7
2-
dars
. AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Informatika fanining asosiy ashyosi
axborot
ekan, demak, uni
yanada
mukammal
o‘rganishimiz hamda “Axborot nima?”, “Inson
axborotni qanday qabul qiladi?”, “Axborotning qanday turlari
mavjud?”, “Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?”
degan savollarga javob topishimiz zarur.
AXBOROTNI QABUL QILISH USULLARI
Olimlarning fikriga
ko‘ra, insoniyat 40 ming yildan ziyod vaqtdan beri hayot kechirib,
shu vaqt davomida doimiy ravishda sezgi organlari
orqali atrof-muhitdan turli
ma’lumotlarni qabul qilib kelgan.
Jamiyat paydo bo‘lgandan keyin esa odamlar muloqot jarayonida axborot almashinib,
uni saqlashga urinishgan.
Axborot saqlashning eng qadimiy usullari haqida arxeologlar tomonidan topilgan
rasm,
belgilar, qadimgi qo‘lyozmalar orqali bilish mumkin.
Inson axborotni qabul qilishda uning sezgi organlari (retseptorlar) muhim rol o‘ynaydi.
Ular, asosan, quyidagilardan iborat:
•
ko‘rish
orqali atrof-muhitni, ranglarni va obrazlarni qabul qiladi;
•
eshitish
orqali tovush, musiqa, ovoz kabi axborotni qabul qiladi;
•
hid sezish
, burun retseptorlari yordamida turli hidlarni ajrata oladi;
•
ta’m bilish
, til retseptorlari yordamida achchiq, chuchuk, sho‘r yoki
nordon
narsalarni ajrata oladi;
•
his etish
, teri retseptorlari yordamida issiqni sovuqdan, yumshoqni qattiq
narsadan ajrata oladi. Barcha retseptorlar orqali olingan axborot inson
miyasida saqlanib qoladi.
I BOB.
KOMPYUTER SAVODXONLIGI
8
Axborot — bu inson sezgi organlari
orqali atrof-muhitdan olingan turli
ma’lumotlar.
Kim yoki nima haqidagi ma’lumotlar ham
axborot hisoblanadi.
BUNI BILASIZMI?
Inson axborotning:
90 % ini
— ko‘rish,
9 % ini
— eshitish,
1 % ini
— his qilish, ta’m va hid bilish
orqali qabul qilar ekan.
Analog (uzluksiz) axborot:
Tovush, nur, kamalak ranglari, tabiat
manzarasi, havo harorati, vaqt, rasm.
Bunday axborotlar uzluksiz axborotlarga
misol
bo‘la oladi.
Axborotning turlari:
Diskret (uzlukli) axborot
:
Olingan axborot turli foto, musiqa,
film, video orqali ifoda etiladi. Bunday
axborotlar uzlukli axborot hisoblanadi.
•
• bilim;
• radio va video;
• internet sayti;
• mobil ilova.
Hozirgi davrda axborotni qabul qilish,
to‘plash
uzatishning quyidagi usul va manbalari mavjud:
xabar;
•
gazeta va jurnal;
Ular orasidan aniq va
to‘g‘ri ma’lumotlarni topish uchun axborot
sifati tushunchasini bilish zarur.
Agar axborot:
aniq, tushunarli, ishonchli, dolzarb, foydali
kabi sifatlarga ega
bo‘lmasa, unga qimmatli vaqt va kuchingizni sarflashdan nima foyda?
Eng muhimi, milliy tarbiyamizga, tafakkurimizga, milliy
g‘oyamizga zid axborotdan
saqlanishdir.
ESLAB QOLING!
9
Axborotli jarayonlar
Biz yashab turgan olamni endi televizor, smartfon, internet, kompyuterlarsiz tasavvur
etish qiyin. Axir olimlar XXI asrni axborot texnologiyalari asri, deb bejiz aytishmagan.
Chunki bu texnologiyalar jamiyatimizdagi asosiy masalalarni yechishda muhim
ahamiyat kasb etadi va bu jarayonga axborotli jarayon deyiladi.
O‘tgan yuz yillikdan farqli ravishda, hozirgi kunda axborot ustida katta tezlikda izlash,
to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish, nusxa olish, bloklash, uni maxfiylashtirish,
chop etish kabi amallarni bajarish mumkin. Albatta, bunday amallar kompyuterda
qayta
ishlanadi, raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi va maxsus formatlarda saqlanadi.
BUNI BILASIZMI?
Insondan farqli, kompyuterlar axborotni bir necha milliard barobar tezlikda va aniqlikda
qayta ishlay oladi.
Masalan: 3 752 sonini 6 901 ga
ko‘paytirish amaliga inson 1
minut vaqtini
sarflasa, zamonaviy telefon protsessori bu amalni sekundiga 100 milliard marta
tez bajarishi mumkin.
Demak, kompyuterlar inson kabi matn, rasm, tovush, musiqa ko‘rinishidagi axborotlarni
tez
va aniq bajarar ekan, ularni boshqa kompyuterga uzatish yoki qayta ishlash uchun
qo‘shimcha texnik vositalar va kompyuter dasturlari kerak bo‘ladi. Ular qisqacha
Axborot texnologiyalari
deb ataladi.