• E’tiboringiz uchun rahmat
  • 307- guruh talabasi Turopov Ibrohim




    Download 1.69 Mb.
    Sana25.11.2022
    Hajmi1.69 Mb.
    #31714
    Bog'liq
    307- guruh talabasi Turopov Ibrohim-4
    1653896170, 4a647e70537b814c832b945c7a7e9036, ГРАФИЧЕСКАЯ РАБОТА № 4 Umida, Umida prizentatsiya, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va davlatning inqirozga qarsh, Иктисод Тахлил Каримова Г, Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qo‘llanilishi., 138, ingiliz-tili-mustaqil-ish-23-varyant(1), Elektr mashinalar va elektr yuritma asoslari, 3-mavzu. Metrik fazo, Favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari (Y.Allayorov, Y.Tojiboyev), Metrologiya 3-topshiriq, Mikroprotsessor 3-amaliy topshiriq

    307- guruh talabasi Turopov Ibrohim

    Pedagogning kasbiy kompetentligi.

    Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo’nalishi – bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intelekt va ahloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag’batlantirish muhim yo’nalish sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o’z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik – ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o’qituvchining kasbiy – individual hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg’a surganlar. O’z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi.

    Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o'ziga xos o'rin tutadi. Ayniqsa ta'limni modernizatsiyalash bilan bog'liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o'quvlar guruhlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko'p jihatdan o'rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta'siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi.

    Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga bag'ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi: - maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi - kasbiy faoliyatini etarlicha yuqori darajada egallaganlik, o'zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati; - ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi - birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat uslublarini egallaganlik, o'z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas'ullik. Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligi, irodaviy sifatlar, intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko'nikmalar, o'z-o'zini boshqara olish layoqatlarining o'zaro bog'liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi.

    «O'qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta'rif va tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O'qituvchining kasbiy kompetentligi - pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan biri bo'lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi. Buning uchun u: - ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo'lishi; - ijodiy izlanishlarning samaradorligi o'qituvchining pedagogik, psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog'liq bo'lishini esda tutishi lozim. Funksiyalarni to'g'ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o'sishi uchun qaysi yo'nalishda harakatlanishini bilishi kerak. Professionallik va kompetentlik bir-biriga o'hshash bo'lsada, har xil ma'noga ega bo'lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma'lum bilimlar, balki mehnatga bo'lgan munosabat, ishning o'ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o'z ko'nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo'llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash

    Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir: - Maxsus pedagogik kompetensiya - pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma'lumotga ega bo'lish. Bundan tashqari, pedagogning o'z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o'z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog'liq. - Ijtimoiy pedagogik kompetensiya - ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko'nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik - bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan. - Shaxsiy pedagogik kompetensiya - bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo'lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o'sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir.

    E’tiboringiz uchun rahmat


    Download 1.69 Mb.




    Download 1.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    307- guruh talabasi Turopov Ibrohim

    Download 1.69 Mb.