2. Ekstraksion fosfor kislota olishning digidratli usuli. Fosfor kislotasini termik usul bilan olish




Download 0.65 Mb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#74860
  1   2   3
Bog'liq
2. Ekstraksion fosfor kislota olishning digidratli usuli. Fosfor
8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy
Mavzu: Ekstraksion fosfor kislotasini ftordan tozalash muammosi qanday hal qilinishi



REJA:
1. Ekstrаksiоn fоsfоr kislоtаsi olishning fizik-kimyoviy asoslari va ishlab chiqarish usullari.

2. Ekstraksion fosfor kislota olishning digidratli usuli.
3. Fosfor kislotasini termik usul bilan olish

Termik usul bilan fosfor kislotasi olishdan farqli o‘laroq tabiiy fosfatlarning sulfat kislotali parchalanishi bo‘yicha boradigan reaksiya:


Сa5(РО4)3F + 5Н2SO4 + 5pН2О = 5СaSО4*pН2О + 3Н3РО4 + НF
va keyingi bosqichda suyuq fazadan sulfatli cho‘kmani ajratib olishga asoslangan usul - ekstraksiya yoki xoʻl usul deyiladi. Bunda olingan mahsulot ekstraksion fosfor kislota (EFK) deb yuritiladi. Bu keng tarqalgan fosfor kislota olish usuli mineral o‘g‘itlar, ozuqali va texnik fosfatlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Sulfat kislotali ekstraksiyalash jarayonini amalga oshirishning asosiy sharti fosfor kislotadan kalsiy sulfatning yetarli darajada yirik bo‘lgan, oson ajraladigan va yaxshi yuviladigan kristallarini ajratib olishdan iboratdir. Bunga jarayonning ayrim bosqichlari uchun jihozlarni oqilona tanlash va ekstraksiyalashda belgilangan texnologik tartibni, ya’ni talab etiladigan (gips, yarimgidrat yoki angidrid) shakldagi kalsiy sulfatning cho‘ktirilishini va belgilangan konsentratsiyadagi mahsulot sifatidagi fosfat kislota olishni ta’minlovchi konsentratsiyali, haroratli va boshqa parametrlarni ushlab turish orqali erishiladi.
Ekstraksiyalash jarayonida kalsiy sulfatning fosfor kislotadagi harakatchan suspenziyasini olish, uni aralashtirish va tashish mumkin bo‘lishi lozimdir. Tabiiy fosfatni konsentrlangan sulfat kislota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashtirilganda fazalarga ajralishga amalda imkon bermaydigan quyuq suspenziya hosil bo‘ladi. Uning harakatchanligini ta’minlash uchun, «aylanma» kislota deb ataluvchi - mahsulot sifatidagi fosfor kislotaning bir qismi bilan fosfat kislotadan ajratib olingan fosfatli cho‘kma (fosfogips)ni suvda yuvishda hosil bo‘ladigan eritmaning aralashmasini retsirkulyasiyasi hisobiga suyuq va qattiq fazalarning massa nisbati (S:Q) 2:1 dan 3,5:1 oraligʻida ushlab turiladi.
Retsirkulyasiya bilan bog‘liq holda fosfatli xomashyodan o‘tadigan qo‘shimchalarning eritmalarda to‘planishi ekstraksiya jarayoni uchun o‘ziga xosdir. Qo‘shimchalar konsentratsiyasi xomashyo tarkibidan ham, suyuq, gaz va qattiq fazalar orasida taqsimlanadigan tegishli komponentlar tarkibidan ham aniqlanadi. Ishlab chiqarish eritmalarida ishqoriy metall kationlari, magniy, alyuminiy, temir kationlar va SO42-, F-, SiF62- anionlar qo‘shimchalarining mavjud bo‘lishi sulfatli cho‘kma va mahsulot kislotasining xossasini yetarli darajada o‘zgartiradi.
Ekstraksiyalash jarayonining haroratli va konsentratsiyali parametrlarini tanlash uchun kalsiy sulfat turli modifikatsiyalarining mavjud bo‘lish chegaralari va ularning fosfat kislotali eritmalarda bir-biriga aylanish tezligi haqidagi ma’lumotlar asos bo‘ladi; bu ma’lumotlar toza eritmalar uchun yuqorida qo‘rsatib o‘tilgan edi. Ammo ekstraksion fosfor kislotaning real eritmalarida gips, kalsiy sulfat yarimgidrati va angidriti kristallanish sohalarining aniq chegaralari va ayniqsa sodir bo‘ladigan fazali bir-biriga aylanish tezliklari yetarli darajada o‘zgaradi. Masalan, tarkibida 10-25% P2O5 bo‘lgan fosfor kislotaning toza eritmalarida, 80°C da yarimgidratning katta qismi sistemaning birinchi kristallanuvchi fazasi hisoblanadi va 1-5 soat mobaynida gipsga aylanadi. Temir fosfatlari, kremnezem kabi qo‘shimchalar bu jarayonni sezilarli darajada kuchaytiradi. Hosil bo‘lgan gips tarkibida 10% dan kam P2O5, tutgan eritmalarda bir necha oy va 25% P2O5 tutgan eritmalarda bir necha kun mobaynida metastabil (stabil faza ~ angidrit) shaklda mavjud bo‘la oladi. Ekstraksiyalash sharoitiga mos holda, suyuq faza suspeziyasi tarkibida 25-30% P2O5 harorat 70-80°C va massaning reaktorda turish vaqti 5-8 soat bo‘lganda ajratiladigan cho‘kma stabil angidrit emas, balki metastabil digidrat shaklda namoyon bo‘ladi.
Fosfatli xomashyo, sulfat va aylanma fosfat kislota me’yorlashtiruvchi qurilmalar va nasoslar yordamida ekstraktorning birinchi bo‘linmasiga uzatiladi. Dastlabki aralashmada fosfor kislota ham bo‘lganligi sababli:
Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 + 5H2O = 5Ca(H2PO4)2·H2O + HF
tenglama bilan ifodalanuvchi reaksiya ham sodir bo‘lishi mumkin.
Hosil bo‘ladigan monokalsiyfosfat sulfat kislota bilan qayta ishlanib, kalsiy sulfat kristallantiriladi. Ekstraktorning birinchi bo‘linmasiga, shuningdek, oxirgi yoki undan oldingi bo‘linmadan suspenziyaning birtalay qismi qaytariladi - bu esa to‘yinishning kamayishini va kalsiy sulfatning kristallanish sharoiti yaxshilanishini ta’minlaydi. Ekstraktorning gazli bo‘shlig‘idan xomashyoni parchalanishi natijasida ajraladigan ftorli gazlar absorbsion sistemaga surib olinadi, u yerda H2SiF6 ning suvli eritmasi bilan tutib qolinadi.
Ekstraktorning oxirgi bo‘linmasidan kalsiy sulfatning fosfor kislotali suspenziyasidagi suyuq va qattai fazalarni ajratish uchun filtrlashga yuboriladi. Fosfogipsni suspenziya massa suyuq fazasidan ajratish natijasida - asosiy filtrat, fosfogipsni suv bilan yuvish natijasida esa - yuvindi filtrat hosil qilinadi. Asosiy filtratning bir qismi tayyor mahsulot sifatida chiqariladi, qolgan qismi esa yuvindi filtrat bilan aralashtiriladi va aylanadigan eritma tarzida ekstraktorga qaytariladi. Yuvish soniga bog‘liq holda turli konsentratsiyadagi bir necha filtratlar hosil bo‘ladi. Yuvish soni bo‘yicha filtrlash sxemasi nomlanadi, masalan uch-, toʻrt filtratli va x.o.
Fosfogipsning ajratilishi va yuvilishi barabanli lentali, aylanuvchi konveyer-qayiqli (karuselli) va boshqa vakuum-filtrlarda amalga oshiriladi. Filtrlarga quyiladigan asosiy talab bu fosfat kislotadan cho‘kmani yaxshi yuvib olishni ta’minlashdir.

Download 0.65 Mb.
  1   2   3




Download 0.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Ekstraksion fosfor kislota olishning digidratli usuli. Fosfor kislotasini termik usul bilan olish

Download 0.65 Mb.