• Ish rejasi
  • Mavzu yuzasidan savollar.
  • Mavzu yuzasidan topshiriqlar.
  • Adabiyotlar ro’yxati.
  • 2-Mavzu: O’rgatuvchi dasturlar va ularning yaratish




    Download 0.68 Mb.
    Sana09.04.2024
    Hajmi0.68 Mb.
    #192247
    Bog'liq
    2-amaliy mashg\'ulot
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

    2-Mavzu: O’rgatuvchi dasturlar va ularning yaratish.


    Ishning maqsadi: O’rgatuvchi dasturlarni yaratish va foydalanishni o’rganish. Kutilayotgan natija: Talabalar o’rgatuvchi dasturlarni yaratish va foydalanishni bilish ko’nikmalariga ega bo’lish.
    Amaliy mashg’ulot jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.

    Ish rejasi:


    1. Topshiriq bilan tanishish.

    2. AutoPlay dasturini yuklash.

    3. Elektron qo’llanma tayyorlash.

    4. Topshiriq yuzasidan topshiriqni bajarish.



    Nazariy ma’lumotlar


    “AutoPlay” dasturida multimediali elektron o’quv majmua komponentlarini yaratish jarayonini loihalashni ko’rib chiqaylik.
    Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida zamonaviy talablarga javob beradigan va davlat ta’lim standartlariga to’g’ri keladigan o’quv uslubiy majmualar quyidagi tartibda joylashgan elementlarning ketme-ketligidan iborat shaklda tashkil qilinmoqda:

      1. O’quv dasturi

      2. Ishchi dasturi

      3. Kalendar reja

      4. Baholash me’zonlari va texnalogik xarita

      5. Ta’lim texnologiyalari

      6. Tarqatma materiallar

      7. Nazorat uchun savollar (jn, on, yan)

      8. Testlar

      9. Referat mavzulari

      10. Kurs ishi

      11. Mavzular bo’yicha annotasiyalar

      12. Ma’ruza matni

      13. Amaliy mashg’ulotlar

      14. Laboratoriya ishi

      15. Prezentasiyalar

      16. Mustaqil ish topshiriqlari

      17. Glossariy

      18. Adabiyotlar ro’yxati

      19. Xorijiy manbalar

      20. Muallif tug’risida ma’lumot

    Bu komponentalarning har biri o`quv resursida keltirilgan tartibda joylashtiriladi va yaxlit bir tizim ko’rinishida taqdim etiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ro’yxatdagi komponentalardan barchasi ham doim bo’lishi shart emas, ya’ni ayrim fanlardan reja bo’yicha 20 ta komponentaning hammasi ham kiritilgan bo’lavermaydi. Kurs ishi, laboratoriya, mustaqil ish kabi komponentalar hamma fanda ham uchrayvermaydi.
    Elektron o’quv majmuada biz yuqorida sanab o`tilgan komponentalarni yaratishimiz kerak bo`ladi. “AutoPlay” dasturdan elektron o’quv majmua komponentalarini yaratish algoritmini ko`rib o`tamiz.
    “AutoPlay” dasturini ishchi stoldagi yorlig`i yordamida ishga tushiramiz.

    Yorliq ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosib murojaatni amalga oshirganimizda, yangi ochilgan oynada bizga quyidagicha variantlar taklif etiladi, yangi xujjat yaratishimiz, oxirgi murojaat qilingan xujjatga murojaat qilishimiz va saqlangan xujjatni chaqirib olishimiz mumkin bo`lgan oyna ochiladi.



    «Создать новый проект» bandidan yaratayotgan platformamizning shablonini tanlaymiz.

    Shablonni tanlaganimizdan so`ng, sahifamizning fonini o`zgartirish uchun, uning ustiga sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bossak quyidagi oyna ochiladi. Bunda rasm joylashgan manzilni ko`rsatamiz.



    Sahifamizga murojaatlarni amalga oshiruvchi tugmalarni hosil qilish uchun, uskunalar satridan ko`rsatilgan tugmani tanlasak, bizga murojaatlar uchun tugmalar turlari oynasi ochiladi.



    Yangi hosil qilingan tugma ko`rinishi quyidagi turlarda bo`ladi.

    Bu tugmaga matnli ma’lumotlar joylashtirish uchun uning ustiga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish kerak va bizga quyidagi oyna ochiladi. Sahifa elementlarini birma-bir yaratib olamiz.

    Biz har bir bandni yaratib olganimizdan so`ng, quyidagicha oyna hosil bo`ladi.



    Shu tariqa elektron o’quv uslubiy majmua asosiy oynasi ko’rinishiga ga bo’lamiz. Endi tayyor dasturdan foydalanish uchun ko’rsatmalarni keltirib o’tamiz.


    Mavzu yuzasidan savollar.


    1. O’rgatuvchi dasturlar yaratish imkonini beruvchi qanday qasturlarni bilasiz?

    2. AutoPlay dasturi qanday dasturlar guruhiga kiradi?

    3. AutoPlay va PowerPoint dasturlari farqlarini izohlab bering?

    4. AutoPlay dasturida nechta oyna bilan ishlash mumkin?

    5. AutoPlay dasturida buyruqlarni qo’llab bo’ladimi?



    Mavzu yuzasidan topshiriqlar.


    1. AutoPlay dasturida 5-sinf informatika fani uchun qo’llanma tayyorlang.

    2. AutoPlay dasturida 6-sinf informatika fani uchun qo’llanma tayyorlang.

    3. AutoPlay dasturida 7-sinf informatika fani uchun qo’llanma tayyorlang.

    4. AutoPlay dasturida 8-sinf informatika fani uchun qo’llanma tayyorlang.

    5. AutoPlay dasturida 9-sinf informatika fani uchun qo’llanma tayyorlang.



    Adabiyotlar ro’yxati.


    1. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova Informatika va axborot texnologiyalari O’quv qo’llanma.T.; 2013.

    2. M.Mamarajabov, S.Tursunov Kompyuter grafikasi va Web dizayn. O’quv qo’llanma, T.:, “Voris”, 2013 y.

    3. Цой, Маргарита и др. Создание электронных учебников. Т.:,“Ўзбекистон миллий энцеклопедияси”, 2007 г.

    Download 0.68 Mb.




    Download 0.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu: O’rgatuvchi dasturlar va ularning yaratish

    Download 0.68 Mb.