2-Mustaqil ish Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunchilik




Download 120.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.01.2024
Hajmi120.72 Kb.
#130235
  1   2
Bog'liq
2-Mustaqil ish Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunch-fayllar.org
KTE2, 9-LABORATORIYA ISHI, mustaqil ish 13-v, Labaratoriya ishi Mamataliyev Bexzod, 1-amaliy ish


2-Mustaqil ish Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunchilik 
2-Mustaqil ish
Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunchilik.
Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi 
me’yoriy, nazariy va amaliy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish. Axborot tizimlarini, 
resurslarni himoyalangan texnologiya asosida qurish, himoyalanadigan axborotga nisbatan 
bo‘ladigan taxdidlarga zamonaviy yondashuvga asoslangan holda tahlil qilishga doir bilimlar va 
uquvlar hosil qilishga asos tayyorlaydi hamda mutaxassislik fanlarini muvaffaqiyatli o‘rganish 
uchun zarur bo‘lgan kasbga doir tushunchalar, ta’riflar, iboralar, me’yoriy-huquqiy xujjatlar, 
qonunlar va standartlarni qo‘llashga oid bilimlarni shakllantiradi. Kiberetika – kompyuterlar 
nimaga dasturlangan bo’lsa hamda bu alohida insonlarga va umuman jamiyatga qanday ta’sir 
qilishi, foydalanuvchilarni axloqini qamrab oladigan kompyuterga taalluqli etikani falsafa 
sohasidir. Kiberhuquq va kiberetika deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki 
qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infratuzilmaning 
himoyalanganligi tushuniladi. Bu nuqtai nazardan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko'rsatish 
jarayoniga axborot ahamiyatiga molik funksiyalar majmuini: huquq sohasida tartibga solish 
maqsadlarini belgilash; keluvchi huquqiy va boshqa axborotlarni olish hamda idrok etish, uni 
ro'yxatdan o'tkazish, saqlash va qayta ishlash; ma’lum yuridik qaror, hujjat qabul qilish; ijtimoiy-
huquqiy axborotni berish va undan foydalanishni amalga oshirish deb qarash mumkin. Bunda 
chinakam axborot faqat huquq normalari hamda ularning amal qilishi haqidagi ma’lumotlarga 
emas, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarning o'zaro ta’siri haqidagi ma’lumotlarga, qonun 
chiqaruvchi organlar, korxonalar, birlashmalar, fuqarolar va boshqalarning faoliyati haqidagi 
ma’lum yuridik ma’lumotlarga ham taalluqli bo'lishini qayd etib o'tish kerak. O'zbekistonda 
jamiyat hayotining huquq sohasini axborotlashtirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Davlat 
nodavlat tuzilmalarning ishtirokida hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyatiga eng yangi 
axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari va tarmoqlari, avtomatlashtirilgan ish joylari, 
ekspert va maslahat tizimlarini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar majmuini izchil amalga 
oshirmoqda. MDHga a’zo davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning kengayishi va 
chuqurlashishiga har bir mamlakatning huquqiy hujjatlari haqidagi tezkor, to'liq va to'g'ri 
ma’lumotlaming mavjud emasligi to'sqinlik qilib turibdi. Milliy qonunchiliklarning jadal o'sishi, 
ular o'rtasida tuzilgan ko'p tomonlama va ikki tomonlama bitimlar sonining 
ko'payib borayotgani, shuningdek milliy qonunchiliklarning rivojlanishi bilan bog'liq obyektiv 
qiyinchiliklar bu muammoni yanada murakkablashtirmoqda. 1994-yil 28-oktabrda 
Parlamentlararo Assambleya Kengashining qarori (№ 54) bilan Davlatlararo huquqiy axborot 
almashish tizimi konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya Tizimning vazifalari va tuzilmasini 
huquqiy rasmiylashtiradi, uni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ifoda etadi. MDH AAAT 
umumiy tizim bo'lib, barcha turdagi axborotlarni qamrab oladi. AAATning axborot negizini 
ma’muriy-boshqaruv axborotlari, huquqiy, iqtisodiy-statistik, iqtisodiy-jug'rofiy, ilmiy-texnik 
axborotlar va ommaviy axborot vositalarining xabarlari tashkil etadi. MDHga a’zo davlatlarning 
yagona huquqiy axborot maydonini vujudga keltirish jarayoni tugallangani yo‘q. Huquqiy 
axborotlar milliy tizimlarini yaratish jarayoni ham davom etadi. O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qator farmonlari ana shu masalaga bag'ishlangan. Jahon axborot maydonini 
yaratish kishilik taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat oldida turgan ulkan vazifalardan 
biridir. Xalqaro huquqiy axborotlar maydoni ana shu jahon axborot maydonining bir qismi 
bo'lishi lozim. Xalqaro kompyuter tarmoqlari jahonning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab 


olishi zarur. Bu jahon iqtisodiyoti, siyosati, biznesi, ijtimoiy munosabatiar, shartnomalar tuzish, 
to'lovlami amalga oshirish va boshqa sohalarda yangi imkoniyatlar ochadi. Jahondagi ilg'or 
mamlakatlarning axborot yig'ish, qayta ishlash va uzatish yagona jahon uyali axborot 
tarmog'ining zamonaviy telekommunikatsion aloqa vositalari kommutatsiya kanallariga ega 
davlat aloqasi, yo'ldoshli aloqa tizimlari, yer osti aloqa tizimlari, ko'chma va statsionar 
obyektlarga ega radioaloqa hamda hujjatlar almashish tizimlaridan foydalanadi.

Download 120.72 Kb.
  1   2




Download 120.72 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Mustaqil ish Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunchilik

Download 120.72 Kb.
Pdf ko'rish