2024-yil 22-fevral Xononbod mahallasi




Download 42.5 Kb.
Sana03.04.2024
Hajmi42.5 Kb.
#186408
Bog'liq
dsddsa
СHilangarlik ishi buyicha test (3), Топшириш кабул килиш, Сарварга ииб nurbek, OIBDO\' yillik ish reja 2021 2022, s.sopoboyev, Farangiz, muallim soniy, To\'garak ariza (4), Ishchi dastur informatika 2023111-kurs (6), Chaqiruv qog`ozi-458221101701 (2), aaaaaaaaaaaaaaaaaa, 2023, Topshiriq(while), Chekli va cheksiz to‘plamlar. To‘plamning quvvati va kardinal so-fayllar.org, 188.113.212.138= 176169-MUSTAQIL ISH YUZI 3.docx (2)

O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini maktab miqyosida ommalashtirishga tavfsiya etish bo‘yicha yig’ilish bayonnomasi
Qo‘shko‘pir tumanidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi amaliy fanlar uslubiyot birlashmasining 4-sonli yigilish bayonnomasidan

KO‘CHIRMA


2024-yil 22-fevral Xononbod mahallasi


Qatnashdi : Maktabning barcha amaliy fan o’qituvchilari

KUN TARTIBI


Maktabda amaliy fanlar o’qituvchilari orasida o‘z bilimi, iqtidori, qobiliyati va yaratuvchanligi bilan o‘rnak ko‘rsatgan hamda maktab va tumanda tashkil etilgan tanlovlarda o‘quvchilari yuqori natijalarga erishayotgan tasviriy san`at, chizmachilik fanlari o’qituvchisi Sapayeva Muhabbat ustozning ishlarini ommalashtirishga tavsiya etish to‘g‘risida.

ESHITILDI:


1-masala yuzasidan amaliy fanlar uslubiyot birlashma rahbari Otaboyeva Qunduzxon so‘zga chiqib, ijodkor izlanuvchan, jamoatchi o‘qituvchilarning ilg‘or ishlarini maktab miqyosida ommalashtirish hamda tuman va viloyat bosqichlariga tavsiya etishni aytib o‘tdi. Shuningdek, o‘qituvchilar o‘rgangan ilg‘or tajribalarini darslarida qo‘llaydigan, natijaviyligi sinalganligini ta'kidladi.
U Sapayeva Muhabbatning “Tasviriy san`atda portret janiri” mavzusida metodik tavsiyada umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san`atda portret janiri mavzusini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o’qitish usullari haqida yoritib berganligini aytib o`tdi.
Aynan shuning uchun "Tasviriy san`atda portret janiri" mavzusini tushuntirishda o’quvchilarga yangi innovatsion texnologiylar asosida o’qitish, bu mavzuni o’qitishda, Venn diagrammasi, mozaika metodi, sirli shaxs metodi, arxeologik parcha metodi, swot tahlili, belgilangan savollar, zamonaviy metodlardan foydalanish usullari haqida yoritilgan. Metodik tavsiyadan barcha fan o‘qituvchilari foydalinishi mumkin.
So‘z maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi Ibragimova Inobatga berildi
Ibragimova Inobat so‘zi: maktabda tajribamdan kelib, ushbu “Tasviriy san`at o`qituvchisi Sapayeva Muhabbatning Tasviriy san`atda portret janri ” metodik tavsiyada tasviriy san`at darslarida turli xil metodlardan foydalanish usullari haqida bayon etilganligi. Bu metodik tavsiyada tasviriy san`at darslarini o’quvchi yaxshi o‘zlashtirishi, tasviriy san`at fanini chuqur egallashi uchun havola qilinmoqda. O‘quvchilar o‘z bilimlaridan foydalana olishlari, ularni amalda qo‘llay olishlari lozim. Shu sababli o‘quvchilar tasviriy san`atni o‘rganish davomida tasviriy chizmalargagina emas balki tasviriy ko‘nikma va malakalarga ham ega bo‘lishlari lozimligi haqida aytib o`tdi.

So`z navbati tasviriy san`at o`qituvchisi Sapayeva Muhabbatga: Ushbu metodik tavfsiyamda “Tasviriy san`atda portret janri” mavzusini o`qitishda interfaol ta`lim metodlaridan foydalanib bordim. Barcha darslarda qo`llasa bo`ladigan metodlarni qo`lladim. Innavatsion texnologiyalardan foydalanib o`tilgan darsda o`quvchilarda o`z qobiliyatini va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishamiz.


Yig‘ilishda metodbirlashma raisi va a'zolari tomonidan bildirilgan fikrlar e'tiborga olib tajribali o‘qituvchning ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish bo‘yicha Pedagogika kengashiga taqdim etish masalasi bir ovozdan ma'qullandi. "Qarshilar"- yoʻq, “Betaraflar"- yo‘q. Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida metodbirlashma yig‘ilishi

QAROR QILADI:


1. Amaliy fanlar uslubiyot birlashmasida Sapayeva Muhabbatning metodik tavsiyalari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari ma'lumot uchun qabul qilinsin


Kengash raisi: Q. Otaboyeva
Kotibi: D.Sultonova
Download 42.5 Kb.




Download 42.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2024-yil 22-fevral Xononbod mahallasi

Download 42.5 Kb.