EKSTRAKSION FOSFOR KISLOTA OLISHNING DIGIDRATLI USULI




Download 0.65 Mb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#74860
1   2   3
Bog'liq
2. Ekstraksion fosfor kislota olishning digidratli usuli. Fosfor
8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

EKSTRAKSION FOSFOR KISLOTA OLISHNING DIGIDRATLI USULI


Jahon amaliyotida (shu bilan birgalikda bizning mamlakatimizda ham) ekstraksion fosfor kislota ishlab chiqarish nisbatan sodda va ishonchli bo‘lganligi sababli ko‘pchilik hollarda digidratli usulda asoslangan. Oʻzbekistondagi «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi (Olmaliq) va Samarqand kimyo zavodi texnologik sistemasi har bir navbatining yillik loyiha quvvati 136 ming t/ P2O5 ga teng. Bu ishlab chiqarish korxonalarida Qoratog‘ va Qizilqum fosforitlaridan ekstraksiya fosfor kislota va undan ammmofos olinar edi, bugungi kunda Qizilqum fosforitidan ishlatish muammolari hal qilinmoqda.
Shunday quvvat bilan EFK ishlab chiqarishda temir-betonli korpus bilan niqoblangan to‘rt burchakli o‘n seksiyali ekstraktor (ishchi hajmi 740 m3) yoki ikki bankali (biridan ikkinchisiga suyuqlik o‘z-o‘zicha oqib tushuvchi va bir-biriga bog‘langan ikki silindrik reaktor), aktiv filtrlash sirt yuzasi 80 m2 (umumiy sirt yuzasi - 100 m2) bo‘lgan qayiqli karusel vakuum-filtr va qo‘shimcha jihozlar majmuasidan iborat texnologik tizimdan foydalaniladi. Ekstraktorlarining hajmi 1500 m3 dan katta va filtr sirt yuzasi 135 m2 bo‘lgan kuchli sistemalar ham ishlatiladi. Ekstraksiya tizimini bundanda kattalashtirish g‘oyalari ham mavjuddir.
4.2 - rasmda apatit konsentratidan fosfor kislota (28-32% P2O5) ishlab chiqarishning prinsipial sxemasi tasvirlangan (shunga o‘xshash sxema bo‘yicha Qoratog‘ fosforitidan 20-22% P2O5 konsentratsiyali kislota olinadi). Fosfatning parchalanishi ~900 m3 hajmli ekstraktorda (to‘ldirilish koeffitsenti 0,8) amalga oshiriladi. Ekstraktor EI-35 markadagi xromnikelmolibdenli po‘lat (yoki kislotabardosh materiallar bilan himoyalangan St.3) dan tayyorlangan ikkita (diametri 13 m, balandligi 5,3 m bo‘lgan) silindrik reaktordan tarkib topgan. Har bir reaktorga bitta markaziy propellerli (yo‘naltiruvchi apparatning kuraklarini burab quvvati o‘zgartiriladigan gidravlik trubinali) va sakkizta trubinali aralashtirgichlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Birinchi reaktorga bunker 1 dan og‘irlik o‘lchov me’yorlashtirgich 2 orqali uzluksiz sur’atda apatit konsentrati kiritiladi. Xuddi shu yerga muntazam ravishda barometrik yig‘gich 16 dan botirma nasoslar yordamida aylanma fosfat kislotasi, vakuum-bug‘latgichli qurilmadan keladigan sirkulyasiyali suspenziya [sirkulyasiyaning qaytarilishi (8-12):1 nisbatda bo‘ladi va sulfat kislota yuboriladi (sulfat kislotaning bir qismi yoki to‘la ikkinchi reaktorga ham berilishi mumkin).

4.3.- rasm. Digidrat usulda ekstraksya fosfor kislota ishlab chiqarish sxemasi
1 -fosfatli xomashyo uchun bunker; 2 - og‘irlik o‘lchovchi me’yorlagichi; 3 - ikki bankali ekstraktor; 4 - sulfat kislota yig‘gich; 5- botirma nasoslar; 6 - sulfat kislota me’yorlagich; 7- sirkulyasiyali botirma nasos; 8 - bug‘latgich; 9 - tomchi ushlagich; 10 - kondensator; 11 - barbotajli netrallagich; 12 - karusel vakuum-filtrning tarnovlari; 13 - separatorlar, 14 - filtrlash to‘qima regeneratsiya qilishda hosil bo‘luvchi suspenziyaning yig‘uvchi; 15, 16, 17 - birinchi (asosiy) filtrat uchun (15), aylanma fosfat kislota uchun (10), yuvindi filtrat uchun (17) barometrik yig‘gichlar.
Ekstraktordagi suspenziyaning suyuq va qattiq fazalari nisbati, ya’ni S:Q = (1,7-2,5):1 da ushlab turiladi. Suspeziya birinchi reaktordan ikkinchisiga oqib tushadi, u yerdan uning asosiy qismi kuchli botirma nasoslar 7 (quvvati 600 m/s bo‘lgan ikkita nasos) yordamida vakuum-bug‘latgich 8 ga beriladi. Vakuum-bug‘latgich rezervuardan iborat bo‘lib, u yerda vakuum-nasos yordamida pastaytirilgan bosim ushlab turiladi. Shu tufayli unga tushadigan suyuqlik goʻyoki qizdirilgandagi kabi qaynaydi, natijada esa undan ma’lum miqdordagi suv bug‘lanadi. Bu esa haroratning 3-5°C ga kamayishiga olib keladi (haroratning keskin kamayishi mumkin emas). Vakuum-bug‘latgichdan chiqadigan gazlar tomchi ushlagich 9 orqali ustki kondensator 10 ga o‘tkaziladi, u yerda suv bug‘i kondensatsiyalanadi va ftor birikmalarining ma’lum bir qismi ushlab qolinadi.
Gazlarni ftordan tozalashning oxirgi bosqichi barbotaj neytrallagich 11 da amalga oshiriladi.
Mahsulot sifatidagi suspenziya qayiqli karusel filtrga kelib tushadi. U yerda uch filtratli sxema bo‘yicha gips ajratiladi va yuviladi. Aktiv sirt yuzasi 80 m2 bo‘lgan filtr kattaligi: uzunasi - 3,27 m, ichki eni - 0,97 m, tashki - 1,92 m, chuqurligi - 0,2 m bo‘lgan t qayiqdan iborat. Filtrlovchi material sifatida fosfor kislotaga chidamli bo‘lgan - lavsanli va boshqa sintetik to‘qimalar ishlatiladi.
Gaz-suyuqlikli aralashma separator (13)larda ajratiladi, ularda vakuum-nasoslar yordami bilan 65-85 kPa li vakuum sharoiti ushlab turiladi. Birinchi filtrat F1 tayyor mahsulot yig‘gichi 15 ga yuboriladi, uning bir qismi aylanma kislotaning barometrik yig‘gichi 16 ga quyilish orqali o‘tadi. U yerga, shuningdek cho‘kmani uchinchi filtrat F3 bilan yuvishdan hosil bo‘lgan ikkinchi filtrat F2 ham tushadi. Filtrat F3 - suspenziya cho‘kmasining filtrli toʻqimani regeneratsiyalash (yigʻgich 14)dan olingan eritma va qaynoq (60-70°C) toza suv bilan yuvilishi natijasida hosil bo‘ladi (yiggich 17). Yuvilgan gips qayiqdan chiqindixonaga, agarda suspenziya shaklida chiqarilsa yig‘gichga yoki «quruk» holda chiqarilsa transportyor lentasiga uzatiladi. Filtratlardagi P2O5 miqdori - boshlang‘ich xomashyo sifatida apatit konsentrati ishlatilganda: F1 da - 28-32%, F2 da - 22 - 25%, F3 da esa - 5-10%; fosforit flotokonsentrati ishlatilganda esa: F1 da 21 - 22%, F2 da - 14-15%, F3 da esa - 5-7% bo‘ladi.
Ekstraksiya uchun 93% li sulfat kislota ishlatish afzaldir. Bunda texnologik jarayondagi suv balansi yaxshilanadi - gipsning yuvilishini ko‘p miqdordagi suv bilan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Natijada chiqindixonaga chiqariluvchi fosfogips bilan yo‘qotiladigan fosfor kislota va zararsizlantirish lozim bo‘lgan oqava suvlar miqdori kamayadi.
Kislota konsentratsiyasining oshirilishi olinadigan fosfor kislotadagi P2O5 miqdorini o‘zgartirmaydi, uning konsentratsiyasi yuqorida ta’kidlanganidek, gips kristallanishining optimal sharoiti orqali oldindan belgilanadi. Yanada kattaroq konsentratsiyali sulfat kislota ishlatilganda issiqlik ajralishi (suyultirish issiqligini ortishi hisobiga) keskin ortadi, ammo uni esa sistemadan ajratib olish talab etiladi.
Digidratli usulda fosfat kislota olishda fosfat xomashyosi tarkibidagi barcha ftorning (asosan SiF4 tarzida) 3-5% igina gazli faza bilan ajraladi (~80%i mahsulot kislotasiga, 15-17% i esa fosfogipsga o‘tadi). sovutish usuli va ventilyatorning uzatishga bog‘liq holda ekstraktordan ajratib olinadigan gaz tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi, ftor hisobida 0,2-2,5 g/m ni tashkil etadi. Ekstraksiya sexida o‘rnatilgan absorbsiya sistemalari, asosan, chiqindi gazlarini tozalash uchun mo‘ljallangan, bunda hosil bo‘ladigan H2SiF6 ning kuchsiz eritmalari neytrallash stansiyalariga yuboriladi yoki fosfogipsni yuvish uchun ishlatiladi.
Tabiiy fosfatlardan ekstraksiya fosfor kislota ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari analitik ma’lumotlar bo‘yicha aniqlanadi: P2O5 ning texnologik unumi (Kchiqim %), ya’ni P2O5 ning xomashyodan fosfat kislotaga o‘tish darajasi apatitni qayta ishlashda - 95-96% ni va turli fosforitlar uchun - 71-94% ni tashkil qiladi. U P2O5 ning eritmaga o‘tish koeffitsenti (Koʻtish) dan 2-3% ga kichikdir. Buni fosfogipsni fosfor kislotadan yuvilishining to‘la bo‘lmasligi bilan izohlanadi: yuvilish koeffitsienti (Kyuvilish %) odatda 97-99% ni tashkil etadi. Vaholanki:
Kchiqim= Ko‘tish Kyuvilish / 100 teng.
Ekstraksiyalashning digidratli usulida kislotaga P2O5 ning mahsulotli (xoʻjalik) unumi 93-95% ni tashkil etadi, shunga mos ravishda 1 t P2O5, li mahsulotga 2,73-2,65 t apatit (1075-1045 kg P2O5) va 2,48-2,45 t sulfat kislota (CaO ni bog‘lash uchun stexiometrik me’yordagi) ya’ni 1 t apatitga 0,915 t 100% li sulfat kislota sarflanadi. Fosforitlarni qayta ishlashdagi sarf koeffitsentlari apatitlarni qayta ishlashdagiga nisbatan: fosfat bo‘yicha 1,5-2,3 marta; fosfat tarkibidagi P2O5 bo‘yicha 1,02-1,27 marta; sulfat kislota bo‘yicha 1,2-1,7 marta kattaroqdir. Xomashyo xarajatlari ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 70-80% ni tashkil etadi.
Apatitdan digidratli usulda olinadigan ekstraksion fosfat kislota tarkibida: 25-32% P2O5;1,8-2,8% SO3; 0,1-0,4% CaO; 0,3-0,4% Al2O3; 0,3-0,5% Fe2O3; 1,7-2% F bo‘ladi.

Download 0.65 Mb.
1   2   3




Download 0.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



EKSTRAKSION FOSFOR KISLOTA OLISHNING DIGIDRATLI USULI

Download 0.65 Mb.