22-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari




Download 231.03 Kb.
Sana28.09.2022
Hajmi231.03 Kb.
#26481
Bog'liq
22-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari.
12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq, Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300

22-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari.

Reja:
1. Yog’och materiallar va ularning xossalari.


2. Yog’och material turlari va ularga ishlov berish.
3. Yog’och materiallardan tayyorlangan maxsulotlarni pardozlash.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim presslangan yog’och materiallar qurilishlarda, mebel ishlab chiqarish korxonalarida ham keng ishlatilmoqda. Yog’och materiallardan turli buyumlar ishlab chiqarish uchun eng avvalo, tegishli materialdan turli va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatiga e’tibor berish, ishlatiladigan yog’och materialning turini, tuzilishini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish juda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun har qanday yog’och materiallar texnikada asosiy qirqim (ko‘ndalang, radial va tangen-tal) buyicha tekshirilib, ma’lum sohada ishlatish uchun tavsiya qilinadi (rasm).

Daraxtning tuzilishi. Tabiatda o‘sib turgan har qanday daraxtni shartli holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, tana va shox-shabbalardan iborat. Daraxtning tomirlari murakkab, har tomonga tarmoqlagan ko‘p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga kiruvchi mayda tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, uglekislotalarni suv orqali tortib, yirik tomirlar, so‘ngra daraxtning tanasi orqali shox-shabbalariga uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti uchun turli ozuqalarni to‘plab
saklaydi. Daraxtning tanasi asosiy qism bo‘lib, uni shartli ravishda ingichka (yuqori)
qism va yo‘g‘on (pastki) qismga bo‘lish mumkin.
Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi ingichka tana
qismi bo‘lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar kiradi. SHox-shabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o‘ynaydi. Daraxt barglari esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni xosil qiladi, bu daraxtning o‘sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning kapillyarligini, g‘ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh qirqim deyiladi. Daraxt uchta bosh qirqimdan iborat bo‘lib, uni o‘zaro farq qilish kerak. Kundalang qirqim daraxt tanasining o‘qiga perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali, radial qirqim tananing uzunligi va markazi (o‘qi) buylab o‘tkazilgan tekislik bilan kesish orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan (o‘qidan) o‘tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi. SHuni aytib utish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari ham, o‘z
navbatida, bir necha qismlarga bo‘linadi. Tananing asosiy kismlari. Har qanday daraxtning kundalang va radial qismlarida uning asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni o‘zagi, mag‘izi, markaziy qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni kuzatish mumkin. O‘zak. Taxminan tananing markaziga joylashgan bo‘lib, ko‘pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa aylanasimon bo‘lib, diametri taxminan 2—5 mm (ba’zi daraxt turida 10 mm ga-cha) bo‘ladi. Uzak nozik, tez chiriydigan buladi. CHirish o‘zakdan boshlansa, po‘stloqqacha tarqalib daraxtni yo‘q kilishgacha olib keladi. Uzak rovak xujayralardan iborat bulib, u butun tana buylab utadi. Uzakdan pustloqqa qarab uzak nurlari utadi (1- rasm). Markaziy qism. Tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Bu qismning rangi orqali daraxtning turlarini, mag‘izliligini va mag‘ihzsizligini ajratish mumkin, chunki-mag‘izli daraxt turlarida markaziy qismi (mag‘izi) koramtir rangda, mag‘izning periferiyasi buyicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bulib, pustloq osti (zobolon) deb aytiladi. Agar mag‘izning rangi pustloq osti qatlamining rangidan farq qilmasa, daraxt etilgan xisoblanadi.
Pustloq. Tashqi, ichki qatlamdan iborat bulib, tana xajmining 6—25% cha qismini (miqdorini) tashkil etadi. Pustloqning tashqi qismi puk qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog’ochni turli tashqi ta’sirlardan, issiq-
sovuqdan, mexanik ta’sirlardan, turli zararkunanda hasharotlardan saqlaydi. Daraxt pustlog‘ining ichki qismi lub qatlami deyiladi. Lub qatlam kuzga kurinmaydigan mayda tolalar (kapillyarlar) dan iborat.
Daraxt po‘stlog‘i hozirgi vaqtda xalk xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq SHarq va Saxalin zonalarida o‘sadigan probkali eman daraxtining po‘stlog‘i qalin bo‘lib, ulardan probkalar, issiklik-izolyasion materiallar (plita-lar) va shu kabilar tayyorlanadi.
O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog’ochlarning tabiiy gullari juda chiroyli buladi. Teksturalari chiroyli bulgan yog’ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida, qoplovchi material—shpon tayyorlashda keng foydalaniladi. Yong‘oq, nok, chinor, shumtol, eman kabi yogochlar radial va tangental yunalishda tilinganda chiroyli kurinish (gul) lar xosil buladi. Yog’ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun tolalarning yo‘nalishiga parallel qilib yoki ma’lum burchak ostida buyoqlar surtiladi. Yog’ochning hidi. Yog’ochlar tarkibidagi smolalar, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda har xil hidli bo‘ladi.
Yog’ochning o‘zak qismi utkir hidli bulib, unda yuqoridagi moddalar kup buladi. Yangi kesilgan, shuningdek igna bargli daraxtlar yanada utkir xidli buladi. Yog’och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib boradi. Yog’och hidining bunday o‘zgarib borishi uning tarkibidagi turli moddalar mikdorlarining o‘zgarishi orqali sodir buladi). Hidning o‘zgarishi yog’ochning buzilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yog’ochning namligi. Yog’ochlarning namligi deb solishtirma namlik miqdorining absolyut quruq yog’och namuna massasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Absolyut quruq yog’och esa laboratoriya sharoitida olingan namunani quritish shkaflarida (pechlarida) quritish orqali hosil qilinadi. Korxona sharoitida yog’ochlarning namligi, asosan tortish va elektr metodi bilan aniqlanadi. Tortish metodi buyicha namlik quyidagi formula bilan topiladi:

Bunda m —namunaning quritishdan oldingi massasi; 0m — shu namunaning absolyut xolatigacha quritilgandan keyingi massasi. Tortish metodi buyicha absolyut namlikni aniqlash uchun tegishli yog’och materiallardan 20X20X30 mm li prizmatik namunalar tayyorlanib tekshirish maqsadga muvofiqdir. Tayyorlangan bunday namuna notekisliklardap va yog’och qipiqlaridan tozalanadi, keyin esa 0,01 g aniqlikda tortib, С 02 103 ± temperaturasi bulgap quritish shkafida quritiladi. Quritish protsessi 12... 24 soatgacha davom etishi mumkin (yog’och turiga bog‘liq holda) yoki juda tez xolda (bu uncha aniq metod emas) yog’ochlarning elektr o‘tkazuvchanligiga asoslangan elektrovlagomer yordamida ulchash orqali ularning namligini aniqlash mumkin. Yog’ochlarning namligiga qarab: ho‘l, chala quruq, ochikda qurigan, uyda qurigan va absolyut quruq deb bir-biridan farq qilinadi. YAngi kesilgan daraxtniig namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab 40% va undan yuqori bo‘ladi, ya’ni ho‘l yog’ochning namligi 23 % day ortiq chala quruq, yog’ochning namligi 18—23 % gacha, ochiq havoda qurigan yog’ochning namligi 12—18 % gacha uy ichida qurigan yog’ochning namligi 8—12 % gacha buladi. Absolyut quruq qurigan yog’ochning namligi 0% bo‘lib, bu laboratoriya sharoitidagina hosil qilinadi. Yog’ochning og‘irligi uning turiga, tuzilishiga va namligiga bog‘liq. Yog’ochning solishtirma va hajmiy og‘irligi buladi. Solishtirma og‘irlik-hech qanday g‘ovakligi, namligi, havosi bulmagan absolyut yog’ochning og‘irligi hisoblanib, birligi GG‘sm3 larda ifodalanadi.
Hamma turdagi yog’ochlarning solishtirma og‘irliklari taxminan 1,5 ga teng buladi. Hajmiy og‘irligi deb yog’ochning g‘ovakligi, namligi, havosi va smolasi bilan qattiq moddasining birgalikdagi og‘irligiga aytiladi. Bu og‘irlik yog’ochning asosiy sifatlarini, mexanik xossalarini ko‘rsatuvchi faktorlar bulib, katta amaliy axamiyatga ega. Turli yog’ochlarda hajmiy og‘irlik turlicha buladi. Hatto, turli joylarda o‘sgan bir turdagi yog’ochning hajmiy og‘irligi ham bir xil bo‘lmaydi. Bulardan tashqari, yog’ochlarning fizik xossalariga: yog’ochlarning qurishi, nam tortib bukilishi, tob tashlab qiyshayishi, yorilishi, yog’ochlarning zichligi, tovush, issiqliq, elektr o‘tkazuvchanliklari ham kiradi. Yog’och materiallar tayerlash. Yog’och materiallarga quyiladigan talablar tegishli GOST bilan belgilanadi. GOSTda yog’och materiallarning o‘lchamlariga, ruxsat etiladigan nuqsonlarga, ishlov berish sifatiga, o‘lchash usuliga, sortlarga ajratish, markalash va hisoblashga nisbatan quyiladigan talablar kursatiladi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida asosiy yog’och materiallari-turli xodalar, taxta materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan, tilingan, yunilgan, elimlangan fanerlar va hokazolar), duradgorlik plitalari, yog’och payraxali plitalar keng ishlatiladi. Bunday yog’och materiallarining ba’zilari sanoat miqyosida qanday ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda ba’zi xususiyatlari bilan qisqacha tanishtirishni maqsadga muvofiq deb topdik. Xoda—shox-shabbalari kesilgan, po‘stlogi tozalangan daraxt tanasining bir qismidir. Xodalar 3 gruppaga bulinadi, ya’ni ingichka xodalar (kichik diametrli)—diametri 8—13 sm gacha; o‘rtacha xodalar (urta diametrli)—diametri 14—24 sm gacha; yo‘g‘on xodalar (katta diametrli)—diametri 25 sm va undan yo‘g‘onroq buladi. Xodalarning asosiy uzunligi 6,5 m bulib, qurilishlarda ishlatiladigan xodalar ko‘pincha 4—7 m uzunlikda tayyorlanadi. jadval YOgochlarning asosiy mexanik xossalari
Taxta materiallar. Yo‘g‘on xodalar piloramalar, lenta arrali, disk arrali stanoklar yordamida tilinib, ulardan har xil taxta materiallar hosil qilinadi. Bunday taxtalarning qalinligi: 7, 10, 13, 16, 19, 22, 25, 32, 40, 45, 50, 60, 70, 75, 100 mm va eni 80 dan 250 mm gacha (10 mm dan oralatib) tayyorlanadi. Sanoat miqyosida tayyorlanadigan taxta materiallarining qalinligi odatda, uch son bilan yoziladi. Masalan: 6,5x18X40 bulib, bundagi 6,5—taxtaning uzunligi metrda, 18—eni sm hisobida, 40— qalinligi mm hisobida ifoda etiladi. Faner—g‘o‘lalarni tilish, randalash, yo‘nish yo‘li bilan olinadigan yupqa yog’och-taxta material. Tayyorlash usuliga qarab tilingan, randalangan, yo‘nilgan, elimlangan fanerlar bo‘ladi. Tilib, randalab olinadigan fanerlar eman, shumtol, yong‘oq, qayrag‘och, zarang, nok va boshqa qimmatbaxo yog’ochlardan tayyorlanadi. Fanerlar har xil duradgorlik ishlarida, mebelsozlikda qoplama material sifatida ishlatiladi. Randalangan fanerlar—faner randalovchi maxsus stanoklarda yog’ochlarni randalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fanerlarning qalinligi 0,8—1,5 mm, eni 80 mm va undan ortiq uzunligi 100 mm va undan ortiq bo‘ladi. Tilingan fanerlar—burang yoki yashma bug‘lash natijasida mo‘rt bo‘lib qoladigan ba’zi yog’och gulalarini tilish yuli bilan hosil qilinadi. Yo‘g‘on g‘o‘lalarni radial yunalish buyicha tilish yuli bilan olinadigan fanerlar boshqa yo‘nalish buyicha tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori baholanadi.
CHunki radial yo‘nalish buyicha tilingan fanerlarda o‘zak nurlari juda chiroyli tekstura hosil qiladi. Bu holda, fanerlar kimmatbaho mebellar tayyorlash va qoplash maqsadida ishlatiladi. Tilingan fanerlarning qalinligi 0,8—2 mm gacha buladi. Fanerning namlik darajasi 10 % bulishiga ruxsat etiladi. Yunilgan fanerlar (shpon) lar esa yunuvchi stanoklarda tayyorlanadi. Yunilgan fanerning qalinligi 0,3 : 3,5 mm gacha, eni esa g‘o‘laniig tegishli uzunligiga teng buladi. Butun g‘o‘lani yo‘nish vaqtida spiralsimon shpon chiqariladi. SHu yul (usul) bilan zarang, Kareliya qayinidan «qush ko‘zi» deb ataluvchi chiroyli gulli shpon olinadi. Elimlangan fanerlar yunilgan shponlarni bir-biriga elimlash yuli bilan tayyorlanadi. Bundan faner 3—15 tagacha bulgan toq sondagi shpon varaqalaridan tayyorlanadi. Elimlangan fanerlar taxta materiallarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega:
1. Hamma yo‘nalishi buyicha puxtaligi bir xil.
2.Taxta materialga nisbatan kam tob tashlaydi. Ruy bergan tob tashlash
elimlash yuli bilan oson bartaraf etiladi.
3. Kam yoriladi. YOriklarning bir tomondan ikkinchi tomonga utishi mutlako ruy bermaydi.
4. Faner taxtalarining ulchami katta bulganligi uchun taxta materiallarpi yigib, yirma tayyorlash ishidan xoli qiladi, ishni qisqartirishga, soddalashtirishga yordam beradi.
5. Oson egiladi (xususan, buklangandan sung).
6. Teshish uchun qulay va xokazo.
Duradgorlik plitalari. Bir-biriga elimlab yopishtirilgan yoki yopishtirilmagan reykalardan yigilgan va ikki tomoniga bir yoki ikki qavat shpon yopishtirilgan yog’och shpon duradgorlik plitasi deb ataladi. Duradgorlik piitalari chiroyli gulli, randalangan fanerlar bilan ham qoplanadi. Bular bir tomonlama yoki ikki tomonlama qoplanadi. Duradgorlik plitalarining qalinligi 16 dan 50 mm gacha, eni 1220 dan 1525 mm gacha, uzunligi 1800 dan 2500 mm gacha qilib tayyorlanadi. Plitalardan shchitli mebellar, eshik, tusiq, polkalar, divan va boshqalar tayyorlanadi. Yog’och payraxali plitalar. Yog’ochni qayta ishlash korxonalarida xoda va g‘o‘lalarni tilish, randalash vaqtida, faner va shchit tayyorlashda ko‘plab qipiq, payraxa, taxta, reyka va fanerlarning chikindilari hosil buladi. Ulardan plitalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Plita tayyorlash texnologiyasi kuyidagichadir. Yog’och ishlash stanoklarida hosil bulgan payraxa, qipiq va yog’och chikindilar-plita tayyorlash sexiga yuboriladi. Bu erda katta o‘lchamdagi yog’och chiqindilar maydalanadi va vibratsion elaklarda elanib, changdan tozalanadi. Tozalangan tarasha maydalanib, payraxalar bilan birgalikda quritgichga yuboriladi. Bu erda payraxa namligi 4—6% ga tushguncha quritilib, aralashtirgichga yuboriladi va sintetik smola bilan aralashtiriladi. Sintetik smolaning mikdori quruq payraxa ogirligining 6—8% ini tashkil etadi. Natijada, hosil qilingan aralashma tayyorlanadigan buyum va mebel qismlarining shakl hamda o‘lchamlariga ega bulgan maxsus qoliplarga to‘kib yoyiladi va tekislanadi. Yoyilgan payraxaning qalinligi tayyorlanadigan buyum qalinligi va zichligiga qarab har xil buladi. Qolip sovuq pressga utkazilib, unda payraxani 40—45 mm qalinlikkacha presslanadi. So‘ngra issik, pressga o‘tkaziladi. Issiq pressda presslash Q140° gacha temperaturada olib boriladi. Tegishli korxonalarda yog’och payraxali plitalar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik protsess yarim avtomat va avtomat liniyalar yordamida olib boriladi. Yog’och payraxali plitalar qalinligi 5—100 mm gacha, eni 1200—2400 mm gacha, uzunligi 5400 mm gacha qilib tayyorlanadi. SHuni aytib utish kerakki, bunday plitalarning hohlagan uzunlikdagisini uzluksiz presslash orqali hosil qilish mumkin. Bunday plitalarning puxtaligi va tuzilishi hamma yunalishda bir xildir. Ularga randalangan faner, pardoz shponi qoplash yo‘li bilan sifatini oshirish va turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Ular mix, burama mix yordamida tirnok,li birikmalar xosil qilish yuli bilan oson biriktiriladi. Yog’och payraxali plitalar mebel korxonalarida ishlatiladigan barcha yog’ochning 85% gacha qismini tashkil etadi. Plitalar pol tayyorlash, devor va shiplarni qoplash, eshik qanotlari tayyorlashda ishlatiladi. Yog’ochlarda uchraydigan nuksonlar. Tegishli sanoat korxonalarida hosil qilinadigai yoki tayyorlanadigan yog’och materiallar hamma vaqt ham yuqori sifatli bulavermaydi. Yog’och materiallarning sorti (navi), sifati, texnik xossalarini pasaytiruvchi, ishlatish sohalarini cheklovchi, xizmat muddatini qisqartiruvchi, ishga yaroqsiz holga keltiruvchi tabiiy holda mavjud bulgan yoki keyinchalik hosil bulgan bu xil kamchiliklar yoki ko‘rinishlar yog’ochlarning nuqsonlari deyiladi. Yog’ochlarda uchraydigan ko‘pchilik nuqsonlar, asosan, usish davrida hosil bulib, ba’zan esa material tayyorlash, tashish, saqlash, undan foydalanish vaqtida ham sodir buladi. Yog’och materiallarda tabiiy mavjud bulgan va keyinchalik sodir buladigan nuqsonlar — butoqlar, yog’och rangining buzilishi, chirish, turli yoriqlar, hasharotlar bilan shikastlanish shular jumlasidandir.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Yog’och materiallari qanday tayyorlanadi?
2. Yog’ochning pishiqligi nima?
3. Daraxtning tuzilishi nimalardan iborat?
4. Yog’ochning qanday turlari mavjud?
5. Yog’ochning fizik xossalarini aytib bering/
6. Yog’ochning teksturasi nima?
7. Yog’ochning namligi nimalarga bog’liq?
8. Duradgorlik plitalari nima?
9. Elimlangan fanerlarning afzalliklari nima?
10. Kambiy nima?
Download 231.03 Kb.




Download 231.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



22-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari

Download 231.03 Kb.