|
Donni tozalash va frakstiyalarga ajratish uchun qo‘llaniladigan separatorlar
|
bet | 1/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #106747 |
Bog'liq Fazliddin hisobot
Mundarija
Kirish ......................................................................................................3
Korxona tarixi......................................................................................................4
Korxona elivatorining texnalogik tavsifi......................................................................................................8
Tegirmonning don tozalash bo’limi..................................................................................................12
Donni tozalash va frakstiyalarga ajratish uchun qo‘llaniladigan separatorlar
Un tortish bo’limining texnalogik tavsifi...................................................................................................13
Don massasini saqlash davridagi fiziologik va biologik jarayonlar. Don va don mahsulotlarini saqlash tizimi.
Non mahsulotlari ishlab chiqarish va saqlash...................................................................................................20
Xulosa..........................................................................................................33
Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................................34
Don massasini saqlash davridagi fiziologik va biologik jarayonlar. Don va don mahsulotlarini saqlash tizimi. Non mahsulotlari ishlab chiqarish va saqlash.
Don massasini saqlash davrida donning o‘zi hamda don tarkibidagi turli hil tirik komponentlar (mikroorganizmlar, zararkunandalar va boshqalar) ma’lum sharoitda modda almashinuvi jarayonlarini o‘tishi natijasida (havo almashinish, nafas olish) mikroorganizm hamda zararkunandalarning oziqlanishi va ko‘payishi sodir bo‘ladi. Bunday aktiv jarayonlarning o‘tishi faqatgina don tarkibidagi quruq modda miqdorining kamayishiga ta’sir etibgina qolmay, balki uning barcha sifat ko‘rsatkichlarini pasayishiga olib keladi.
Saqlash davrida donning nafas olishi uning yashash faoliyatining muhim jarayonlaridan bo‘lib, tarkibida organik moddalarning oksidlanishi va hayot faoliyatiga zarur energiyaning ajralib chiqishi uchun hujayra va to‘qimalarning kisloroddan foydalanishini ta’minlaydigan jarayonlar yig‘indisi hisoblanadi.
Don tarkibida bo‘lgan jamg‘arma organik moddalarning distillyastiya bo‘lishi orqali energiya olib turishi natijasida tirik holda saqlanadi. Bu jarayon asosan don tarkibidagi uglevodlarning distillyastiya bo‘lishi natijasida amalga oshadi.
Don massasini saqlashni tashkil yetishda uning barcha sifat ko‘rsatkichlarini to‘liq saqlash uchun imkoni boricha donning nafas olish jarayonini susaytirishga erishmoq kerak. Buning uchun saqlashga tayyorlangan donlar barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Davlat standarti talabida bo‘lishi zarur. Don massasini saqlash davrida nafas olish jarayoni natijasida don va don massasida bo‘ladigan dissimilyastiya jarayoni quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi: don tarkibidagi quruq modda miqdori kamayadi, donning gigroskopik namligi oshishi hisobiga don oralig‘idagi havoning nisbiy namligi ko‘payadi, issiqlik miqdori oshadi. Kislorod kamayib, korbonad angidrid miqdori ko‘payadi.
Donning nafas olish tezligiga uning namligi, harorati va havo almashinish darajasi kabi omillar, shu bilan birga uning biologik hususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Havoning namligi qancha yuqori bo‘lsa uning nafas olish tezligi shuncha tezlashadi. Nafas olishda quruq moddaning yo‘qotilishi namligi yuqori bo‘lgan donda bir xil haroratda bug‘doyda 4-8, sulida 2-5, makkajo‘xorida 8,5-17 marta ko‘p bo‘lishi aniqlangan. Donning namligi 14-15% dan oshgandan so‘nggina, uning nafas olishi tezlashadi.
Donning nafas olishi uning haroratiga ham bog‘liq. Harorat 50-55°C ga yetguncha nafas olish tezligi oshib boradi. Undan yuqori haroratda don tarkibidagi oqsil denaturastiyasi boshlanadi va fermentlar aktivligini yo‘qotadi, natijada don nobud bo‘ladi. Donning sovutilishi bilan uning nafas olishi sekinlashadi va 0°C da butunlay to‘xtaydi. Donni sovutib saqlashda ushbu xususiyatga asoslanadi. Donning nafas olish jarayoniga uning botanik hususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Murtagi katta bo‘lgan donlarning (makkajo‘xori va boshqalar) nafas olish tezligi katta bo‘ladi. Yumshoq bug‘doyning nafas olishi qattiq bug‘doynikiga qaraganda tez bo‘ladi.
Don massasini saqlash texnologiyasi buzilgan holatlarda, ayniqsa uning namligi va iflosligi yuqori bo‘lgan taqdirda unda o‘z-o‘zidyoni boshlanadi. Bunda harorat 55-60°C gacha ayrim hollarda 70-75°C gacha ko‘tarilishi mumkin.
Don massasining o‘z-o‘zidan qizishi asosida uning nafas olish jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik va issiqlikni yomon o‘tkazishi kabi fiziologik xossalari yotadi.
Don massasining o‘z-o‘zidan qizishi murakkab jarayon bo‘lib, unda don massasining hamma tarkibiy qismi ishtirok etadi. Bu jarayon tufayli donning kimyoviy tarkibi, urug‘lik va texnologik qimmati yuqori harorat va mikroorganizmlar ta’sirida ancha o‘zgaradi. O‘z-o‘zidan qizish jarayonining boshlanishi uchun qulay harorat 24-25°С hisoblanadi. Ushbu harorat mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun ham qulay hisoblanadi. Bu bir necha bosqichdan iborat:
Birinchi bosqichda don jadal nafas oladi. Harorat sekinlik bilan 25-30°С gacha ko‘tariladi. Unda donda deyarli o‘zgarish sezilmaydi. Mikroorganizmlar soni birmuncha oshadi. Namligi yuqori bo‘lgan don massasida mog‘or hidi paydo bo‘ladi. Unuvchanligi kamayadi.
Ikkinchi bosqichda harorat 40°C gacha ko‘tariladi. Don yuzasida nam paydo bo‘ladi, uning to‘kiluvchanligi kamayadi, achitqi mahsulotlari paydo bo‘ladi, bu esa yoqimsiz hid paydo qiladi.
Uchinchi bosqichda harorat 40 dan 50°C gacha ko‘tariladi. Bunda yoqimsiz qo‘lansa hid paydo bo‘ladi. Donning to‘kiluvchanligi sezilarli darajada pasayadi va uning rangi qizg‘ish qoramtir tus oladi. Urug‘lik donlarning unuvchanligi yo‘qoladi.
To‘rtinchi yakunlovchi bosqichda harorat 70-75°C gacha, hatto 90°C gacha ko‘tariladi. Bunda don massasi butunlay nobud bo‘ladi. Don ko‘mirga aylanib, qora rangga kiradi va butunlay yaroqsiz xolga kiradi.
O‘z-o‘zidan qizish natijasida don tarkibida murakkab o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Uglevod, oqsil va yog‘lar majmuasida o‘zgarishlar bo‘lib, natijada donning oziq-ovqatlik, texnologik, yem-xashaklik va boshqa foydali xususiyatlari keskin pasayadi.
Amalda o‘z-o‘zidan qizish jarayonining turlari boshlanish joyiga qarab farq qiladi. Uyali, yuqoridan, pastdan, vertikal qavatli va butunlay o‘z-o‘zidan qizish bo‘lishi mumkin.
Don massasining yuqoridan qizishi kuz va bahor fasllarida ko‘p uchraydi. Yilning ushbu davrida havoning nisbiy namligi odatda yuqori bo‘ladi va don massasining yuqoridagi qismi (30-150 sm) havo namligini singdirib oladi. Natijada don massasining yuqorigi qismining namligi ortadi, nafas olish tezlashadi.
Don massasini pastdan o‘z-o‘zidan qizishi xo‘l va nam donlarda ro‘y beradi. Namligi yuqori bo‘lgan donning nafas olishi birmuncha jadallashadi. Ayniqsa donning pastki qismi juda tez qiziy boshlaydi. Don massasi pastdan qiziy boshlaganda unib ketishi va bosilib zich bo‘lib qolishi kuzatiladi.
Donning vertikal qavatli o‘z-o‘zidan qizishi don sovitilib elevator siloslarining va omborlarning devorlari quyosh nuri yoki issiq havo ta’sirida qiziganda yuzaga kelishi mumkin.
Donning o‘z-o‘zidan saralanishi natijasida begona aralashmalar va donli aralashmalar ombor devorlariga yaqin joyda to‘planib, fiziologik aktiv qavat hosil qiladi va natijada qavatli o‘z-o‘zidan qizishni keltirib chiqaradi.
Donni saqlash davrida pishib yetilishi. Yig‘ishtirib keltirilgan donning texnologik va urug‘lik sifatlari to‘liq shakllanmagan holatda bo‘ladi. Yig‘ishtirish paytida don to‘liq fiziologik pishmagan bo‘ladi. Donni yig‘ishtirilgandan so‘ng ro‘y beradigan, uning texnologik va urug‘lik xususiyatlarini kuchaytiradigan jarayonlar majmuasiga donning pishib yetilishi deyiladi. Donni pishib yetilishini ta’minlaydigan tadbirlardan asosiysi uni quritishdir. Harorati 20°C dan yuqori bo‘lgan quruq havo yordamida aktiv ventilyatsiya o‘tkazish samarali vosita hisoblanadi. Masalan, bug‘doy donini 45°C da quritish eng yaxshi natija beradi.
Don urug‘ining ko‘karishi. Don va urug‘ning ko‘karishi ularni omborlarda saqlash davrida alohida donlarda yoki ma’lum qism donlarda kuzatiladi. Saqlash davrida donning ko‘karishi saqlash texnologiyasining buzilganligini bildiradi.
Saqlash texnologiyasiga qat’iy rioya qilgan holda donni ko‘karishini oldini olish mumkin. Donni namligi muntazam ravishda omborning belgilangan joylarida kuzatib borilishi, donli aralashmalar miqdorining don partiyasida aniqlanishi ko‘karishni dastlabki davrlarda aniqlash imkonini beradi va uni oldini olish tadbirlari ko‘rishni taqazo etadi.
Donni qayta ishlab un va yorma olingandan keyin un himoya qobig‘idan ajraladi va tashqi muhit ta’siriga juda sezuvchan bo‘lib qoladi bilan birga unda oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ham bo‘ladi.
Un va asosan, yormalar qoplarda saqlanadi. Yormani saqlashda uning namligini oshirmaslik va zararkunandalardan himoya qilish muhimdir.
Mamlakatimizda don, urug‘lik don xo‘jaliklarda, sanoat korxonalari omborlarida saqlanadi. Donni sifatli saqlash juda muhim ishlardan biri hisoblanadi. Donni saqlash texnologiyasining buzilishi uning sifatini pasayishiga va nobudgarchilikka sabab bo‘ladi.
Don yetishtirishda uni saqlash yakunlovchi bosqich bo‘lib, saqlash ob’ekti sifatida don va don massasiga fizik, kimyoviy va biologik omillarning ta’sirini o‘rganish muhimdir.
Don massasini saqlashdagi qonuniyatlarni chuqur bilish uning ilmiy asoslangan tadbirlar sistemasini yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilishga, mahsulotning miqdor va sifat jihatdan saqlanishiga imkon yaratadi.
G‘alla ekinlarining donini qayta ishlab, iste’mol uchun kerakli ozuqa tayyorlash ko‘p asrlar davomida qo‘llanib kelingan.
Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiy etishi natijasida donni qayta ishlashning ko‘pgina zamonaviy usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, dondan turli xil navdagi un va yormalar tayyorlanmoqda.
Un donni maydalab olingan ozuqa mahsuloti bo‘lib, u donning turiga hamda sifat ko‘rsatkichlariga qarab turlicha bo‘ladi. Donlar o‘z tuzilishining mustahkamligi bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Shu sababdan don massasini qayta ishlash jarayonida har qaysi don turiga qarab uni maydalashda texnologik jarayonlarga katta e’tibor berish talab etiladi. Bir xil don hatto anatomik tuzilishiga va kimyoviy tarkibiga qarab turlicha mahsulot berishi mumkin. Donni maydalangandan keyin olingan tayyor un miqdoriga dondan un chiqishi deb aytiladi. Un chiqish don massasining umumiy miqdoriga nisbatan foiz hisobida belgilanadi.
Donning hammasi unga aylantirilganda un chiqishi 100 foiz (amalda 99,5 foiz) bo‘lishi mumkin. Ammo don bu usulda qayta ishlanganda, uning sifati birmuncha past bo‘lib, rangi, ta’mi va boshqa texnologik ko‘rsatkichlari salbiy tomonga o‘zgaradi. Shu sababli hozirgi paytda donni bunday qayta ishlash usullari qo‘llanilmaydi.
Donni qayta ishlashda don tuzilishi bir-biridan farq qilishi sababli hamda qayta ishlash usullariga qarab umumiy qabul qilingan miqdorda (70-72-78) bir yoki bir necha navlili un olish mumkin.
Un o‘zining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha navlilariga va un chiqish miqdoriga qarab turlicha bo‘ladi. Shu bilan birga uning sifati donning turiga va naviga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, oliy hamda birinchi navli unlar tarkibida oqsil miqdori, jaydari un hamda ikkinchi navli unlariga nisbatan kam bo‘lishi, ammo organizm tomonidan o‘zlashtirilishi birmuncha yaxshi bo‘lishi ma’lum.
Ikkinchi navli hamda jaydari unlarda uglevod miqdori kam bo‘lsada, oqsil hamda B1 guruhiga kiradigan vitamin, mineral moddalar, karotin, kletchatka miqdori birmuncha yuqori bo‘ladi.
Kepakli va 2-navli unda B1, B2, PP va E vitaminlari bo‘lib, bular oliy va 1-navli unlarda deyarli. Unda turli fermentlar ham bo‘ladi.
Davlat standart talabiga javob beradigan un va yormalar tayyorlash uchun donni tortishda turli xil usullar hamda mashinalardan foydalaniladi. Donni tortish turiga va tegirmonning mahsulot chiqarish quvvatiga qarab qayta ishlash sxemasi turlicha bo‘ladi.
Dondan un tortishning ikki turi mavjud. Birinchisi don bir martaba tortilib, un olinadi, ikkinchisida esa don qayta-qayta tortilib un olinadi. Don qayta-qayta tortilgan taqdirda 70-78% gacha iste’mol uchun yaroqli un olish mumkin.
Donni maydalab unga aylantirish un tegirmonlarida amalga oshiriladi. Qadimda oqar suv va shamol tegirmonidan foydalanilgan. Hozirgi zamon tegirmonlari elektr energiyasida ishlaydi, ko‘pgina jarayonlar avtomatlashtirilgan.
Don navlari va navlilari bo‘yicha elevatorda saqlanadi. Un ishlab chiqarish zavodlari texnologik jarayonlarida donning o‘z-o‘zidan to‘kilish qonuniyatlaridan foydalaniladi. Un zavodlari 5-7 qavatdan iborat bo‘lib, don eng yuqori qavatdan pastki qavatga ishlanib tushirilaveradi. Tozalangan va aralashtirilgan don un tortish bo‘limiga beriladi. Un tayyor bo‘lgach jo‘natish bo‘limida mashina bilan qoplarga solinadi va avtomatik tarzda tortiladi.
Namligi yuqori bo‘lgan un qo‘lda siqib ko‘rilganda sochilib ketmaydi, quruq un esa siqilsa ham sochilib ketadi.
Donning turiga qarab un o‘ziga xos hidga ega bo‘lishi kerak. Boshqa tashqaridan qabul qilingan hid bo‘lmasligi kerak. Chunki donlar turiga qarab o‘ziga hidni singdirib olish hususiyati turlicha bo‘ladi.
O‘z-o‘zidan qizigan yoki mog‘orlagan dondan un tayyorlanganda undan shirin yoki achigan hid kelishi mumkin.
Yaxshi tozalanmagan donni tortganda va tegirmonda donni maydalaydigan uskunalar to‘g‘ri ishlatilmagan yoki sozlanmagan taqdirda un g‘ijirlashi mumkin. Un tarkibida har qanday zararkunanda qaysi stadiyadaligidan (tuxum, g‘umbak, lichinka, kapalak) qat’iy nazar bo‘lmasligi kerak. Agar un tarkibida biror zararkunanda bo‘lsa, bu un davlat standarti talabiga ko‘ra qabul qilinmaydi.
Unning navidan va turidan qat’iy nazar un tarkibida har hil aralashmalarning bo‘lishi davlat standarti bo‘yicha belgilangan miqdordan (0,5%) dan oshmasligi kerak. Un tarkibidagi har xil begona aralashmalarni aniqlash qiyin bo‘lganligi sababli bunday aralashmalar miqdori donni qayta ishlashdan oldin aniqlanishi lozim. Agar zararli begona aralashma miqdori davlat standartida ko‘rsatilganidan ko‘p bo‘lsa, un tayyorlashga ruhsat etilmaydi.
Metall-temir aralashmalarni don yaxshi tozalanmaganda yoki qayta ishlash jihozlari eskirgan taqdirda uchratish mumkin. Don massasi yoki unlarni metall (temir) aralashmasidan tozalash maqsadida maxsus magnit qurilmasidan o‘tkazilishi lozim.
Standart bo‘yicha har kilogramm unda 3 mg gacha chang xolidagi metall aralashmasi bo‘lishiga ruhsat etiladi, sim yoki yassi holdagi metall aralashmasining bo‘lishi qat’ iyan man etiladi
Korxona tarixi
1932 yilda mavjud bo’lgan «Aziaxleb»lardir. 1956 yil 20 iyuldan boshlab soyuz respublikasi O’zSSR Don mahsulotlari vazirligi tashkil qilinib «Aziaxleb» «Uzzagotzerno Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasidagi o’zgarishlarga nazar tashlasak o’tgan davr mobaynida ushbu sohada bir qator islohotlar amalga oshirilganligini ko’rish mumkin. Don yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoni butun bir tarmoq tizimi sifatida 3 asr mobaynida davom etib kelmoqda. Hozirgacha donchilik tarmog’ida 19-asrda qurilgan tegirmonlarni uchratish mumkin. Albatta ularning ko’rinishlari tanib bo’lmas darajada o’zgargan. Suv va par yordamida ishlaydigan tegirmonlar o’rniga yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy tegirmonlardan foydalanila boshlandi. 1885 yili «Toshkent non shahri» deb nomlangan tegirmon ishlab chiqilgan bo’lib u 25 yil (1910 yilgacha) davomida kuniga 30 tonna donni qayta ishlagan. Bu tegirmon texnik jihozlanishi bo’yicha Turkiston o’lkasida eng mukammal hisoblangan. 1910 yilda O’zbekistonda par bilan ishlaydigan ilk tegirmon qurilgan (hozirgi «G’alla-Alteg» AJ). Don tayyorlash sohasini boshqarishning o’zi 1867 yili Toshkentda Nazorat idorasini tashkil etilishi bilan bog’liq. Nazorat idorasi davlat ehtiyoji uchun non mahsulotlari zahirasini tayyorlash bilan shug’ullangan va xuddi jismoniy shaxslar kabi erkin savdo shaklida non mahsulotlarini sotib olgan. Don zahirasini tayyorlash ko’p hollarda katta hajmlarda donni yig’ib, unga birlamchi qayta ishlov berish va saqlashni tashkillashtirgan vositachilar orqali amalga oshirilgan. 1918 yildan boshlab Turkiston o’lkasida non monopoliyasi o’rnatilib u sovet hukumati davrigacha davom etdi. Don zaxiralarini tayyorlash maqsadida barcha viloyatlarda sotuv bo’limlari ochildi. Ular don tayyorlash kompaniyasi boshlanishidan yakunlanishigacha bevosita rahbarlik qildilar. Don tayyorlash natural soliq shaklida amalga oshirildi. Davlatga natural soliq ko’rinishidagi va qat’iy narx asosida don topshirish maqsadida temir yo’l stansiyalari yaqiniga 127 ta to’kish punktlari ochildi. Buning natijasida ushbu punktlarning bir nechtasi «Zagotzerno» tashkilotining tarqatuvchi va tayyorlov bazalari tarmoqlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. 1924 yildan boshlab sotuvdan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari zaxirasini tayyorlash 1924 yil hosilidan boshlab Zahiralar vazirligi tizimi tomonidan xarid qilish formasida amalga oshirilgan. O’zbekistonning Zahiralar vazirligi o’zining bir nechta izdoshlariga ega bo’lib ular «Turknarkomprod» va » respublika kontorasiga va «Uzglavmuka» trestiga bo’lindi. Agar 1922 yilda sanoat bo’limi 7 ta tegirmonga ega bo’lgan va O’zbekiston aholisi 4 million kishini tashkil qilgan bo’lsa, 1943 yilga kelib tegirmonlar soni 10 taga yetgan va 300 tonnaga yaqin turli navdagi un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarila boshlagan. 1956 yilda Non mahsulotlari vazirligi tashkil etilganda uning tarkibida 73 ta tayyorlov punktlari, 3 ta ombor bazalari, 3 ta urug’ saqlash omborlari, 3 ta yorma zavodi, 15 ta yuqori navli un va chiqindi chiqaradigan tegirmonlari mavjud edi. Navli un chiqaruvchi 3 ta tegirmon Toshkent, Quva, Farg’ona, Andijon va Samarqandda joylashgan edi. Buxoro, Jizzax, Qarshi, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Urganch, Termiz va Nukusda chiqindini qayta ishlovchi tegirmonlar o’rnatildi. Guruch, javdar va bug’doy yormasini Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan yorma zavodlari ishlab chiqarishar edi. Aholining unga bo’lgan talabi 1 million 300 ming tonna bo’lganda tegirmonlar faqatgina 360 ming tonna ya’ni ehtiyojning 28 foizigina qondirilgan edi. 1958 – 1964 yillar davomida qo’shimcha yana 10 ta navli un chiqaruvchi tegirmonlar ishga tushirildi. 1956 yilning ikkinchi yarmida sanoatning omuxta yem bo’limi rivojlana boshladi. 1960-1961 yillar oralig’ida Farg’ona, Qo’qon, Toshkent, Asaka, Quva (Fedchenko), Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Kogon, Buxoro, Qarshi, Urganch, Nukus, Termiz va Qiziltepada 16 ta kichik hajmli omuxta yem zavodlari ishga tushdi. 1961 yil Hukumat tomonidan «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini davlatga sotishni qayta shakllantirish va puxta tashkillashtirish to’g’risida» gi muhim qarori qabul qilindi. Bu qarorga binoan don sotib olish faqatgina shartnoma tuzish orqali bajarildi va qolgan barcha usullar ta’qiqlandi. 1961 yil 24 martda O’zbekiston Non mahsulotlari vazirligi faoliyati tugatilib, uning o’rnida Zaxiralar vazirligi tashkil qilindi. Sotib olish va sifat bo’yicha davlat inspeksiyasini davlat bosh nazoratchisi boshqaradi. Qayta tuzilgan vazirlik sovet hukumati davrida faoliyat olib borgan eng katta zaxira tayyorlovchi tashkilotlardan biri sanalgan
1965 yil may oyida O’zbekiston Non mahsulotlari va omuxta yem vazirligi qayta tuzildi. Yangi tuzilgan vazirlik o’zining asosiy e’tiborini boshlangan ishlarni tugatishga, faoliyat olib borayotgan korxonalarni rekonstruksiyalashga va og’ir qo’l mehnatini mexanizatsiyalashga qaratdi. Ba’zi zavodlarda unni qadoqsiz saqlash masalasi maxsus qurilgan idishlar yordamida muvaffaqiyatli hal etildi. Unni idishsiz saqlash, chiqarish va tashish og’ir qo’l mehnatini yengillashtirilgani va qoplarga sarf-xarajatni kamaygani hisogiba yuqori samaraga erishildi.1965-69 yillar orasida omuxta yem sanoati keng rivojlandi. Ushbu yillarda ishlab chiqarilgan omuxta yem mahsulotlariga antibiotiklar, vitaminlar va mikroelementlar qo’shib boyitildi. 1970 yili Vazirlik faoliyati tugatilib, uning o’rniga Zaxiralar vazirligi qayta tashkil etildi. Keyingi 10 yil mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlari keskin rivojlandi, ishlab chiqarishning texnologik darajasi yaxshilandi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi oshdi. 1980 yilga kelib un ishlab chiqarish 1969 yilga nisbatan 3,3 marta, yorma 18,1 marta, omuxta yem 11,6 marta o’sdi. Yuqori sifatli un ishlab chiqarishning umumiy hajmi 1970 yil 49,2% dan 1980 yil 83,7%ga oshdi. 1981-1985 yillar o’rtasida Quva, Navoiy, Farg’ona va Uchqo’rg’onda umumiy hajmi
kuniga 1300 tonna unni qayta ishlaydigan, 240,2 ming tonna sig’imli elevatorga ega tegirmonlar ishga tushdi. Shu yillarning o’zida 11 ta tegirmon qayta ta’mirlanib ularning ma’naviy eskirgan qismlari yangilandi. Bundan tashqari, boshqa un zavodlarida 13 ta un tegirmoni va 5 ta guruch tegirmoni qayta jihozlandi va ularning quvvati mos ravishda kuniga 300 va 230 tonna donni qayta ishlashga erishildi. 1986-90 yillarda agrosanoat majmuasida yangidan qayta tashkillashtirish amalga oshirildi. 1985 yil 14 oktyabrda Zaxiralar vazirligi tugatilib uning asosida soyuz – respublikasining Non mahsulotlari vazirligi tashkil qilindi. Yarim yildan so’ng ya’ni, 1986 yil mart oyida Vazirlik yana qayta tuzilib, uning tarkibiga non yopadigan, makaron va shirinlik ishlab chiqarish sanoati («Uzxlebprom») va 22 ta unga qarashli non yopadigan bo’limlar ish boshladi. Yangi vazirlik faoliyati tugatilgan vazirlik bajargan vazifalarni bajardi. 1987 yildan 1990 yilgacha ishlab chiqarish quvvatini oshirish davom ettdi. Quyidagi loyihalar amalga oshirildi: Oqtosh, Oqoltin va Qo’rg’ontepaning umumiy quvvati kuniga 1900 tonna bo’lgan 7 ta navli tegirmoni yuqori ishlab chiqarish qurilmalari bilan jihozlandi; Nukus, Shovot, Sirdaryo va Urganchda umumiy quvvati kuniga 100 tonna bo’lgan yorma zavodi ishga tushdi; Umumiy quvvati kuniga 1910 tonna bo’lgan 7 ta tegirmon: Oqoltin va Xonqada kuniga 630 tonna, Do’stlik va Uchqo’rg’onda 250 tonnadan hamda Yakkabog’da 100 va Muzrabod (Gagarin)da 50 tonna ozuqa yem ishlab chiqaradigan zavodlar ishga tushdi; 12 ta tegirmonda eskirgan qurilmalarni yangi, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega, umumiy quvvati kuniga 573 tonna donni qayta ishlay oladigan texnik qurilmalar bilan qayta jihozlash amalga oshirildi. Xuddi shundan ishlar 6 ta yorma sexlarda ham bajarildi. Shu yilning o’zida 300 tonnadan ortiq quvvatga ega bo’lgan elevatorlar ishga tushirildi. 1987-1990 yillarda ishga tushirilgan un zavodlarining katta quvvatda ishlashi, aholining o’sha davrdagi unga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirdi va non mahsulotlari tarmog’ining rivojlanishida yakuniy bosqich bo’lib xizmat qildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 fevraldagi PF-334-sonli farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi tugatilib, uning negizida O’zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari («O’zdonmahsulot») davlat konserni tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi PF-840-sonli farmoniga asosan «O’zdonmahsulot» davlat konserni «O’zdonmahsulot» davlat - aksionerlik korporatsiyasiga aylantirilgan. 1995-1998 yillar davomida 13 ta yorma sexlari, 30 ta ozuqa yem va 52 ta un zavodlari xususiylashtirildi. Bu korxonalar yiliga 300 ming tonnadan ortiq yorma, 3 million tonnadan ortiq ozuqa yem va un mahsulotlarini ishlab chiqarib, respublika aholisi ehtiyojini qondirdi. Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasida boshqaruvni tubdan takomillashtirish, ortiqcha oraliq tuzilmalarni tugatish, tarmoqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, xususiylashtirish va investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi 376- sonli qaroriga asosan «O’zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O’zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilgan. Bugungi kunda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 43 ta korxona mavjud. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 52 ta un ishlab chiqaruvchi tegirmon, 93 ta non sexi, 30 ta makaron sexi, 16 na yorma va 49 ta omuxta yem sexlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikamiz ichki iste'mol bozorini oziq ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, mahsulot turlarini kengaytirish, aholini sifatli non va non mahsulotlari, makaron va yorma mahsulotlari, bilan ta'minlash maqsadida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Oziqaviy, yem - xashak va texnik maqsadlarda ishlatiladigan boshoqli, dukkakli va yog‘li ekinlarning urug‘lari don deb ataladi. Don oziqaviy va yem - xashak tayyorlashga mо‘ljallangan turlarga bо‘linadi. Oziqaviy maqsadlarga mо‘ljallangan don ishlatilishiga qarab, un ishlab chiqarishga, yorma ishlab chiqarishga, texnik turlarga (pivo, kraxmal - patoka, spirt va boshqalarni ishlab chiqarishga mо‘ljallangan) bо‘linib, lekin bu tasniflash shartli xarakterga ega. Bitta о‘simlik donlaridan bir nechta maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, makkajuxoridan un, yorma, kraxmal, konserva, о‘simlik moyi ishlab chiqarishda foydalaniladi va shu bilan birga yem - xashak tayyorlanadigan о‘simlik ham hisoblanadi. Un tortish uchun asosan bug‘doy va javdar donlaridan, kam miqdorda makkajuxori, arpa, soya, tritikale donlaridan foydalaniladi. Tariq, grechixa, sholi, arpa, sо‘li, bug‘doy, nо‘xot yorma ishlab chiqariladigan о‘simliklarga kiradi. Donli ekinlardan foydalanish ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Donli о‘simliklar kimyoviy tarkibiga kо‘ra uchta guruhga bо‘linadi: - kraxmalga boy - donli ekinlar. Kraxmal miqdori 70...80%, oqsillar - 10...15%. Ularga bug‘doy, javdar, arpa, sо‘li, sholi, tariq, makkajuxori hamda grechixasimonlar oilasiga mansub bо‘lgan grechixa kiradi; - oqsilga boy - dukkaklilar (nо‘xot, loviya, soya, chechivitsa va boshqalar); uglevodlar miqdori 50...55%, oqsillar 25...40%; - yog‘ga boy - yog‘li ekinlar; yog‘ miqdori 25...35%, oqsillar - 20...40%. Yetishtiriladigan donli ekinlar botanik belgilariga kо‘ra (mevasi, guli, poyasi, ildizi) uchta oilaga bо‘linadi: boshoqli, dukkakli, grechixisimon
Donni tozalash va frakstiyalarga ajratish uchun qo‘llaniladigan separatorlar.
|
| |