3-LABORATORIYA ISHI
SOVITISH TIZIMIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
Ishdan maqsad. Sovitish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari,
tizimdagi nosozliklarini o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar. Sovutish tizimi nosozliklari.
Sovutish
tizimining nosozliklarni quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa bo‘ladi:
-dvigatel uzoq muddatda, zo‘riqib ishlamaganda ham qiziydi, agar
ta’minot va o‘t oldirish jihozlari noto‘g‘ri sozlangan bo‘lsa,
radiator
suyuqligi qaynab ketadi.
-termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki mutlaqo ochiq bo‘lsa
(dvigatel yurgizilgandan keyin) asta-sekin qiziydi, bordi-yu klapan kech
ochilsa, dvigatel tez qizib ketadi.
Tizimning nosozliklari zichlikning buzilishi, ya’ni suv nasosi
moytutqichi(salnigi), patrubka va boshqa joylaridan
suyuqlikning sizib
oqishi, tasma tarangligining bo‘shashib qolishi, uning uzilishi, termostat
qopqog‘ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining
sinishi, radiator qopqog‘ining jips yopilmasligi, tizim devorlarida
suyuqlik cho‘kindi (quyqa)si hosil bo‘lishi hisoblanadi.
Sovutish tizimiga TXK. TXK ishlari avtomobillarga KXK, 1-TXK va
2-TXK vaqtida bajariladi.
Kundalik xizmat ko‘rsatishga tizimning jipsligini ko‘rish va sovutish
suyuqligining sathini me’yoriga keltirish kiradi. Qish vaqtda avtomobil
garajdan
tashqarida, ya’ni ochiqda saqlanganda sovutish tizimidagi, o‘t
oldirish isitkichidagi, shuningdek peshoyna yuvish uchun mo‘ljallangan
bakchadagi suv to‘kib tashlanadi. Dvigatelni yurgazishdan oldin tizim
issiq suv bilan to‘ldiriladi yoki maxsus isitish tizimiga ulanadi.
1-TXK va 2-TXK dan avval tizim diagnostika qilinadi, bunda
tizimning zichligi, sovutish
suyuqligining harorati, chaqmoqollatgich
tasmaning tarang tortilishi va termostat klapanining ochilish va yopilish
haroratlari tekshiriladi. Dvigatel me’yorida ishlaganda sovutish tizimi
suyuqligining harorati 8095C chegarasida bo‘lishi kerak, radiatorning
yuqori va pastki qismidagi suyuqlik haroratining farqi 812C oralig‘ida
bo‘ladi. Tizimning jipsligini tekshirish uchun radiator qopqog‘i ostidagi
bo‘shliqqa 0,06 MPa ortiqcha bosim beriladi. Bosim pasayib ketsa, demak
qayerdandir sovutish suyuqligi sizib chiqayotgan bo‘ladi.
Termostat klapani suyuqlik harorati 6570C bo‘lganda ochila
bosh-laydi va 8085C da to‘la ochiladi. Nosoz termostatni almashtirish
zarur.
Diagnostika natijalariga ko‘ra sozlash va mahkamlash ishlari
bajariladi. Undan tashqari 1-TXK va 2-TXK da chaqmoqolparrak,
radiator
hamda jalyuzi tekshiriladi va, kerak bo‘lsa, mahkamlanadi.
Yuritma tasmalari tarangligi rostlanadi, suv nasosining hamda
chaqmoqolparrak tasmasini taranglovchi qurilmaning podshipniklari
moylanadi. Mavsumiy xizmat ko‘rsatishda sovutish va isitish tizimining,
shuningdek, yurgazib yuborish isitgichining jipsligi tekshiriladi, sovutish
tizimi yuviladi, qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rilayotganda yurgazib
yuborish isitkichining ishlashi tekshiriladi.
Jipslik nazorat qilinadi,
shlanglar yuzalaridagi yoriqlar, shishgan joylar va qatlamlarda halqob
bo‘lmasligi kerak. Bunday tekshirishlar uchun havo nasosi, manometr va
radiator qopqog‘i o‘rniga qo‘yiladigan maxsus qurilmadan foydalangan
ma’qul. Nasos yordamida radiatorning yuqori qismida 60 kPa atrofida
bosim hosil qilinadi Agar tizim jips bo‘lsa, kran berkitilgandan so‘ng
manometr strelkasi qimirlamaydi,
aks holda, strelka bosimning
pasayishini ko‘rsatadi. Radiator yoki kengaytirish bakchasi qopqog‘idagi
havo va bug‘ klapanlari qo‘l barmoqlari bilan bosib ko‘rib tekshiriladi.
Sovitish tizimini yuvish quyidagi tartibda bajariladi: sovitish
suyuqligi to‘kiladi; tizim suv bilan to‘ldiriladi; dvigatel yurgaziladi va
qizdiriladi; suv to‘kib tashlanadi; tizim shu tartibda yana bir marta
yuviladi; so‘ng radiator sovitish suyuqligi bilan to‘ldiriladi, radiator
qopqog‘ining o‘rniga qo‘yib, kengayish bakchasiga «MIN» belgisidan
3050 mm balandlikkacha suyuqlik quyiladi. Konstruksiyaning o‘ziga
xos tomonlarini va materiallar xossalarini hisobga olgan holda,
tayyorlovchi zavodlar o‘z ko‘rsatmalarida sovutish tizimini yuvish
tartibini hamda yuvish uchun ishlatiladigan suyukliklar tarkibini
belgilaydi.
Masalan, KamAZ-740 dvigatelining radiatori yechib olinadi va
unga 5 foizli kaustik soda hamda 95 foiz suv yoki 2,5 foiz
kuchsizlantirilgan sulfat kislota hamda 97,5
foiz suvdan iborat eritma
quyiladi. Eritmaning harorati 60-80°C bo‘lishi kerak. 3040 daqiqadan
so‘ng eritma to‘kib tashlanadi va radiator issiq suv bilan yuviladi.
Sovutish suyuqligining yaxlab qolishi va tizimning zanglab
yeyilishi va unda quyqa hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida,
zamonaviy avtomobillarning barchasida antifrizlardan foydalaniladi.
Yaxlab qolmasligi uchun, uning zichligi nazorat qilib turiladi. A-40
antifrizining 20C dagi zichligi 1,0671,072 va Tosol A-40 antifriziniki
1,0751,085 gsm
3
bo‘lishi kerak.
Sovutish tizimidagi suyuqlik dvigatelni me’yoriy issiqlik tartibida
ushlab turadi va zanglashning oldini oladi. Shuning uchun suyuqlik sathi
pasaygan taqdirda suv quyish mutlaqo mumkin emas. Tizimdagi suyuqlik
har 2 yilda almashtirib turiladi.
4.1-rasm. Dvigatellardagi yuritma tasmasining tarangligini rostlash:
1-gayka; 2-taranglash plankasi; 3-generator; 4-tasma; 5-generatorni
silindrlar blokiga qotirish bolti; A-tasmaning egilishi
Ventilyator uzatmasi tasmasining tarangligi shkivlarning o‘rtasidagi
masofada tasmani 3040N kuch bilan bosib ko‘rib tekshiriladi.
Tasmaning me’yordagi tarangligi (turli xildagi dvigatellar uchun) 10-20
mm bo‘lishi kerak.
DAMAS rusumli avtomobillariga TXK da sovutish tizimidagi
suyuqlikning sathi tekshiriladi (dvigatelning sovuq holatida), uning
sathi "FULL" va "LOW" belgilarining oralig‘ida bo‘lishi zarur.
Agar sath "LOW" belgisidan pastda bo‘lsa,
suyuqlik sathi
me’yoriga keltiriladi.
NEKSIYA va ESPERO avtomobillarida suyuqlik sathi "COLD"
belgisidan yuqorida bo‘lishi kerak.