• Nazorat uchun savollar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 2-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish vazifalari. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va rahbarlik qilish Reja




    Download 17,18 Kb.
    Sana04.12.2023
    Hajmi17,18 Kb.
    #110718
    Bog'liq
    2-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasi bo’yicha metodik ishlarni t


    2-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish vazifalari. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va rahbarlik qilish


    Reja
    1.Maktabgacha ta’lim muassasi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish vazifalari.
    2.Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va rahbarlik qilish
    1.Maktabgacha ta’lim muassasi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish vazifalari.
    Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta'limda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatadi.
    Institutning rasmiy nomi:
    a) davlat tilida: to'liq nomi - Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartmasi - MTMRMQTMOI;
    b) rus tilida: to'liq nomi - Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley i spetsialistov doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi - IPPKRSDOU;
    v) ingliz tilida: to'liq nomi - Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi – IRATPEPM
    Institut o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalaririing qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o'z Ustaviga amal qiladi.
    Institut davlat tashkiloti shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Institut ta'lim tashkiloti sifatida maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yo'nalishda o'quv, ilmiymetodik, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.


    2.Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va rahbarlik qilish

    - Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.


    - Metodika uyushmasiga har bir ta'lim tashkilotidan bir va bir necha pedagog xodim tashkilot rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
    - Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
    - Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
    - Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta'lim tashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
    - Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'lim tashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
    - Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
    - Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
    - Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi.
    Metodika uyushmasi hujjatlari:
    Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
    yillik ish rejasi;
    yig'ilish bayonnomalari;
    hisobotlar;
    metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi
    Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organlaridan yo'llangan hujjatlar nusxasi
    Nazorat uchun savollar:
    1.O'zbekistonda maktabgacha ta'limga metodik rahbarlik qaysi tizimda olib boriladi?
    2.Markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining tuzilishi va vazifalari nimalardan iborat?
    3. Metodik birlashma nima?
    4. Seminar va seminar mashg'ulotining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
    5.Aholi o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarini olib borish usul va shakllarini so'zlab bering.
    Foydalanilgan adabiyotlar

    1.Xasanboyeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta’lim pedagokikasi T.: Ilm ziyo. 2006.


    2.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchashmalari.”, 2013 y.
    3.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
    Download 17,18 Kb.




    Download 17,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish vazifalari. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va rahbarlik qilish Reja

    Download 17,18 Kb.