164
ulagichlar, ularda mis pichoq plastinalarning prujinalanuvchi kontaktlari
orasiga kirgiziladi;
d) plastinali almashlab ulagichlar katta quvvatli mashinalarda ishlatiladi;
bunda bosqichlar shpilkalarda gayka bilan mahkamlangan tok keltiruvchi
plastinalar holatini o‘zgartirish orqali almashlab ulanadi;
e) barabanli almashlab ulagichlarda sirpanuvchi kontaktlar bo‘lib, ular
baraban 2 ichiga o‘rnatilgan kontakt klemmallari 3 ga qisiladi. Baraban
izolatsiyalangan dasta 1 burilganda chulg‘amlar almashlab ulanadi.
19.3. Payvandlash transformatorini hisoblash
Bir fazali o‘zgaruvchan tok transformatorini hisoblash uchun
boshlang‘ich ma’lumotlar:
1) nominal payvandlash toki I
2n
yoki uzoq muddatli ikkilamchi tok I2
u.m
(A);
2) birlamchi kuchlanish U
1
(V) va tok chastotasi f (Hz);
3) salt yurish ikkilamchi kuchlanishi: nominal, eng kichik va eng katta
19.2-rasm. Payvandlash transformatorlarining birlamchi chulg‘amlari:
a — silindrsimon; b — disksimon.
19.3-rasm. Payvandlash transformatorining ikkilamchi o‘rami:
a — birlamchi chulg‘ami silindrsimon kam quvvatli transformatorlardagi egiluvchan
kabeldan qilingan o‘ram; b — 0,2—0,4 mm qalinlikdagi mis folgasidan ishlangan
egiluvchan o‘ram; d — disksimon birlamchi chulg‘amli transofrmatorlardagi
6 — 20 mm qalinlikdagi uchta yoki bundan ko‘p parallel ulangan disksimon jismlaridan
iborat chulg‘am.
165
U
20n
, U
20min
va U
20max
(V);
4) ikkilamchi kuchlanishni rostlash bosqich soni n va chegaralari;
5) ulanish muddati UM (%);
6) transformatorning turi (sterjenli yoki zirhli);
7) magnit o‘tkazgichning materiali va tuzilishi;
8) chulg‘amlarning ishlanish (lok shimdirilgan, emal qoplangan
yoki epoksid kompaundi eritib quyilgan disksimon yoxud silindrsimon
g‘altaklar);
9) chulg‘amlar izolatsiyasining qizishga chidamlilik sinfi;
10) chulg‘amlar va magnit o‘tkazgichning sovitilishi.
Transformator ulashning oxiridan oldingi bosqichida nominal quvvatni
hosil qilmogi zarur. Oxirgi bosqich zaxira bosqich hisoblanadi, u nominal
quvvatdan katta quvatda, lekin kichik UM da ishlashga imkon beradi.
Boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lgach, transformatorning turi,
bosqichlarni almashlab ulagich turi va uning chulg‘amlarini sovitish usuli
tanlanadi. Birlamchi chulg‘amlarning qismlariga keltiriluvchi hisoblab
topiladigan kuchlanish U
1
ulovchi qurilmaning turiga bog‘liq bo‘lib,
330 dan 380 V gacha o‘zgarib turadi. Ushbu kuchlanishning pasayishi
ignitronlarda yuz beradi (20 V gacha), bu pasayish tokni ravon rostlash va
uning barqarorlashuvi uchun zarurdir.
Elektrik hisoblash birlamchi chulg‘am sxemasini tanlashdan boshlanadi.
Sxema tanlab olingach, hamma bosqichlardagi kuchla nish aniqlanadi.
U
2n
/U
2(n-1)
= const nisbat maqsadga muvofiqdir. Kuchlanishning
bosqichlar bo‘yicha o‘zgarishi geometrik U
2(n)
= U
2(1)
x
n-1
yoki arifmetik U
2(n)
= U
2(1)
+(n-1)·DU
2
progressiya bo‘yicha yuz berishi mumkin. Ayrim hollarda
qatorning maxraji almashlab ulagichning muayyan holatlarida o‘zgarishi
mumkin.
Tok bosqichli rostlanadigan mashinalar uchun n raqamli rostlash
bosqichidan n+1 raqamli rostlash bosqichiga o‘tilganda transfor matsiya
19.4-rasm. Transformatorning ikkilamchi kuchlanishini rostlash sxemasi.
166
koeffitsiyenti 20—30% dan ortiq kamaymasligi kerak.
Bosqichlar bo‘yicha kuchlanish ma’lum bo‘lgach, birlamchi chul g‘am
o‘ramlarining soni aniqlanadi. w
2
= 1 bo‘lganda eng yaqin yaxlit songacha
yaxlitlash va U
2n
tegishlicha tuzatishlar kiritish bilan w
n
= U
1
/U
2n
bo‘ladi.
Olingan o‘ramlar soni va hisoblangan ikkilamchi kuchlanishlar jadvalda
jamlanadi.
Birlamchi va ikkilamchi o‘ramlarning kesimlari uzoq muddatli toklar
bo‘yicha hisoblanadi. Ularning eng katta qiymatlari nominal bosqich
bo‘yicha qabul qilinadi
Birlamchi chulg‘amdan o‘tuvchi hisoblab topilgan uzoq muddatli tok:
bu yerda: k
1
— salt yurish tokining ta’sirini hisobga oluvchi koeffit siyent.
19.5-rasm. Payvandlash transformatorining bosqichlarini almashlab ulagichlar:
a — shtepsel orqali ulanadigan; b — plastinali; d — barabanli; e — pichoqli.
167
Tajriba malumotlariga ko‘ra
.
GOST 297—80 ga muvofiq i
0
= 1,05-1,2 qilib olinadi.
Istalgan boshqa bosqichdagi birlamchi x tok ushbu formuladan
foydalanib hisoblanadi /w
2
= 1/ da:
Ikkilamchi chulg‘amdagi hisoblab aniqlanadigan uzoq muddatli tok
boshlang‘ich ma’lumotlarda beriladi, qisqa muddatli nominal tok I
2n
berilgan
bo‘lganda esa u quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi:
Birlamchi q
1x
va ikkilamchi q
2
chulg‘amlarning kesimi tokning zichligini
o‘rniga qo‘yib, ushbu formulalar yordamida hisoblab chiqariladi:
q
1x
=I
1x
/j
1
va q
2
= I
2
/j
2
,
bu yerda: j
1
— birlamchi chulg‘amdagi tokning joiz zichligi (mis simdan
yasalgan, ikkilamchi chulg‘amning disklariga zich siqilgan, suv bilan
sovitiladigan disksimon chulg‘am uchun 2,8—3,2 A/mm
2
); j
2
— ikkilamchi
chulg‘amdagi tokning joiz zichligi (mis disklar ko‘rinishidagi chulg‘amlar
uchun sovitish jadalligiga qarab 4,5—15 A/mm
2
).
Magnit o‘tkazgichni hisoblash uning kesimini (m
2
) quyidagi formuladan
aniqlash bilan boshlanadi:
S
o‘
=U
2n
/(4,44fw
2
B),
bu yerda: B — o‘zakdagi induksiya (Tl.) B = 1-2,1 Tl ga teng induksiya
po‘latning markasi, qalinligi va tayyorlanish usuliga, o‘zakning quvvatiga
qarab tanlanadi. Listlar yuzasida izolatsiya qatlami borligi sababli o‘zakning
haqiqiy kesimi kattaroq: S = S
o‘
/k
o‘
, bu yerda k
o‘
—o‘zakning to‘ldirilish
koeffitsiyenti bo‘lib, odatda k
o‘
=0,88 — 0,92 ni tashkil etadi.
O‘zak to‘rtburchak shaklida bo‘lib, tomonlarining nisbati 1 : 2,5.
Transformator darchasining o‘lchami birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarni,
zarur izolatsiyalovchi qistirmalarni hamda sovitish naychasini joylashtirishga
yetarli bo‘lmog‘i kerak. Darchaning yuzi ushbu formula yordamida hisoblab
topiladi:
bu yerda k
D.T
— darchaning to‘ldirish koeffitsiyenti bo‘lib, odatda 0,4 — 0,6
ga teng.
Elektrotexnika po‘lati standart listini tejamli bichish maqsadida darcha
tomonlarining nisbati 2 : 3 qilib tanlanadi.
168
Chulg‘amlar disklarining namunaviy joylashtirilishi tarmoqlar
va ponalarni joylashtirish uchun g‘altaklar orasida tirqish bo‘lishini
ta’minlamog‘i lozim (D=10 — 14 mm). G‘altaklarning ichki o‘lchami
ponalarni o‘rnatish va g‘altaklarni bemalol kiydirish uchun eni bo‘yicha
10—15 mm hamda uzunligi bo‘yicha 20—40 mm katta bo‘ladi. G‘altaklarning
darchada joylashtirilishini tekshirishda darchada g‘altaklarning balandligi
bo‘yicha 6—12 mm tirqish bo‘lishiga e’tibor qaratilishi zarur. Hisoblab
bo‘lingandan keyin transformatordagi yo‘qotishlar, uning FIK va sovitilish
sharoiti aniqlanadi.
Salt yurish toki I
0
o‘zakning qizishda aktiv yo‘qotishlarni hisobga oladi
(aktiv tashkil etuvchi I
0a
va magnit oqimini yuzaga keltirish uchun reaktiv
tashkil etuvchilar (reaktiv tashkil etuvchi I
0r
)) hamda quyidagi formuladan
aniqlanadi:
.
Aktiv tashkil etuvchi ushbu formula yordamida aniqlanadi:
I
oa
=P
o
k
x
/U
1
,
bu yerda: P
0
= p
P
G salt yurishdagi yo‘qotishlar, Vt; U
1
— birlamchi kuchlanish,
V; p
p
— po‘latdagi solishtirma yo‘qotishlar, Vt/kg, p
p
= 1,05-15, bo‘lib,
induksiyaga, po‘latning markasi va qalinligiga bog‘liq; G — o‘zak temirining
og‘irligi, kg; k
x
— qo‘shimcha yo‘qotishlar koeffitsiyenti, k
x
= 1,2
Salt yurish tokining reaktiv tashkil etuvchisi quyidagi formuladan
aniqlanadi:
,
bu yerda: Aw
i
— magnit o‘tkazgichning 1 sm uzunligiga to‘g‘ri keluvchi
magnit yurituvchi kuch; l
o‘r.m
— kuch liniyasining o‘rtacha uzunligi, sm;
B
c
— tirqishlardagi induksiya, Tl; n
T
va d
T
— magnit zanjiridagi tirqishlar
soni va kattaligi (d
T
=0,005 sm); k
2
— salt yurish tokining kichiklashuvini
hisobga oluvchi koeffitsiyent; w
b
— oxirgi bosqich birlamchi chulg‘am
o‘ramlarining soni 1,2—1,8 Tl ga teng induksiya uchun k
2
= 1/[(1,9-0,8) Bc]
ni aniqlash mumkin.
Salt yurish tokining nisbiy qiymati i
o
= I
o
100/I
1
GOST 297—80 da
ko‘rsatilgan qiymatlardan katta bo‘lmasligi kerak, ya’ni I
2k
da 50, 32 va 20%
va mos ravishda 2,5, 5 hamda 5 kA dan katta bo‘lmog‘i lozim. Payvandlash
transformatorining FIK:
,
169
bu yerda
= P
ch
+ P
p
— o‘zak po‘lati va chulg‘amlardagi jami
yo‘qotishlar;
U
2
— yuklanganda nominal bosqichdagi kychlanish (tashqi tavsif
bo‘yicha yoki vektorli diagramma bo‘yicha aniqlanadi); cosj
2
— ikkilamchi
konturdagi quvvat koeffitsiyenti:
.
Transformatorni sovitish uchun zarur bo‘lgan suv miqdori (sm
3
/s):
,
bu yerda: DT — kiradigan va chiqib ketadigan suvning haroratlaridagi farq,
DT = 5 — 10°C.
Sovitish tizimi naychasining diametri d
nay
(sm) diskning qalinligiga teng
qilib tanlanadi. Naychadagi suvning tezligi:
m/s.
O‘zgarmas tok, past chastotali tok va kondensatorli mashinalarning
payvandlash transformatorlari asosan bir fazali o‘zgaruvchan tok
mashinalarining transformatorlari uchun foydalaniladigan formulalar
yordamida hisoblanadi, ammo bunda transformatsiya koeffitsiyentlarini,
o‘ramlar va o‘zak kesimini aniqlashda ayrim farqlar bo‘ladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Payvandlash transformatori qanday vazifani bajaradi?
2. Payvandlash transformatori qanday asosiy uzellardan tuzilgan?
3. Payvandlash transformatorlarida magnit o‘tkazgichlarning qaysi turlari
qo‘llaniladi?
4. Payvandlash transformatorlarida birlamchi chulg‘amning qaysi turlari ishlatiladi?
5. Payvandlash transformatorida payvandlash tokini rostlashning qanday usullaridan
foydalaniladi?
6. Bosqichlarni almashlab ulash uchun almashlab ulagichlarning qaysi turlari
qo‘llaniladi?
Document Outline - 19-bob. Kontaktli payvandlash mashinalarining payvandlash transformatorlari
- 19.3. Payvandlash transformatorini hisoblash
|