Donni tozalash va frakstiyalarga ajratish uchun qo‘llaniladigan separatorlar




Download 1,97 Mb.
bet2/4
Sana27.11.2023
Hajmi1,97 Mb.
#106747
1   2   3   4
Bog'liq
Fazliddin hisobot

Separatorlarning texnologik tizmadagi o‘rni va ishlash prinstipi. Bir-biridan geometrik belgilari va fizikaviy xossalari bilan farq qiladigan sepiluvchi materiallarni guruhlarga bo‘lish jarayoniga ajratish jarayoni deyiladi. Bu jarayonni amalga oshirishda ishlatiladigan mashinalarga g‘alvirli separatorlar deb ataladi.
G‘alvirli separatorlar donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida asosiy tur donni chiziqli o‘lchamlari (eni va yo‘gonligi) bilan farq qiladigan begona aralashmalardan tozlash maqsadida, iste’molga mo‘ljallangan donni qobig‘idan ajratishga tayyorlashda uni yirikligi bo‘yicha guruhlarga bo‘lish maqsadida, shuningdek, maydalangan don mahsulotlarini va qobig‘idan ajratilgan donni saralash paytida ishlatiladi.
Madaniy o‘simlik donlari va yovvoyi o‘simlik urug‘lari turli xil shaklga ega. Masalan, suli qalinligi va eniga qaraganda bir necha marotaba ko‘p bo‘lgan uzunroq shaklga ega, kukol - qisqacharoq, no‘xot-yumaloq.
Donlarning bunday fizik xususiyatlari asosiy miqdorni tozalash uchun un tozalash bo‘limi uskunalarida hisobga olinadi. Don va chiqindi o‘lchamini bilib turib, don massasidan qalinligi yoki eni bo‘yicha elak-yordamida va uzunligi bo‘yicha – tirqishli yuzalar yordamida don yoki chiqindilarni ajratib olish mumkin.
Donlarning qalinligi bo‘yicha saralash uchun to‘g‘ri to‘rtburchakli, eni bo‘yicha yumaloq tirqishli elaklar; uzunligiga qarab tirqish yuza ishlatiladi. Ishchi a’zoning tirqishlariga har doim mayda komponentlar ilinadi.
Elaklar bu elovchi uskunalarning asosiy ishchi a’zosidir. Elaklar tirqishning shakli va o‘lchamiga, shuningdek, tabiiy kesishish koeffitsiyentiga qarab tavsiflanadi.
Tirqish o‘lchami elak raqamiga o‘zaro bog‘liq. Tabiiy kesishish koeffistienti elakning elash darajasini ko‘rsatadi va tirqishlarning butun yuzasini elakning ishchi yuzasiga nisbatiga qarab aniqlanadi. Qanchalik tabiiy kesishish koeffistienti yuqori bo‘lsa, elash darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Don tozalash bo‘limida asosan o‘rilgan va simli elaklar qo‘llaniladi. O‘rilgan elaklarni 0,8-2 mm qalinlikdagi metall listlarida tayyorlanadi. Ularning tirqishlari yumaloq, to‘g‘ri to‘rtbuchak va uchburchak shakllarida bo‘ladi.
To‘g‘ri to‘rtburchak tirqishli elaklarning ikki turli bo‘lib, ular bir qator tekis va notekis, aralash joylashgan tirqishlidir. Eni bo‘yicha elak o‘lchamlari 0,5-10 millimetrgacha, uzunligi bo‘yicha 10-50 mm bo‘ladi. O‘rilgan elak raqami o‘nga bo‘lingan bo‘lib, ishchi tirqishga millimetrda mos keladi.
Masalan, o‘rilgan to‘g‘ri to‘rtburchakli elak №14 uchun tirqish eni 1,4 mm, №19 uchun yumaloq tirqish diametri 1,9 mm.ga tengdir. Elaklar ishlatilish darajasiga ko‘ra don tozalash bo‘limida eng ko‘p separator uchun qo‘llaniladi.
Donning asosiy massasining o‘lchami va aerodinamik xususiyatlari bilan farq qiluvchi tashqi chiqindilardan tozalash uchun yumaloq va tekis elakli don tozalash uskunalari qo‘llaniladi.
Omixta-yem zavodlarida tuz, bo‘r, baliq suyagi va go‘sht unidan, shuningdek, maydalangan siqma va kunjara mahsulotlarini begona aralashmalardan ajratish maqsadida ularni g‘alvirli separatorlarda elanadi. Urug‘larga ishlov berish zavodlarida g‘alvirlar yordamida makkajo‘xori urug‘lari shakli va o‘lchamlari bo‘yicha saralanadi.
Elash natijasida tarkibi har xil qismlardan iborat bo‘lgan dastlabki mahsulot ikki qismga bo‘linadi. Aralashmaning elak yoki g‘alvir teshiklaridan o‘tgan qismiga elanma mahsuloti, uning g‘alvir yuzasidan sirpanib tushgan qismiga esa qoldiq mahsuloti deyiladi.
Aylanma teshikli g‘alvirlar eni teshik diametridan kattaroq bo‘lgan predmetlarni ushlab qoladi. Shuning uchun bunday g‘alvirlarda mahsulot alohida zarralarining eni bo‘yicha bo‘linadi yoki don aralashmasidan asosiy tur dondan eni bilan farq qiluvchi aralashmalar ajratib olinadi.
Uzunchoq teshik g‘alvirlar yo‘gonligi shu teshik enidan kattaroq bo‘lgan predmetlarni ushlab qoladi. Bunday g‘alvirlardan dastlabki mahsulotni ayrim zarralarining yo‘gonligi bo‘yicha guruhlarga bo‘lishda yoki asosiy tur donning yo‘gonligi bo‘yicha farq qiluvchi aralashmalardan tozalashda foydalanish mumkin.
G‘alvirli separatorlarning ishini baholash uchun quyidagi ko‘rsatgichlar qabul qilingan:
Unumdorlik Q – vaqt birligi ichida mashinaga tushgan don miqdori, kg/s;
E – donni aralashmalardan tozalash samaradorligi, %;
A – chiqindidagi donning miqdori, ya’ni ajratish jarayonini sifatiy jihatdan baholash, %;
G‘alvirli separatorlarning unumdorligi mahsulot balans natijalari bo‘yicha aniqlanadi va quyidagicha ifodalanadi:



bu yerda: G – mashinaga tushayotgan dastlabki donning massasi, kg;


t – balans olish vaqti, s.

Donni aralashmalardan tozalash samaradorligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:





bu yerda: A – dastlabki dondagi ajralishi kerak bo‘lgan begona aralashmalar miqdori, %;


B – tozalashdan so‘ng donda qolgan begona aralashmalar miqdori, %;
a – ajratilgan aralashmalar massasiga nisbatan chiqindida qolgan to‘laroq donlar miqdori, %.



Download 1,97 Mb.
1   2   3   4




Download 1,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Donni tozalash va frakstiyalarga ajratish uchun qo‘llaniladigan separatorlar

Download 1,97 Mb.