|
Mavzu: mutlaq va nisbiy miqdorlar reja: Kirish
|
bet | 1/5 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 45,94 Kb. | | #157795 |
Bog'liq Mavzu Reja: Kirish 2 Nisbiy miqdorlar to’g’risida tushuncha, ularning ifodalanishi vaturlari 3 Mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo’llashning zaruriyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Mutlaq miqdorlar to’g’risida tushuncha va uningturlari
Statistikada ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalarning miqdoriy tomonlarini ifoda etadi. Ular o’rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini (aktsiyalar soni, aktsiyalar qiymati, tovar oboroti), darajasini, nisbatini va shu kabilarni tavsiflaydi. Ma’lumki, amaliyotda iqtisodiy hayotning turli jabhalariga tegishli ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talabetiladi.
Statistik ko’rsatkichlar tegishliligi bo’yicha bilish, boshqarish, ayrimlari rag’batlantirish funktsiyalarini bajaradi.
Statistik ko’rsatkichlarning bilish funktsiyasini mohiyati shundan iboratki, ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni holati va rivojlanishini, yo’nalishi va intensivligini tavsiflaydi. Boshqarish funktsiyasida ular (ko’rsatkichlar) boshqarishning muhim elementlariga aylanadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu funktsiyaning roli yanada ortadi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi.
Statistik ko’rsatkichlarning turli-tuman funktsiyalarni bajarishi ularning turlarini baholaydi. Ko’rsatkichlar: a)o’rganilayotgan hodisalarni mohiyati bo’yicha: hajmiy (sonli) va sifat; b) umumlashtirish darajasi bo’yicha: individual va umumiy (umumlashtirilgan); jarayonlarni o’rganish xarakteriga qarab: payt(fursat) va davriy ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalarni to’g’ri ifodalashi uchun, ularni hisoblashda quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul: a) iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda hisoblangan ko’rsatkichlar iloji boricha o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin; b) ular hisoblanayotgan asos ma’lumotning har tomonlama to’liqligi; v) boshlang’ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo’yicha ularni taqqoslash mumkinligini ta’minlash; g) ular hisoblanayotgan boshlang’ich asos ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash.
Tuzilgan va hisoblangan statistik ko’rsatkichlar ob’ektiv haqiqatni ifodasi bo’lib qolmasdan, ular bir-biriga bog’liq hamdir. Masalan, bankning moliyaviy holatini tahlil qilishda birgina foyda summasi yoki darajasi etarli emas. Buni bir nechta o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar (foyda, rentabellik, xarajatlar, ustav fondi va sh.k.) yordamida tahlil qilishmumkin.
Mutlaq miqdorlar umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarning bir turidir.
Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash natijasida o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, sonini, darajasini va uchrashish tezligini xarakterlovchi miqdorlarga ega bo’lamiz. Bunday miqdorlar mutlaq miqdorlar deyiladi. Masalan, O’zbekistonning territoriyasi 447,2 ming kvadrat km., aholisi 26mln. kishi, 2004 yildan Respublikamizda 210 mingdan ortiq korxona mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib kelmoqda, har yili mamlakatimizning yoshlaridan 50000 tasi talaba bo’ladi. Bularning hammasi mutlaq miqdorlardir.
Mutlaq miqdorlar ikki usulda aniqlanadi yoki hosil qilinadi: kuzatish ma’lumotlarini jamlash va maxsus hisob-kitob yo’li bilan.
To’plam birliklari kuzatishdan o’tgandan so’ng, ularni bir-biriga qo’shsak yoki ayirsak to’plam bo’yicha qancha birlik kuzatishdan o’tganligiga guvoh bo’lamiz, ya’ni to’plam birliklari soni aniqlanadi. Bunday ko’rsatkichlar son miqdorlar deyiladi. Ayrim hodisalarning jami sanash bilan emas, o’lchash yo’li bilan chiqariladi. Masalan, sotilgan tovar miqdori, qazib olingan oltin va h.k. Bunday ko’rsatkichlar hajm miqdorlar deyiladi. Mutlaq miqdorlar hisob-kitob yo’li bilan ham aniqlanadi. Masalan , do’konda sotilgan tovarlar hajmini shu usul bilan aniqlash mumkin. Buning uchun bizga oy boshidagi tovar qoldig’i summasi, kelib tushgan tovarlar summasi va oy oxiridagi summa aniq bo’lishi kerak. Ma’lumki, oy boshidagi qoldiq (On) bilan kelib tushgan tovarlar (P) yig’indisi, sotilgan (R) tovarlar bilan oy oxirida qolgan qoldiq (Ok) yig’indisigatengdir.
|
| |