|
Boshqarish shitlari. Nazorat o‘lchovchi asboblar. Boshqarish, signalizatsiya va nazorat
|
bet | 1/3 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #123740 |
Bog'liq Maruza 8
8-MAVZU.
HISOBIY YUKLAMANI TARTIBGA SOLINGAN DIAGRAMMALAR USULI.
REJA:
Boshqarish shitlari.
Nazorat o‘lchovchi asboblar.
Boshqarish, signalizatsiya va nazorat.
Ishlab chikariladigan va iste’mol qilinadigan elektr energiyani hisobga olish.
Tayanch iboralar: Boshqarish, distatsion boshqarish,avtomatik boshqarish,hisoblagich, signalizatsiya, shit, boshqarish kaliti ,AKU, ZAU.
1.Distansion boshqarish va signalizatsiya, o‘lchov asboblari, releli himoya apparatlari hamda elektr stansiya va podstansiyalarning avtomatikasi, boshqarish shitlarida (SHU) BSH va dispetcherlik punktlarida joylashtiriladi.
Boshqarish shitlari umumiy holda maxsus ajratilgan xonajoylarda joylashtiriladi. Issiklik elektr markazlarida (IEM) tuman elektr stansiyalarida va yirik podstansiyalarda bosh boshqarish shitlari (BBSH) quriladi. Bu BBSH da signalizatsiya va distansion boshqarish apparaturalar, o‘lchov asboblari, releli himoya va avtomatika apparaturasi o‘zgarmas tok shitlari va aloka vositalari joylashtiriladi.
BBSH dan tashkari elektr stansiyalarda joylardagi boshqarish shitlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular dvigatellarni boshqarish, kozonni issiklik va elektr jihozlarini ,turbina boshqarish va avtomatika shitlari buladi.
Boshqarish shitlari paneldan yoki shkafdan iborat bo‘lib, uning yuzida distansion boshqarish kaliti dastasi, signal qurilmaari, o‘lchov asboblari va mnemonik bog‘lanish sxemalari buladi. Hamma aparaturani bog‘lash panelda yoki shkafda orka tomonida bajariladi. SHu joylarga esa boshqarish zanjiri kabellari, o‘lchov va signalizatsiya kabellari tortilib bog‘lanadi. Bu kabellar nazorat kabellar deb ataladi. O‘tkazgich simdan kabelga o‘tish maxsus klemmalar yordamida bajariladi. 6 – 10 kV li chikib ketuvchi liniyalar uchun joylardagi shitlardan foydalaniladi. Bunday liniyalarda rele va o‘lchov asboblari, o‘chirgichni boshqarishga mo‘ljallagan hamma elementlar taqsimlash qurilma kamerasining fasadida joylashtiriladi.
Elektr stansiya yoki podstansiyalarning hamma asosiy elementlari BBSH dan boshqariladi.
|
| |