|
4. 1-§. Ishlab chiqilgan gʻoʻzapoyali paxta dalalarni shudgorlaydigan moslamali disksimon ishchi organli plug
|
bet | 1/2 | Sana | 02.08.2024 | Hajmi | 272,26 Kb. | | #269063 |
4.1-§. Ishlab chiqilgan gʻoʻzapoyali paxta dalalarni shudgorlaydigan moslamali disksimon ishchi organli plug
Oʻtkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida ko‘chat yetishtirishda tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqildi (7-8-ilovalar) va uning tajriba nusxasi tayyorlandi. Ko‘chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmani laboratoriya va xoʻjalik sinovlari Buxoro viloyatining fermer xoʻjaliklarida oʻtkazildi (11-ilova). Tadqiqotlar natijalari ko‘chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmaning sanoat nusxasini ishlab chiqarish va davlat qabul sinovlarini oʻtkazish uchun “BMKB-Agromash”AJ ga topshirildi (9-ilova).
Ko‘chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmaning 4.1 va 4.2-rasmlarda umumiy va ish jarayonidagi koʻrinishlari tasvirlangan. 4.1-jadvalda ishlab chiqilgan Ko‘chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmaning parametrlari, 4.2-jadvalda esa uning texnik tavsifi keltirilgan.
Ko‘chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilma (4.1-rasm) asosiy ramasiga o’rnatilgan biogumusni siqish silindriga yuklash idishi orqali biogumus yuklanadi. Siqish silindriga tushgan mahsulotni zichlovchi porshenning ilgarilanma harakati evaziga biogumus tuvakchalarni shaklini hosil qiluvchi yoysimon qoliplar ichiga yetkazib borib zichlaydi. Bunda yoysimon qoliplar va porshenning oralig’idagi 1 sm li bo’shliqda biogumusdan tuvakchalarning tubi va devori hosil qilinadi. Zichlovchi porshenning harakati unga o’rnatilgan pnevmosilindr, biogumus tuvakchalarni shaklini hosil qiluvchi yoysimon qoliplarning harakati esa pnevmosilindr orqali ta’minlanadi. Pnevmo silindrlarga elektrodvigatel orqali harakanga keluvchi kompressor yordamida siqilgan havo yetkazib beriladi. Zichlovchi porshenni va biogumus tuvakchalarni shaklini hosil qiluvchi yoysimon qoliplarning ilgarilanma-qaytma harakati bir vaqtda bajarilishini kantroller ta’minlab beradi.
|
| |