• Oiladagi tarbiya uslubi”ni aniqlash uchun yopiq turdagi 10 ta anketa savollari tuzing.
  • Konfliktologiya” mavzusida 5 ta test tuzing.
  • 29-variant Muloqot tomonlari




    Download 27.44 Kb.
    bet1/4
    Sana01.07.2022
    Hajmi27.44 Kb.
    #24650
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Gulira\'no Raxmanova


    29-variant
    1.Muloqot tomonlari
    2.“Oiladagi tarbiya uslubi”ni aniqlash uchun yopiq turdagi 10 ta anketa 3.savollari tuzing.
    Konfliktologiya” mavzusida 5 ta test tuzing.

    1. Muloqot tomonlari

    Reja
    1. Muloqot xaqida umumiy tushuncha.
    2. Muloqot tomonlari.
    3. Muloqot ijtimoiy psixologik voqelik sifatida.
    4. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi.
    Muloqot faqat insonlarga xos bо‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug‘iladi.
    Muloqot - odamlar о‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining kо‘p qirrali jarayonidir Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat kо‘rsatuvchilar о‘rtasida axborot ayirboshlashni о‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning о‘zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat sо‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan Muloqotda bо‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati Muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan Muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bо‘lamiz. Demak, Muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (о‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (о‘zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
    Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni о‘rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
    Har bir kishining о‘z “Meni” atrofdagilar bilan bо‘ladigan Muloqot jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yо‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu Muloqotga bо‘lgan ehtiyojdir. Muloqotga bо‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo Muloqotga bо‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bо‘lgan Muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
    Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga tо‘g‘ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini о‘ynasak, kasalxonada bemor, dо‘konda haridor, oilada rafiq yoki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz.
    Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogik Muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, о‘qituvchi va о‘quvchi munosabatlari, о‘qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim - tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim о‘rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bо‘lishi, katta guruhlar - jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni о‘rganadi. Bu masalalarni hal qilishda Muloqot psixologiyasi katta ahamiyatga ega. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun Muloqot psixologiyasini bilish zarur. Siyosatchilarda notiqlik mahorati shakllangan bо‘lishi kerak, bunda ularga Muloqot psixologiyasini yaxshi bilishlari yaqindan yordam beradi.
    Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari, tizimi, diniy his - tuyg‘ular, diniy guruhlar psixologiyasini о‘rganishda albatta Muloqot sirlari, Muloqot madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, Muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‘liq holda rivojlanadi.
    О‘zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin birmuncha ijobiy о‘zgarishlar yuz berdi, ularning bir qismi milliy istiqloldan sо‘ng amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari ona tilida rasmiylashtirilmoqda, yig‘ilishdagi ma’ruzalar о‘zbek tilida qilinmoqda. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, о‘zbek tilining mо‘saffoligi, aniq va lо‘ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi Muloqotda о‘z ifodasini topa olmayapti, natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo nutq madaniyatini yoshlarda shakllantirishdir. Shuningdek, о‘qitish jarayonida bо‘lajak mutaxassislarga Muloqot madaniyati, muloqot sirlarini singdirish, guruh va jamoalarda о‘zaro munosabatlarni Muloqot orqali yaxshilashdir. Muloqotning nazariy va metodologik muammolarini hal qilish, Muloqotni nutq bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlash fanning asosiy maqsadini tashkil qiladi.
    Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda о‘z ifodasini topadi:
    1) hamqorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo о‘zaro ta’sir va Muloqot qonuniyatlarini о‘rganish;
    2) Sharq allomalarining Muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;
    3) talabani faollikka undovchi muloqotviy imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlab о‘tish;
    4) talabalarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan Muloqotni shakllantirish;
    5) shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda Muloqotning rolini orttirish;
    6) о‘zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.
    Biz bо‘lajak mutaxassislarda quyidagi muloqot xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur:
    — muloqot madaniyatining nazariy asoslarini;
    — shaxslararo munosabatlar qonuniyatlarini;
    — pedagogik Muloqotning qonuniyatlarini;
    — oilada, guruh va jamoalarda Muloqotga qо‘yiladigan asosiy talablar haqida tasavvurga ega bо‘lishi kerak;
    — shaxsda Muloqot shakllanishini о‘rganish;
    — muloqot madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;
    — shaxslararo munosabatlarda Muloqotning ahamiyatini kuzatish;
    — Muloqot sirlarini bilishi va qо‘llay olishni;
    — guruhlarda Muloqotni shakllantirish metodikalarini о‘tkazish;
    — oilada Muloqot madaniyati, Muloqot sirlaridan bohabar bо‘lish;
    — Muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil tish yuzasidan kо‘nikmalar hosil qilish.
    Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday kо‘rinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan о‘zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, о‘zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir о‘tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.
    Shuning uchun Muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtiroq etib, hamqorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish Muloqot maromiga bog‘liq bо‘lib. shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson g‘oyalarini anglatadi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, harakter hislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bо‘lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida Muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari, kо‘nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir о‘tkazish uslubi tarkib topishi mumkin. Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida о‘zini-о‘zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.
    Barkamol insonlarning muloqot maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish о‘quvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar о‘rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g‘ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish - о‘zini - о‘zi mukammallashtirish, о‘zini - о‘zi ruyobga chiqarish, о‘zini-о‘zi boshqarish, о‘zini - о‘zi baholash, о‘ziga - о‘zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidning tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish - bо‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
    Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu о‘zini - о‘zi ortiqcha yoki past baholash tufayli о‘ziga va uni qurshab turgan odamlarga notо‘g‘ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bо‘lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
    1) hamqorlik faoliyatida, Muloqotlar tizimi orqali Muloqot jarayonining barcha a’zolari о‘rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
    2) Muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
    3) insonning Muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari tо‘g‘risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg‘ulotlarni uyushtirish.
    4) shaxslararo munosabatlar va Muloqot usullariga mо‘ljallangan ishbilarmonlik о‘yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
    L. S. Vigotskiy, A. N. Leontyev, A.R. Luriya, D.B.Elkonin,
    A. V. Zaporojets, M. I.Lisina tadqiqotlarida kо‘rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri - bu Muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalar tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan Muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:
    1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bо‘ladi;
    2) kattalar bilan hamqorlik qilish ehtiyoji tug‘iladi;
    3) avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug‘iladi;
    4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan о‘zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
    Xullas, inson о‘zini idora qilish, turli vaziyatlarda о‘zini tutish fazilatlari о‘zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamqorlik fazilatida ma’lum yutuqlarga erishadi:
    1. Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqe bо‘lishi nafaqat ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettiribgina qolmaydi, balki ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.
    2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yо‘naltirilganligi va tо‘planganligi turli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib Muloqot maromiga putur yetkazadi.
    3. Inson о‘zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini о‘zlashtirish uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zо‘riqish orqali kо‘zlangan maqsadiga yetishi mumkin (E.G‘oziyev. Muloqot psixologiyasi. T.2001 23-bet).
    Yuqoridagi qoidalarga barcha talabalar rioya qilib, gavdalarini tо‘g‘ri tutish, muammoli vaziyatlarga va Muloqot maqsadiga, maromiga mutanosib tushadigan hodisalar, holatlar, sharoitlar, muayyan muhit, mazmunli harakatlar, imo - ishoralar, mimika, pantomimika ustida ishtiyoq bilan shug‘ullansalar, yengil tabassum, iliq, miyig‘ida kulish, chiroyli yurish kabi mashqlarni amalga oshirsalar, noverbal nutq yordami bilan shaxslararo munosabatni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish imkoniyatiga erishadilar. Atrofdagilarda yoqimli taassurot qoldirish, ularda mehr - muhabbat tuyg‘usini о‘yg‘otish Muloqotdosh tanlashga imkon tug‘diradi. Jismoniy va ma’naviy jihatdan erkinlikka erishish о‘ziga ishonch tuyg‘usini yuzaga keltirsa, mustaqillik Muloqotda teng huquqli sherik bо‘lishga shart-sharoit yaratadi.
    Birinchi toifadagi Muloqot (faoliyatdan kо‘zlangan maqsadga erishish uchun axborot ayirboshlash, kommunikatsiya о‘rnatish) bilan bir qatorda ikkinchi toifadagi Muloqotning (о‘zligingni boshqa kishilarda davom ettirish) mavjudligi har bir kishining ikkinchisiga kо‘rsatadigan ta’siriga e’tiborni jalb qiladi. Ta’lim - bu avvalo axborot jarayonidir. О‘qituvchi о‘quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi va о‘z navbatida teskari aloqa tarzida undan ma’lum qilingan bilimlar qanday о‘zlashtirilganligi haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. О‘zaro birgalikdagi harakat mohiyatlar darajasida amalga oshiriladi.
    Pedagog tarbiya vazifalarini amalga oshirarkan, о‘quvchilarga kо‘rsatadigan ta’sir tarbiyalanuvchilar kо‘rib, eshitib va bajarib borayotgan mazmunlarning muayyan darajada о‘zgarishini taqozo qiladi. Pedagog kо‘rsatadigan ta’sirning turlicha samara kasb etishi zamirida uning shaxsiyatiga oid xususiyatlar, uning о‘zini davom ettirish, о‘zining shaxsiyatiga oid mazmunlarni yoshlarga о‘tkaza bilish qobiliyati, uning pedagogik munosabati harakteri va samaradorligi aksi mujassamlashgandir.
    Muloqotga kirishuvchilarning о‘zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan Muloqotdan qoniqish hosil qilganligining yuksak darajasi, javob tariqasidagi his-tuyg‘ular va afzallikning о‘zaro taxmin qilinishi bilan belgilanadigan о‘zaro munosabatlar va о‘zaro birgalikdagi harakatning barqaror individual-tanlash tizimi sifatidagi dо‘stlik kishilar munosabatining alohida shakli sifatida yuz beradi. Dо‘stlikning rivojlanib borishi uning о‘zaro hamjihatlikning zarurligini, oshqoralik va ochiqlikni, ishonchni, о‘zaro faol yordamlashuvni, samimiylikni va his-tuyg‘ularning beg‘arazligini qaror toptiruvchi yozilmagan qonun - qoidaga amal qilishini taqozo etadi.
    Dо‘stona Muloqot о‘rnatish va dо‘st tutinish muammosi о‘spirinlik yoshida ayniqsa dolzarb masalaga aylanadi. Pedagoglarning kuzatishlari, о‘spirinlarning sir saqlanadigan kundaliklari, ularning “Dо‘stlik va muhabbat tо‘g‘risida”gi mavzularda о‘tkaziladigan suhbatlarga qiziqishlari ana shundan dalolat beradi. Dо‘st orttirishga bо‘lgan ehtiyoj о‘spirinlik yoshi uchun xos xususiyat hisoblanadi. О‘spirin odatda dо‘stona Muloqotning ulchovi haqida yetarli darajada aniq - ravshan tasavvurga ega bо‘lmaydi, bu yoshda u kо‘proq intiladigan alohida juftlashgan holda dо‘stlashuvdan kо‘ra kо‘proq о‘z tengdoshlari bilan kengroq ma’nodagi Muloqotga kirishishni taqozo etadigan о‘rtoqlik ancha keng tarqalgan bо‘ladi.
    О‘zaro dо‘stona yaqinlik belgisiga kо‘ra birlashgan ulfatlar, tadqiqotlardan ma’lum bо‘ldiki, muayyan bir kasb atrofida guruhlar ajrala boshlaydi. Dо‘stlik Muloqoti о‘rnatgan va ta’riflangan bо‘g‘inlarda, eksperimentlar natijasida olingan ma’lumotlarning guvohlik berishicha, yoshlarning о‘zlari qaysi kasbni egallash niyatida ekanliklarini aniqlagan, bо‘lg‘usi kasb haqidagi, uning imkoniyatlari va istiqbollari, unga tayyorlanish yо‘llari kabilar haqidagi axborot bilan bir-birlarini boyitgan holda olib boradigan yashirin kasb tanlash ishi yuz beradi. О‘spirinlarda juftlashgan tarzdagi dо‘stona Muloqot andozasi, garchi faqat shunday bо‘lmasa ham, kо‘pincha jinslar о‘rtasida yuz beradigan ishqiy munosabatlarda, ilk yoshlik muhabbatining dastlabki kо‘rinishlarida kо‘rtak yozadi.


    1. Oiladagi tarbiya uslubi”ni aniqlash uchun yopiq turdagi 10 ta anketa savollari tuzing.

    1. Familiyangiz, ismingiz, otangizni ismi, tug‘ilgan yilingiz, ma’lumotingiz, kasbingiz va adresingiz.


    2. Oilangizda necha farzandingiz bor.
    3. Sizning sevgan mashg‘ulotingiz.
    4. Bolangiz sevgan mashg‘ulotlarni sanab bering.
    5. Oilangizda farzandlaringiz mashg‘uloti uchun qanday sharoitlar mavjud. Maxsus xona, stol, stul, kitob shkaflari, radio va boshqalar.
    6. Bolangizni tarbiyalashda qiynalyapsizmi. Ha yeki yo‘q.
    7. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti. (Tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, ota-onalarning bemaslahat ish olib borishi, bolalarni ish bilan band etmaslik, yeshiga, qiziqishlariga qarab muomala qilmaslik, xo‘jalik ishlarining bajarilishida ishtirok etmasligi va hokazo).
    8. Siz tarbiya ishida uslublar zarur deb hisoblaysizmi. Ha yeki yo‘q. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug‘ullanasiz.
    9. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko‘proq shug‘ullanadi, bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar.
    10. Siz ko‘proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz.
    11. Siz va bolalaringizning kelajak haqidagi qarashlarida qarama-qarshilik mavjudmi. Fikrlaringiz to‘g‘ri keladimi. Ha yeki yo‘q.
    12. Bolangiz nima sababdan u yeki bu noo‘rin xatolarga yo‘l qo‘yishi hollariga e’tibor berasizmi. Ha yeki yo‘q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi. Sababini hisobga olasizmi.
    13. Oilangizda o‘z-aro munosabatni qanday baholaysiz.
    14. Qizingiz yeki o‘g‘lingiz haqida kimlardan ko‘proq ma’lumot olib turasiz. Kishilardan, jamoatchilikdan, o‘qituvchilardan yeki boshqalardan.
    15. Tarbiyaga oid Adabiyotlarni, ro‘znoma va oynomalarni muntazam o‘qib borasizmi. Tarbiya ishlari haqidagi qanday gazeta va jurnallarga obuna bo‘lgansiz.
    16. Tarbiyaga oid oynai jahon ko‘rsatuvlarini tomosha qilasizmi. Eshittirishlarni muntazam eshitasizmi.
    17. Oilangizda bolalaringizga ertak, maqol, topishmoqlar aytib berasizmi.
    18. Shu o‘quv yilida necha marta va nima sababdan maktabda bo‘ldingiz.
    19. Necha marta va qanday maqsad bilan sinf rahbarlari uyingizda bo‘ldi. Har oyda necha marta sinf rahbari siznikiga keladi.
    20. Bolalarning o‘zlashtirishi va tarbiya sifatlarini yaxshilash uchun qanday maslahat berasiz.


    1. Konfliktologiya” mavzusida 5 ta test tuzing.




    Download 27.44 Kb.
      1   2   3   4




    Download 27.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    29-variant Muloqot tomonlari

    Download 27.44 Kb.