|
2-amaliy Mavzu: Modellashtirish tushunchasi. Masalalarning matematik modellarini qurish
|
bet | 1/3 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 63,97 Kb. | | #269979 |
Bog'liq 2-amaliy. matematik model 2-amaliy Mavzu: Modellashtirish tushunchasi. Masalalarning matematik modellarini qurish.
Matematik modellar ko`p davrlardan buyon ishlatilmoqda. Matematik model deganda bu masalaning asosiy shartlari va maqsadining matematik formulalar yordamidagi tasviriga aytiladi.
Insoniyat tarixida modellashtirish bilish usuli sifatida ongli yoki intuitiv ravishdaa qo’llanilb kelingan. Modellashtirish xaqida o’rgatish o’rta asrlarda paydo bo’lgan. Bunda Leonardo da Vinchining (1452-1519) xizmatlari katta bo’lgan.
Matematik modellashni pisand etmagan o’ziga ishongan Britan Admiralligi lordlari muxandis Rid tomonidan kema muvozanatini tadqiq qilish uchin tuzilgan matematik model natijaalariga etibor bermasdan, o’sha davrda eng qudratli bo’ladi deb “Kepten” nomli xarbiy kema qurdiradi. Rid modeliga ko’ra ozgina shamol yoki to’lqin kemani to’ntarib qo’yishi mumkin edi. Xaqiqatdan ham kema qurilib, suvga tushirilganda birinchi sinovdayoq shidatli bo’ron uni ag’darib qo’ygan va 523 ta dengizcini xalok bo’lishiga olib kelgan.
Boshqarish tizimlarini matematik modellashtirishda Moiseevni ishlari taniqli
bo’lgan.
Boshqarish nazariyasi usullari qo’llaniladigan ko’p fan sohalariga xarakterli bo’lgan evalyutsion jarayon “almashish” modellashtirishda ham o’z aksini topadi. Shunga ko’ra matematik modellarning “avlodlar almashinishi” jarayoni haqida ham fikrlar yuritilmoqda. Hozirda matematik modellashtirishni 3- avlodi qo’llanila boshladi.
avlodi. Real ob’ekt ustida fenomenologik kuzatishlarni matematik yozilishi. Bularni xarakterli tomoni: sodda tavsif, chiziqli ifodalar, kichik o’lcham (bir yoki ikki o’zgaruvchi). Tahlil usuli analitik yechim olish yoki grafik usul.
avlodi. Ob’ektga tizimli yondashuv, tizimli model qurish. Bularni xarakterli tomoni: murakkab tavsif, chiziqsiz ifodalar, katta o’lcham (bir necha o’nlab
o’zgaruvchilar). Tahlil usulida analitik yechim olish yoki grafik usul ojizlik qiladi, bunda xisoblash tadqiqotlari o’tkaziladi. Sof matematik apparat mantiqiy-semantik elementlar bilan to’ldiriladi.
avlodi. Kompyuterli modellashtirish. Ular virtual dunyo modellaridir. Virtual modellashtirish uch o’lchamli dunyoni kompyuter vositalari yordamida ko’rsatish. Bunda qayta ishlanadigan va aks ettiradigan axborot xajmi keskin oshadi(masalan, ko’rsatiladigan “detallar” bir necha mingga etadi).
|
| |