• Tayanch so’zlar
  • 2-mavzu. Excel va spss kompyuter dasturlarida ma’lumotlarni tashkil qilish




    Download 438.16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana23.02.2024
    Hajmi438.16 Kb.
    #161267
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-mavzu. Excel va spss kompyuter dasturlarida ma’lumotlarni tash-fayllar.org
    10 тема вроде. Про Зинченко и тд, Bozor Iqtisodiyoti, Mysteries of the universe, Linux This Book Includes 4 Manuscripts The Underground Bible, 1. Korrelyatsionva regression tahlilning umumiy tushunchasi. Reg-fayllar.org


    2-mavzu. Excel va spss kompyuter dasturlarida ma’lumotlarni tashkil qilish 
    2-mavzu. Excel va SPSS kompyuter dasturlarida ma’lumotlarni tashkil qilish
    Reja:  
    1.
    Kompterlashtirilgan psixodiagnostik metodlarni qo’llashning qog’oz-qalam usuliga 
    nisbatan afzallik jihatlari.
    2.
    Ulchov shkalalari va ma’lumot turlari. Taxlil uchun ma’lumot manbalari.
    3.
    Ma’lumotlarni kiritish usullari.
    4.
    O’zgaruvchilarning xususiyatlari. O’lchov shkalasi turini o’zgartirish
    Tayanch so’zlar: normal taqsimlanish, moda, mediana, o’rtacha, dispersiya, standart og’ish, 
    variativlik koeffitsenti .Yexsel dasturi, moda, mediana, o’rtacha, dispersiya, standart og’ish, 
    variativlik koeffitsenti statistika, SPSS programmasi, Excel kompyuter dasturlari, tadqiqot, 
    formula
    Hozirgi kunda kompyuter orqali yangi metodlar va psixologik diagnostikalarni kiritish va qayta 
    ishlash mumkin. Hozirgi kunda metodikalarni qayta ishlashda albatta yangi texnologiyalarsiz 
    tasavvur qilish qiyindir. O’zbekiston sharoitida bu holatlar endi boshlanayotgan jarayonlardan 
    biri hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot markazlarida ma’lumotlarni psixologik jihatdan tahlili 
    kompyuter orqali amalga oshishi ko’zda tutilmoqdi. Shuning uchun ham aynan kompyuter 
    shakllari uchun testlar shakllantirish vujudga kelmoqda.
    70 yillarda kompyuter programmalarida intellektni o’rganish vujudga keldi. G.Gardnerning 
    fikriga ko’ra: “Intellektni neyron mexanizmlari yoki kompyuter sistemasi o’xshatish mumkin, 
    bunda ichki yoki tashqi ma’lumotlarni programmalashtirish natijasida vujudga keladi”. 
    Tadqiqotchilar asosiy vazifa sifatida insonning fikrlari va kompyuter xisob-kitoblari o’rtasida 
    mantiqiy aloqalar bog’liqligi haqida fikr yuritganlar. Shu yo’nalish bilan tadqiqot o’tkazadigan 
    psixolog mutaxassislar axborotlashtirish jarayonlarini intellekt orqali tahlil qilishga harakat 
    qilganlar.
    Intellektni shu orqali tahlil qilish tarafdorlari A.Djensen, E.Xant, R.Sternberg, G.Saymon 
    hisoblanishadi. G.Saymon intellektni axborotlashtirish tizimi va vazifani bajarish jarayonida 
    ularni fikrlarini paydo bo’lishi tahlil qilingan. U A.Nyuell bilan birgalikda kompyuterda vazifani 
    bajarishda kompyuterda vazifani programmalashtirlgan. 80 yillarda boshqa olimlar tomonida 
    (R.Glezer, Dj.Larkin, A.Lesgold) muammoni yechimini tahlil qilishga intilishlar boshlangan
    unda faqat tibbiy tashxislar, jismoniy vazifalar tahlil qilindi. Yuqori darajadagi mutaxassislar va 
    yangm mutaxassislarni ko’rsatkichlarini solishtirgan psixologlar shu ikki guruh o’rtasida turli 
    farqlarni kuzatishdi ular axborotlashtirish jarayonlarini tashkillashtirishni tahlil qilishgan.
    R. Sternberg murakkab aqliy vazifalarni bajarishda axborotlashtirish jarayonlarini tahlil qilishga 
    harakat qilgan. Uning asosiy maqsadi ma’lumotlari boshqalar bilan solishtirilganda samarali 
    natijalar tahlil qilingan. U maxsus vazifalar ishlab chiqadi, bunda intellektual jarayonlar va 
    strategiyalar tahlil qilinadi va vazifalar tahlil qilinishi kuzatiladi. O’zining texnikasini u 
    komponent tahlil deb atadi.
    Ayniqsa kompyuterda diagnostik metodikalarni standartlashtirish samarali hisoblanadi. 


    Metodikalarni validligi va aniqligi kompyuterda aniqroq namoyon bo’lishi aniqlandi. 
    Kompyuterni bu vazifalarda qo’llash ma’lumotlarni tezroq tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
    Guruhiy testdan o’tkazishning kamchiligi bu har bir ishtirokchini har bir vazifani bajarishga 
    ketgan vaqtini tahlil qilish imkoniyatini kamaytiradi.
    An’anaviy diagnostik metodikalar masalan MATT( Maktab aqliy taraqqiyot testi)da umumiy 
    vazifalarni bajarish vaqti va to’g’ri bajarish holatini aniqlanishi mumkin. Biroq natijalarni sifat 
    nuqtai nazaridan o’quvchilarni alohida predmet holatlarini tahlil qilish imkoniyati mavjudligini 
    tahlil qilishi mumkin. Bu imkoniyatlar an’anaviy psixologik diagnostika kompyuter orqali tahlil 
    qilish imkoniyatini yaratadi.
    Bu kompyuter shaklini anglash boshqa metodikalarni kompyuter orqali ishlatish imkoniyatini 
    beradi. Bu testlashtirish natijasida individual o’ziga xoslik aniqlanishi mumkin. Bu test natijasida 
    sinaluvchilar bilan samarali tarzda ishlash va vazifani bajarish tezligi aniqlanadi.
    Bunday jarayonlarda har bir vazifa uchun baholash qobiliyati aniqlanadi, bunda ehtimol 0,5 bilan 
    aniqlanadi. Buni quyidagi misol orqali tasvirlash mumkin. Agar sinaluvchi barcha vazifalarni 
    bajarsa, qiyinlik darajasi 0 ga teng, agar sinaluvchi barcha vazifalarni bajara olmasa uning shu 
    sinaluvchi qiyinlik darajasi 1 ga tengligini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham test 
    vazifalari 0,5 ga tengligi tahlil qilinadi. Vazifalarning qiyinlik darajasi 50% chegarada xisob 
    kitob amallarini kuzatishimiz mumkin. Bu sensor chegaralarni tahlil qilishda kuzatilishi mumkin.
    Sinaluvchilarni javobidan so’ng har bir keyingi vazifani kompyuter uni javobiga qarab berishi 
    mumkin. Yangi vazifalarni qo’shish oxirgi standartni bajarilmagunicha javob qaytarilishi 
    mumkin.
    Moslashtirilgan kompyuter testi o’qitish samaradorligi individual dasturlar orqali to’g’ri kelishi 
    mumkin. Bu holatda o’quv dasturi test vazifalari tahlil orqali shakllantirilishi mumkin. 
    Kompyuterda testlashtirish sinaluchi yetarli darajada javob bersa, shu orqali boshqa vazifalarni 
    to’xtatishi mumkin.
    Hozirgi kunda moslashtirilgan kopyuter testini qo’llash imkoniyatlari faol tarzda o’rganilmoqda, 
    shu orqali turli sohalarda bu usul qo’llanib kelinmoqda.
    Kompyuter moslashtirish testi kasb tanlash holatlarida ham qo’llaniladi, bundan tashqari davlat 
    idoralariga, armiyalarga, ishlab chiqarish korxonalariga xodimlarni tanlashda keng tarzda 
    qo’llaniladi. Shuning uchun quyidagi holatlarda samaralidir:

    Kasb olamida yo’naltirishning ahamiyatliligi;

    Jamiyatning turli sohalariga nomzodni tanlash imkoniyatining zarurligi;

    Turli kasbiy sohalarda turli xil nomzodlarni qobiliyatiga qarab ajratish imkoniyatini 
    mavjudligi;

    Testni kuchli himoyalanganligi, har bir nomzod turli xil vazifalarni kompyuter tomonidan 
    taklif qilinganligi.
    Asta sekinlik bilan kompyuter moslashtirish testi guruhiy testlarda ishlatilishi mumkin.
    Kompyuter aksariyat holatlarda hozirgi kunda samarali yechimlardan biri hisoblanib 
    kelinmoqda. Hozirgi kunda kompyuter natijalarini tahlil qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Bu effektni kompyuter orqali tahlil etishda Kasbiy qiziqishlarni baholash testini misol qilib 
    keltirishimiz mumkin. Bu D.Djekson testi hisoblanadi.
    Testning o’zi D.Djekson tomonidan 1977 yil taklif qilingan, natijalar tahlili qo’lda xisoblash 
    mumkin, biroq bu kompyuter tahlili natijasida osonroq va tezroq tahlil qilishi mumkindir.
    Bu holatlar quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin:



    Test natijalarini individual tarzda tasvirlash va tahlil qilish;

    Juda katta ma’lumotlarning mavjudligi, bu esa nomzodlarni boshqa sohalarda ishlash 
    imkonimyatlarini yaratib berishi mumkin va ularni boshqa sohalarga ham tavsiya qilish 
    imkoniyatining mavjudligi;

    D.Djekson metodikasini asosiy omillarini tahlil qilish imkoniyatining qiziqarliligi.
    Omilli tahlil asosida ko’rsatkichlar o’nta asosiy mavzular asosida tanlash imkoniyati vujudga 
    keladi:

    Ekspressiv;

    Mantiqiy;

    Tadqiqiy;

    Amaliy;

    Shaxsiy (qat’iyatlilik, ma’lum bir sohalarda o’zini namoyon qiladigan shaxslarni 
    maqsadga intilganlik holatlarini shakllantirish imkoniyati);

    Ijtimoiy;

    Yordam berishga moyillik;

    Ijtimoiy me’yorlarni shaxs tomonidan qiziqishi;

    Tadbirkorlik;

    Kommunikativlik.
    Juda murakkab darajalarda kompyuter tahlil ba’zi bir testlar uchun zarur xisoblanadi. Bunday 
    holatlarda sinaluvchilarning maxsus vaziyatlaridagi javoblari kompyuter programmalari 
    tomonidan tahlil qilinadi, bu mashinaning xotirasida saqlangan ma’lumotlar xisoblanadi. Bu 
    shaxs testlari uchun qo’llanilgan xisoblanadi. Masalan MMRI testlari uchun bunda shaxslarni 
    emotsional holatlari va shaxs sifatlarini tahlil qilishi nazarda tutilgan.
    Aynan kompyuter tahlilisiz bunday natijalar qiyin va imkonsiz edi. Oddiy darajada ko’pchilik 
    zamonaviy testlar hozirgi kunda mashinalar imkoniyatiga yuklatilgan. Amerikalik psixologlar 
    fikriga ko’ra intellektning o’ziga xosligi guruhiy omillar xisoblanadi. Har bir test turli xil vaznga 
    ega bo’lishi mumkin, ular uchun guruhiy omillariga ta’sir ko’rsatish holatlaridan biri bu 
    T.Kellining “Inson aqlining chorrahalari” maqolasi hisoblanadi. Bunda Kelli quyidagi omillarni 
    kiritib o’tadi:

    O’zaro aloqalarni makon orqali ta’siri;

    Sonlar bilan ta’siri;



    Verbal materiallarni ta’siri;

    xotira;

    tezlik.
    Shu nazariya orqali R.Kettelning ko’pfaktorli nazariyasi tahlil qilinadi. U testlarni ajratib 
    ko’rsatdi. Bu individual farqlarni ko’rinshlariga qarab ajratish imkoniyatini yaratdi.
    R.Kettel tomonidan taklif qilingan birlamchi qobiliyatlar 17:

    verbal;

    xisob-kitobli;

    makoniy;

    idrokning tezligi;

    tugatish holtining tezligi (ko’rish orqali bilish, geshtalt idrok);

    induktiv tafakkur;

    deduktiv tafakkur;

    assotsiativ tafakkur;

    mexanik bilimlar va ko’nikmalar;

    so’z orqali tezlik;

    fikrlarning egiluvchanligi;

    qisqa tutashuvning egiluvchanligi;

    originallik;

    psixomotor koordinatsiya;

    qo’l epchilligi;

    musiqaviy qobiliyat va tonal sezuvchanlik;

    nusxa ko’chirish ko’nikmasi.
    Qayta omilli tahlilni yana bir bor qo’llaganda,u ikkinchi tartibga ega bo’lgan omillini ishlab 
    chiqdi, ularning orasida asosiy flyuid va kristallashtirilgan intellekt hisoblanadi.


    Kompyuterlar bizning xayotimizni osonlashtirganligiga qaramasdan, ba’zi bir holatlarda ularning 
    natijalarini noto’g’ri tahlil qilinishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda kompyuterni 
    natijalarini tahlil qilish oqibatida bir holatlar tahlil qilinishi mumkin. Hozirgi kunda kompyuterda 
    testlar o’tkazishning turli xil yo’riqnomalarini kompleks tarzda ishlab chiqish vujudga kela 
    boshladi.
    Kompyuter testlari bir xil kompyuter programmalari an’anaviy blank shakllari vujudga kelishi 
    mumkin. Bu vaziyatlarda maxsus tadqiqotlar ko’rsatkichlarini ko’rsatish zarurdir. Kompyuter 
    moslashtirish testining maqsadi psixika rivojlanishidagi anomal qonuniyatlarni maxsus holatini 
    tahlil qiladi. Bu o’ziga xoslik V.I.Lubovskiy tomonidan keltiriladi:

    Kamchilik tizimi;

    Psixik faoliyatning dinamik xarakteristikasi;

    Bilish jarayonlarining potentsial imkoniyatlari.
    Hozirgi kunda xech kimga sir emaski psixikasi anomal rivojlanishga ega bo’lgan bolalarda 
    kompyuter programmalarini o’zlashtirishda kuchli qobiliyatga ega ekanligini kuzatishimiz 
    mumkin.
    Natijalarni qayta ishlashda programmalashtirish imkoniyatlarining tez sur’atda oshishi kuchli 
    xavotirni vujudga keltirmoqda. Bunda ikki asosiy tamoyilni shakllantirish imkoniyati mavjud.
    1.
    Testdan foydalanuvchi uchun kerakli ma’lumot keltirilishi mumkin, bunda kerakli 
    ma’lumotlar keltirilgan, bunda uning aniqliga, validligi ko’rsatilishi kerak.
    2.
    Programmani tahlil qilishda klinik diagnostikada ishlatilishi mumkin, muhim qarorlar 
    qabul qilish maslahat ma’lum bir insonga nisbatan maslahat berish qiyinchilik tug’diradi. 
    Shuning oqibatida programmalashtirish tahlili yuqori darajadagi mutaxassislar tomonidan 
    tahlil qilinishi kerakligini kuzatishimiz mumkin. Bunday tahlillar mutaxassisni faoliyatini 
    yengillashtirish imkoniyatini berishi mumkin.
    Bugungi kunda diagnostik testlashtirish turli sohalarda ajratib ko’rastish mumkin, bunda 
    kompyuterning xissasi albatta kerakligini xis qilish kerakligini bilishimiz mumkin.
    Birinchi soha – sinaluvchilarga vazifalarni taqdim etish. Bizning vatanimizda oxirgi yillarda 
    ijtimoiy hayotning turli sohalarida kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilishimiz mumkin. 
    Ko’pgina boshlovchi mutaxassislar shu metodikalardan foydalanishadi. Bu mutaxassislar 
    diagnotik amaliyot turli qonun qoidalarga amal qilmaslik holatini shakllantirish mumkin. Bunda 
    ularning hayotida quyidagi xatoliklarni kuzatishimiz mumkin:

    Sinaluvchilarga yo’riqnoma berish vaqtida qonun qoidalarni buzilsa;

    Test vazifalarini bajarishda vaqt standartlariga amal qilmaslik;

    Sinaluvchilarning javobida anglangan va anglanmagan ustanovkalarni aniqlashtirish (imo 
    ishoralar, aytib berish va boshqalar) ga yordam berish va boshqalar.


    Diagnostik vazifalarni sinaluvchilarga ko’rsatish, ularni qayd qilish, bu imkoniyatlarini 
    kamaytirish holatini rivojlantiradi.
    Eng ko’p tarqalgan verbal metodikalar sinaluvchilar tomonidan aqliy faoliyatlarni 
    shakllantirilishi mumkin.
    Ikkinchi soha – natijalarni tahlil qilish. Hozirgi kunda natijalarni tahlil qilish jarayonida turli xil 
    muammolarni kuzatish imkoniyati mavjud. Bu muammolar sifati psixologik diagnostikadagi 
    statistik misollar kompyuter orqali tahlil qilinishi mumkin. Statistik muammolar qonun qoidasi 
    bir tomonlama ko’rinishi tahlil qilishi mumkin. Bu qonun qoidalarni buzilishi ob’ektivlik 
    holatlarini shakllantirilishini kuzatishimiz mumkin.
    Uchinchi soha – natijalarning tahlili. Professional psixodagnostika sohalarida psixologlar 
    individning boshqa faoliyatiga ta’sirini kuzatishimiz mumkin. Psixologlar orasida individual 
    farqlar insonlarning qobiliyati turlicha bo’lishi aniqlashtirilishi mumkin. Har bir kasb uchun 
    o’zining optimal psixologik, psixofiziologik va shaxsiy xususiyat va qobiliyatlar unga yangi 
    imkoniyatlarini shakllantirishi mumkin. Bu sharoitda kasblar olamida psixologik tahlillar taklif 
    qilinishi mumkin.
    Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash, ularni taxlil qilish, xisob-kitob ishlarini olib borish 
    uchun maxsus amaliy dasturlar Sirer Sals va Yexsel yaratilgan bo’lib, ular elektron jadvallar 
    yoxud jadval protsessori deb yuritiladi. Elektron jadvallar ayni vaktda ko’llanadigan soxalar 
    ko’p, xususan bank va soliq tizimlarida, iktisodiy masalalarni yechishda foydalanilib 
    kelinmokda. Ana shunday dasturlardan biri Microsoft Excel dasturidir.
    MS Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion kobik dasturi 
    boshkaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va kayta ishlashga 
    mo’ljallangan.
    MS Yexsel da tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy ism va XLS 
    kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Yexsel atamasida bunday fayl «Ish kitobi» (Workbook) deb 
    yuritiladi. Har bir XLS faylida 1 tadan 255 tagacha elektron joylashishi mumkin, ularning har 
    biri Yexse1ning ish varag’i deb yuritiladi.
    Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu «Ish kitobi» bo’lib, u bir yoki bir nechta ish 
    varaklaridan iborat. Ish varag’ida buxgalter (xisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik 
    ifodalar, xisoblar, qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Yexselning buxgalter kitobidan asosiy 
    farqi barcha xisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi 
    zimmasida koladi.
    Yexsel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column) dan iborat. Qatorlar 1dan 
    16384gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari 
    (A, V, ... , 2, AA, AV, ... , IV) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron 
    jadvalning asosiy tarkibiy elementi -yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn 
    yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish 
    ham mumkin.
    Inson o’z ish faoliyati davomida ko’pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, 
    ba’zida esa murakkab bo’lgan ishlarini bajarishga majbur bo’ladi. Microsoft Excel, dasturi mana
    shu ishlarni osonlashtirish va kizikarli qilish maksadida ishlab chiqilgandir.
    Microsoft Excel elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida karalib iktisodiy va moliyaviy 
    masalalarni yechishda yordam beribgina kolmay, balki har kungi harid kilinadigan ozik-ovkatlar, 
    uy ro’zgor buyumlari hamda, bankdagi xisob rakamlari xisob-kitobini olib borishda ham yordam 
    beruvchi tayyor dasturdir.
    Excel elektron jadvalining asosiy elementlari
    Microsoft Exceldagi barcha ma’lumotlar jadval ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval 
    yacheykalarining (xonalarining) ma’lum kismigi boshlang’ich va birlamchi ma’lumotlar 
    kiritiladi, boshka boshka kismlari esa har xil arifmetik amallar va boshka boshlangiya 
    ma’lumotlar ustida bajariladigan boshka amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.
    Elsktron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin


    - Matnli
    - sonli ifodalar
    - formulalar.
    Matnli ma’lumotlar sarlavxa, belgi, izoxlarni o’z ichiga oladi.
    Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
    Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarii hisoblaydigan ifodalardir.
    Formulalar har doim «=» belgisini qo’yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan 
    keyin shu formula asosida xisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo’ladi. Agar shu 
    formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o’zgartirilsa, Excel avtomatik ravishda 
    yangi ma’lumotlar bo’yicha xisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil kilib beradi.
    Excelning asosiy ishlov berish ob’ekti hujjatlar (dokumentlar) xisoblanadi. Excel hujjatlari 
    (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmaciga ega bo’lgan fayllardir. Excel da 
    bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron 
    jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varag’i deb ataladi». Har bir 
    ishchi- varak o’z nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun Microsoft Excel dasturini 
    ishga tushirish zarur.
    Yexse1 dasturini ishga tushirish va ishni tugatish
    Excel 2000 dasturini yuklashdan oldin, Windows 2000 (Windows 95-98) dasturini yuklash 
    lozim. Bu esa sodda, ya’ni ko’pchilik kompyuterlarda kompyuter yuklanishi bilan amalga 
    oshiriladi. Yuklash jarayoni quyidagicha: kompyuter yokiladi, zkranda mulokat darchasi paydo 
    bo’lib, foydalanuvchi ismi va paroli so’ralsa, u kiritiladi va [Yenter] tugmachasi bosiladi.
    Odatda MS Excelga mos keluvchi piktogramma Microsoft office darchasida joylashgan bo’ladi. 
    Bunday vaziyatda Yexse1ni ishga tushirish uchun Excelga mos piktogramma ustida 
    «sichqoncha» tushachasi bosiladi.
    Agar Excel dasturiga mos keluvchi piktogramma darchada bo’lmasa, u xolda Yexse1ni yuklash 
    uchun quyidagi tartibda ish tutiladi:
    - «sichqoncha» ko’rsatkichi ekranning qo’yi kismida joylashgan «Pusk» (start) tugmachasiga 
    keltirilib chap tugmachasi bosiladi, so’ngra «Zapusk» (start) menyusi ochiladi;
    - «sichqoncha» ko’rsatkichi «Programmы bandiga keltiradi va bosiladi;
    - dasturlar ro’yxatidan Microsoft Excel tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi, natijada 
    Excel dasturining dastlab zarvarag’i, so’ngra umumiy ko’rinishdagi ish stoli ekranga chikadi (3-
    rasm).
    1-rasm. MS Excel ish stoli 
    Yexsel ishga tushgandan so’ng, ekranda uning ish stoli - elektron jadval hosil bo’ladi. Elektron 
    jadvalning yukori kismida sarlavxa satri menyu satri, uskunalar majmuasi joylashgan. Uskunalar 
    Yexsel buyruqlarining aksariyatini va ko’shimcha amallarni bajarish uchun mo’ljallangan.
    Yexse1 2000
    «Fayl «
    buyruqlar
    to’plami
    Buyruqlari
    -yangi jadval yaratish ..
    -xotiradagi jadvalni yuklash...
    -faylni yopish
    -fayl(jadval)ni xotirada saklash
    -fayl (jadval)ni nom bilan xotirada 
    saklash...
    -WEB caxifa kabi nom bilan xotirada 
    saklash...
    -ish soxasini xotirada saklash...


    -WEB saxifani ko’zdan kechirish 
    -saxifa parametrlarini o’rnatish...
    -chop kilinadigan soxani aniklash
    -jadvalni ko’zdan kechirish
    -fayl (jadval)ni chop qilish...
    -fayl (jadval)ni manzilga yuborish
    -fayl xossalari
    -oxirgi fayllar ro’yxati 
    Jadvalni tahrirlash. «Pravka» bo’limi
    Eslatma. Windows 3.1 da Yexse1 5.0 versiyasini yuklash yutsoridagidan farqli o’larok, 
    Microsoft office guruhida Yexse1 piktogrammasi ustida «sichroncha» tugmachasini ikki marta 
    bosshi ortsali yuklanadi.

    Download 438.16 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 438.16 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Excel va spss kompyuter dasturlarida ma’lumotlarni tashkil qilish

    Download 438.16 Kb.
    Pdf ko'rish