|
Boshqarish shitlari. Nazorat o‘lchovchi asboblar. Boshqarish, signalizatsiya va nazorat
|
bet | 2/3 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #123740 |
Bog'liq Maruza 82. Nazorat-o‘lchov asboblari elektr stansiyalarda, podstansiyalarda va taqsimlash punktlarida elektr qurilmaarni bulak qismlarini ishini doimiy nazorat qiladi. Bu asboblar yordamida :
generatorlarni parallel ishga tushirish yoki nesinxron ishlaydigan energotizimni qismlarini ishga tushirish;
Elektr energiya parametrlari, aktiv reaktiv tashkil etuvchilar va ularning qiymatlarini , yuklamalarni taqsimlanishini nazorat kilish ;
Elektr energiyani ishlab chikarish va tarkatishni hisobga olish.
SHaxsiy iste’moli uchun elektr energiya chiqimini aniqlash ;
Tarmoqda energiya isrofini aniqlash ;
Izolyasiyani nazorat kilish ;
Normal va avariya rejimlarida ba’zi bir elektr kattaliklarni kayd kilish va boshqalar.
Elektr ta’minoti tizimida bulak elementlarini ishini doimiy nazorat kilish, ishlab chikariladigan va iste’mol qilinadigan energiyani hisobga olish uchun tokni, kuchlanishini, chastotani, quvvatini va elektr energiyani quyidagi keltirilgan nazorat–o‘lchov asboblari yordamida o‘lchaymiz. Ampermetrlar, voltmetrlar va chastota o‘lchagichlar, hisoblagichlar, vattmetrlar va vattmetrlar shular jumlasiga kiradi. Temperaturani termometrlar, simobli, monometrik, karshilik termometrlar yordamida bajariladi.
3. Boshqarish turlari: joylarda avtomatik va distansion bo‘uladi.
Distansion boshqarish-bir necha yuz metrdan turib operatorni pastdan yoki shitdan maxsus kalit yordamida uchirgich, ajratgich yoki dvigatelni boshqarishiga aytiladi. Boshqarish uchun boshqarish kalitlari KSVF PMO – almashlab ulagich umumiy kulaniladigan PMO, KSVF MK kichik gabariti MK qo‘llaniladi.
Signalizatsiya uchun LV va LO signal lampasini yonishi. Avariya signalizatsiya nurli va ovozli , izolyasiyani ogoxlantiruvchi, nazorat qiluvchi va o‘zgarmas tak izolyasiyasini nazorat turlarga bo‘liniladi.
4. Energiyani hisobiy va texnik (nazorat) hisobga olishga bo‘lish mumkin.
Hisobiy deb - ishlab chikarilgan va tarkatilgan elektr energiya va u uchun tulangan pul hisobiga aytiladi. Hisobiy – hisob kitob uchun o‘rnatiladigan hisoblagichlar hisob-kitob hisoblagichlari deyiladi.
Elektr energiyani texnik hisobi deb elektr stansiya , podstansiya, korxona, bino, uylar va boshqalarda bo‘lgan elektr energiya chiqimini hisoblashga ytiladi. Aktiv energiyani hisoblash uchun to‘rt simli tarmoqda SA 4 yoki SA 4 U hisoblagichi 1000 Voltgacha va uch simli tarmoq uchun esa SA 3, SA 3 U hisoblagichi qo‘llaniladi. Ularni ulanish sxemalari quyidagicha
8.1-Rasm -SA 4 va SA 4U hisob- 8.2-rasm.SA 3 va SA 3U
lagichini 1000 V gacha kuchlanish- hisoblagichini ulanishi.
da ulanish sxemasi
Xuddi shu singari reaktiv hisoblagich ham qo‘llaniladi. Bu hisoblagichlarning aniqlik sinfi 0,5 bo‘lishi kerak. Tok transformatorni koeffitsientlari teng bo‘lishi yuklamasi 20 % dan kam bo‘lmasligi va uzokligi 50 m dan oshmasligi shart.
|
| |