• Vazirlar Kengashi
  • 2016 yilning I yarim yilligi bo’yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi




    Download 17,5 Kb.
    Sana24.03.2017
    Hajmi17,5 Kb.
    #1859

    2016 yilning I yarim yilligi bo’yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

    2016 yilning 19 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yilning I yarim yilligidagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi tashkil qilindi.

    Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari huzuridagi Komputerlashtirish markazlari mas’ullari yig’ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib borishdi.

    Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 yanvardagi majlisidagi mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan ma’ruzasida sohada yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish masalalari ko’rildi.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    Islom Karimov Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).

    Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2016 yilning birinchi choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 11,4 % ga, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 24,7 % ga o'sgan, shuningdek, komputer dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar 12,2 % ga oshgan.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Aholi Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.

    Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi esa 32 foizga oshib, 35 Gbit/s.ni tashkil etmoqda.

    Magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilda Respublika hududlari bo‘ylab jami 1250 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizilgan.

    “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi”da belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, aholining raqamli teleuzatish bilan qamrab olinish darajasi 68,8%ni tashkil etmoqda. Yil oxiriga qadar mamlakatimiz bo’ylab o’rnatilishi ko’zda tutilgan 23 ta raqamli television uzatkichlar bu ko’rsatkichni 88,0 foizga yetkazishga xizmat qiladi.

    “UZ” zonasidagi domenlar soni 28 mingtaga yetdi, ZiyoNET tarmog‘i doirasida ta’lim resurslari soni esa 119 000 taga (o‘sish 121 %) yetdi.

    Davlat organlari veb-saytlari orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga turli ma’lumotnoma va hujjatlarni olish, murojaatlarini yo’llashga qaratilgan 1350 turdan ziyod interaktiv va ma’lumot xizmatlari ko’rsatilmoqda.

    O’zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to’g’risida”gi qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2 iyun kuni qabul qilingan “Davlat elektron xizmatlarini ko’rsatish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori onlayn xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirilishida navbatdagi muhim qadam bo’ldi. Hujjatda davlat xizmatlarini ko’rsatish jarayonini optimallashtirish, ortiqcha jarayon va ovoragarchiliklarni oldini olish, xizmatlarni ko’rsatish vaqti va narxini aniqlash, shuningdek davlat organlari hujjatlarining formatini bir xillashtirish me’yorlari va tartiblari belgilab berilgan.

    Shu munosabat bilan, Hay’at yig’ilishida soha korxonalariga elektron xizmatlarini ko’rsatish tartibini takomillashtirishni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar qabul qilish vazifasi yuklatildi.

    Hay’at yig‘ilishida davlat dasturi da sohaga yuklatilgan vazifalarning ijrosi ko’rib chiqilib, tegishli korxona va tashkilotlarga vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirish bo’yicha vazifalar yuklatildi. Shuningdek, yig’ilishda ishga nisbatan intizomiy masalalar, sohaga kelib tushayotgan fuqaro murojaalariga munosabat, hukumat va rahbariyat tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi tanqidiy ko’rib chiqildi.

    “Elektron hukumat” tizimini joriy etish yuzasidan shakllantirilgan yuridik shaxslar ma’lumotlari bazasini axborot tizimlari bilan bog‘lash, xususan “Litsenziya” axborot tizimi, Fermerlar kengashi, Pensiya jamg‘armasining idoraviy axborot tizimlari bilan markazlashtirish va yangi interaktiv xizmatlarni samarali joriy qilish, aholiga elektron xizmat ko‘rsatish va ochiq ma’lumotlarni taqdim etish masalasi ko‘rib chiqildi.

    Joriy yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:

    “Inspeksiya”, “Notarius” axborot tizimlari komplekslari, “Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimini joriy qilish;

    “Soliq” va “Bojxona” axborot tizimlari komplekslarini jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar ma’lumotlar bazalari hamda Elektron hukumat idoralararo integratsion platformasi bilan integratsiya qilish;

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini texnik jihatdan takomillashtirish hamda qo‘shimcha 31 ta talabgorligi yuqori bo‘lgan interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish;

    “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi barcha litsenziyalovchi organlarda joriy qilib to‘liq ishga tushirish;

    Yagona reglamentlar va ma’lumotlar almashish shakllari asosida davlat boshqaruvida qo‘llaniladigan ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registrini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatilishini baholash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlanishini ta’minlash;

    2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektorida axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni keng joriy qilish;

    Optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish orqali Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanish imkoniyatini oshirish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini (data-sentr) ishga tushirish, ma’lumotning himoyalanishi va axborot xavfsizligini ta’minlash.



    Hay’at yig‘ilishida Prezidentimizning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida soha oldiga qo‘yilgan vazifalar, Hay’atda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, qarorlar qabul qilindi.
    Download 17,5 Kb.




    Download 17,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2016 yilning I yarim yilligi bo’yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

    Download 17,5 Kb.