30 da о‘lchangan radiatsiya darajasi mos ravishda 2 Gr/s, 3 Gr/s va 4 Gr/s ni tashkil qiladi. Kosl = 100 bilan radiatsiyaga qarshi boshpana bо‘lgan odamlar avariyadan keyin 60 soatdan 80 soatgacha bо‘lgan vaqt davomida olishlari mumkin bо‘lgan nurlanish dozasini aniqlang:
    6-misol. Voqea sodir bо‘lganidan keyin 1 soat davomida ish joyidagi radiatsiya darajasi R1 = 0,06 Gr/soat. Quyidagi shartlarda ruxsat etilgan ish vaqtini aniqlang:
    - n koeffitsent,= 0,9; - doza susayish koeffitsenti Kosl = 1,
    - avariyadan 8 soat о‘tgach ish boshlanishi,
    - belgilangan nurlanish dozasi 0,15 Gr.
    7- misol. soat 11.20 m da obyekt hududida radiatsiya darajasi 10 R/ soatni tashkil etdi. Agar yadroviy zarba 10 soat 20 daqiqada berilgan bо‘lsa, portlashdan keyin 1 soat davomida radiatsiya darajasini aniqlang.
    8-misol. Razvedka aloqasi joylashgan hududda nurlanish darajasi 12 soat 30 min R1 = 40 R/soat, 11 soat 30 min R2 = 15 R/ soat da о‘lchandi. Portlash vaqtini aniqlang.
    9-misol. Ishchilar portlashdan 2 soat о‘tgach, bir qavatli sanoat binosida joylashgan himoya inshootidan sexga yetib kelishdi. Portlashdan 1 soat о‘tgach, obyekt hududidagi radiatsiya darajasi R1 = 100 R/soatni tashkil etdi. Agar ish 7 soat davom etsa, sexda ishchilar oladigan nurlanish dozasini aniqlang.
    10-misol. Razvedka guruhi radiatsion ifloslangan maydonini kesib о‘tishi kerak. Ma’lumki, marshrutdagi portlashdan keyin 1 soat davomida radiatsiya darajasi: № 1 nuqtada - 30 R/soat, № 2 - 40 R/soat, № 3 - 50 R/soat, № 4 - 60 R/soat., № 5-70 R/soat. Masofa uzunligi- 15 km, avtomobildagi xarakat (Kosl=2) tezligi 30 km /soat., ifloslangan maydonini kesib о‘tishi vaqtida nurlanish doza 5 R oshmasligi lozim. Ifloslangan maydonini kesib о‘tishini boshlash uchun ruxsat etigan vaqtni aniqlang.
    3). quyida kо‘rsatilgan savollarga javob tayyorlash va konspekt daftarga qayd etish;
    1. Radioaktiv avariyalar kо‘lami va darajasi qanday omillarga bog‘liq?
    2. Radioaktiv ifloslanish joylarida qanady zararlini nurlar tarqalishi mumkin?
    3. Radiatsion vaziyatni baholash qanday amalga oshiriladi?
    4. Radiatsion vaziyatni bashoratlash qanday amalga oshiriladi?
    5. Radiatsion ifloslanish zonasini baholash uchun qanday tartibda xaratada belgilanadi?
    6. Dozimetrik nazorat nima maqsadda amalga oshiriladi?
    4).amaliy mashg‘ulotni bajarish bо‘yicha xulosa tayyorlash va fan о‘qituvchisiga hisobatni tapshirish.

    Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati


    1. . Основы защиты населения и территорий в чрезвычайных ситуациях. - Издательство Московского государственного университета. 1998.
    2. Мальцев В.А. Методики оценки обстановки на промышленных предприятиях при ЧС учебно - меодическое пособие. М. 1993.
    3. B.M. Xolbayev O.D Raximov N.I Maxmatqulov. Hayot faoliyati xavfsizligi” darslik. 2-qism.– Qar MII- 2020, 326 bet,
    4. Radiatsiya xavfsizligi standartlari (NRB-2006) va radiatsiya xavfsizligini ta’minlashning asosiy sanitariya qoidalari (OSPORB-2006) 2006 yil 5-yanvar yil. № 0193-06
    Download 102.11 Kb.




    Download 102.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2- amaliy mashg‘ulot radiatsiyaviy avariyalar okibatini xisoblash mashg‘ulotning maqsadi

    Download 102.11 Kb.