• 1. Elektron tijorat tizimi.
  • 3. O’zbekistonda elektron tijorat. Xulosa va tahlil. Kirish Elektron tijorat




    Download 44,29 Kb.
    bet1/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi44,29 Kb.
    #248759
      1   2   3
    Bog'liq
    IAKT FANIDAN MUSTAQIL ISH


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
    IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR FANIDAN
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Elektron tijorat tizimlarining mamlakatimizdagi dolzarb masalalari

    Bajardi: HBA-66/23 guruh talabasi Kenjaboyev Avazbek


    Qabul qildi:

    REJA:

    1. Elektron tijorat tizimi.

    2.Elektron tijoratning foydali tomonlari.


    3. O’zbekistonda elektron tijorat.

    Xulosa va tahlil.

    Kirish
    Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. "e-commerce") — internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish.


    Elektron tijoratga jahon miqiyosida hozirgi eng katta internet auksioni va doʻkoni eBay misol boʻladi.o'zbekiston kesimida esa Elektron tijorat maydoni Vibo Marcetplace misol bo'ladi.Elektron tijorat atamasining oʻzi deyarli 1950—1960-yillarda kompyuter paydo boʻlganidan keyin darhol paydo boʻldi. Dastlabki dasturlardan biri bu transport chiptalariga buyurtma berish, shuningdek reyslarni tayyorlash uchun turli xizmatlar oʻrtasida maʼlumot almashishdan iborat boʻlgan. U 1961-yil Massachusets texnologiyalar institutidan Leonard Kleinrok maʼlumotlarni uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish nazariyasini ishlab chiqdi.
    Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U kompyutеr tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta'minlaydi.
    Elеktron tijorat faoliyati O‘zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to‘g‘risida”gi 2022 yil 29 sentyabrdagi O'RQ-792-son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi

    Dunyoda ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o’sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi. Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi yotadi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina sodir bo’ladi. O’zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. “Elektron biznes” termini, elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga oladi. Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali iste’molchibilan ochiq munosabat o’rnatish, mahsulot va xizmatlar to’g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, 8 sotuvning alternativ yo’llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do’konlar ochish va yaratish imkoni beradi. Bugungi kunga kelib, O’zbekistonda davlat organlari elektron biznes rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda ( Elektron biznes rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi lozim; ( Elektron biznes nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim; ( Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo’llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin; ( Elektron biznes boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi lozim; ( Elektron biznes jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat chegaralariga bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi lozim. Elektron biznes mohiyati Telekommunikatsiyaning rivojlanishi hozirgi kunda butun dunyo bo'ylab jismoniy shaxslar va kompaniyalar bir-biri bilan elektron aloqa kanallari orqali bog'lanishiga olib keldi. Internet yagona axborot muhitni tashkil qilish vositasi bo'lib, biznesni rivojlanishning yangi bosqichiga o'tishga imkon berdi. Bir tomondan, u ishlab chiqaruvchilarga har xil imtiyozlar bilan iste'molchilarning maksimal auditoriyasiga kirish imkoniyatini taqdim etdi. Boshqa tomondan, bu xaridorlarga elektron interfeyslardan foydalanib, o'zlarining buyurtmalarini ishlab chiqarishni boshqarish tizimiga o'zlari kiritish imkoniyatini berdi. Shunday qilib, so'nggi yillarda elektron biznes va elektron tijorat yirik va kichik firmalar hamda jismoniy shaxslar hayotiga kirib keldi. Elektron tijorat elektron biznesdan nimasi bilan farq qiladi? Biznes - bu mulkdan foydalangan holda, tovarlarni sotishdan, ishlarni bajarishdan yoki xizmatlar ko'rsatishdan muntazam ravishda foyda olishga qaratilgan va sub'ektlar tomonidan o'zlarining tavakkallari va javobgarligi ostida amaldagiqonunchilikka muvofiq bajariladigan tadbirkorlik faoliyati. Elektron biznes (e- biznes) - bu global axborot tizimlari imkoniyatlaridan foydalanadigan biznes. Boshqacha qilib aytganda, bu uning muhim qismi axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan biznes yuritish shakli. Elektron biznesning asosiy tarkibiy qismlariga kompaniyani yagona axborot tarmog'i (intranet) asosida tashkil etish, yani ichki sohani va tarmoqlar va Internet orqali sheriklar, etkazib beruvchilar va mijozlar bilan tashqi o'zaro aloqalar (extranet) kiradi. XX asrning 60-yillaridan boshlab kompaniyalar faoliyatida elektron biznes elementlari paydo bo'ldi. Bular avtomatik biznes tizimlar, masalan: 12 - Elektron ma'lumotlar almashinuvi (Electronic Data Interchange. EDI); - pul mablag'larini elektron o'tkazish vositalari (Elektron pul o'tkazmalari, EFT); - Korxona resurslarini rejalashtirish (Enterprise Resource Planning, ERP) vositalari. Shunday qilib, elektron biznes – korxonaning xodimlari, turli korxonalar, davlat idoralari, fan, madaniyat, ta'lim muassasalari, notijorat va jamoat tashkilotlari o’rtasida ishlab chiqarish va tashlikiy munosabatlarning electron biznes-faoliyatning barcha shakllari.
    Elektron biznes paydo bo'lishi uchun shartsharoitlar Elektron tijoratning paydo bo'lishi uchun iqtisodiy va texnik shartlar mavjud bo’lgan. Iqtisodiy shart-sharoitlar XX asr ishlab chiqarishdagi texnologik operatsiyalarni bajarish uchun meyoriy vaqtni qisqartirishga doimiy hatti-harakatlar bilan tavsiflangan: ( XX asrning I-chi choragida - ommaviy ishlab chiqarish tamoyillarini joriy etish; ( XX asrning II-chi choragida - ishlab chiqarishni kengaytirilgan mexanizatsiyalash; ( XX asrning III-chi choragida - ishlab chiqarishni avtomatlashtirish; ( XX asrning IV-choragida – mahsulotlarni loyihalashtirishi va ishlab chiqarilishini moslashuvchan avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish. Shunday qilib, o'tgan asrda mehnat unumdorligining keskin o'sishi kuzatildi, bu esa ijtimoiylashtirilgan mahsulot tannarxidagi ijtimoiy mehnat xarajatlarning ulushini sezilarli darajada kamaytirdi. Ammo, oxirgi iste'molchi ushbu yutuqlarni to'liq his qilmadi. Nima uchun bunday holat ro’y berdi? Bu ishlab chiqarishning kontsentratsiyasining ob'ektiv ravishda avtomatlashtirishi va mexanizatsiyalashi natijasida ishlab chiqaruvchining iste'mol bozorlaridan izoqlashganligi sababli sodir bo'ldi. Ushbu masofaning tabiati nafaqat geografik, balki tuzilmaviy hamdir.

    Download 44,29 Kb.
      1   2   3




    Download 44,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3. O’zbekistonda elektron tijorat. Xulosa va tahlil. Kirish Elektron tijorat

    Download 44,29 Kb.